Magnoliyagullilar qabilasi Magnoliales Reja: Magnoliyadoshlar oilasi vakillarining tuzilishi va ahamiyati. Lavrdoshlar va qalampirdoshlar oilalari vakillarining tuzilishidagi o'ziga xos xususiyatlar. Nilufarguldoshlar oilasi vakillarining tuzilishi va ahamiyati. Oilaning 12 turkumga mansub 230 ga yaqin turi, asosan Janubi-sharqiy va Shimoliy Amerikaning tropik va subtropik o'lkalarida tarqalgan. Ularning aksariyat qismi daraxt va buta o'simlik. Barglari oddiy, poyasining po'st qismida efir moy bilan to'lib turuvchi hujayralar mavjud. Magnoliyadoshlar oilasi Magnoliaceae Magnoliya guli Lavrgullilar qabilasi - Laurales. Magnoliyagullilarga yaqin eng katta abilalardan biri, uning 11 oilaga mansub 2700 ga yaqin turi malum. Aksariyat vakillari daraxt yoki buta shaklidagi o'simlik. Ayrim hollarda liana va bargsiz parazit o'tsimon turlari ham uchraydi. Lavrdoshlar oilasi Lauraceae Oilaning 200 dan ortiq turi Janubiy Amerika, Janubiy-sharqiy Osiyo va Avstraliyaning tropik va subtropik o'rmonlarida tarqalgan.Magnoliyadoshlarning Lavrdoshlarga nisbatan soddaligini ko'rsatuvchi birdan bir belgi - ularning gulida androtsey va ginetseyning spiral shaklda joylashishi desa bo'ladi. Paleobotanik ma'lumotlarga ko'ra lavrdoshlar bo'r davri qazilmalarida uchraydi. Ularning aksariyat turlari doimiy yashil o'simliklar. Lavr o'simligi qimmatbaho oziq-ovqat, ziravor, dorivor, texnik, manzarali o'simlik sifatida insonning xo'jalik faoliyatida muhim rol o'ynaydi. Qalampirgullilar qabilasi - Piperales O'tsimon yoki buta va ayrim vakillari daraxt shaklidagi o'simlik. Barglari navbatlashib joylashgan, yon bargchalari barg bandi bilan tutash yoki yon barglari yo'q. Qalampirdoshlar oilasi - Piperaceae Oilaning 200 ga yaqin turi 14 turkumga birlashtirilgan. Ular daraxt, buta, liana, epifit, bir yillik va ko'p yillik hayot shakliga taalluqli o'simlik hisoblanadi. Barglari oddiy, navbatlashib joylashgan. Nilufargullilar qabilasi - Nymphaeales. Ko'p yillik suvda o'suvchi, ko'pincha ildiz poyali o'simlik. Poyasi, odatda reduksiyaga uchragan. Barglari butun, navbatlashib yoki, ayrim hollarda halqa shaklida joylashgan. Guli yakka-yakka, katta, qo'sh jinsli, to'g'ri (aktinomorf), hasharotlar yordamida changlanadi. Yopiq urug'li o'simliklarning eng qadimiy oilalaridan biri. Uning 100 ga yaqin turi 8 turkumga mansub. Aksariyat qismi issiq iqlimli va subtropik o'lkalarda tarqalgan. Nilufarguldoshlar oilasi Nymphaeaceae Nilufar gul Foydalanilgan adabiyotlar: Burigin V. A., Jongurazov F. X. Botanika. Toshkent, O'qituvchi, 1977. Kursanov A. va boshqalar. Botanika. Toshkent O'rta va Oliy maktab Davlat nashriyoti. 1963. Mustafaev S. M. Botanika. Toshkent, O'zbekiston, 2002. Sahobiddinov S. S. O'simliklar sistematikasi. Toshkent, O'qituvchi, 1976. Xudoyqulov S. M., Nazarenko L. N. O'simliklar sistematikasidan amaliy mashg'ulot. O'qituvchi, Toshkent, 1984. ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.92 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.92 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:15 ]
Arxiv ichida: pptx