Mevalar Meva o'simliklarining individual rivojlanishi. Meva daraxtlarining o'sish davrlari. TROPIK MEVALAR - qo'shimcha kuch manbai Meva haqida tushuncha. Mevalarning klassifikatsiyasi. Reja: Meva o'simliklarining individual rivojlanishi. I.V.Michurin o'simliklarni tashqi muhit sharoiti bilan bog'liq holda o'rgandi va ularning rivojlanish tarixini hisobga oldi. U organizm qanday tashqi muhit sharoiti ta'sirida shakllangan bo'lsa, butun rivojlanish siklida ham xuddi shunday sharoitni talab qilishini aniqladi. Meva o'simliklarning individual rivojlanishi, ya'ni ontogenez ularning urug'i unib chiqqanidan boshlab, to o'simlik butunlay qurib qolguncha o'tadigan davrni o'z ichiga oladi. Ontogenezda asosan bir-biri bilan bevosita munosabatda bo'lgan o'sish, rivojlanish, qarish va yosharish protsesslari boradi. Bitta duragay o'simlikdan vegetativ (payvandlash, qalamcha, bachki novdasini ekish) yo'li bilan ko'p ming nusxa yangi o'simlik hosil qilish mumkin. Bularning hammasi birgalikda klon : klonni tashkil etgan ayrim o'simliklar individ deb ataladi. Duragayning ikkinchi formasi klon individ, uchinchi formasi esa uchinchi klon individ hosil qiladi va hokazo. Urug' ko'chatning individual rivojlanishi zigotadan, ya'ni sperma bilan tuxum hujayraning qo'shilishi natijasida hosil bo'lgan bitta hujayradan boshlanadi va o'simlikdagi barcha qism (organ) larning qurishi bilan tugallanadi. Meva o'simliklarining individual rivojlanishi. Vegetativ yo'l bilan ko'paytiriladigan o'simliklarda individual rivojlanishning boshlanishi vegetativ qismlardan yangi o'simlik hosil bo'lish vaqtiga to'g'ri kelmaydi. Bu holda yangi o'simlik urug'dan o'sib chiqqan ona individning hayot siklini davom ettiradi. Shuning uchun individ termini faqat boshlang'ich urug' ko'chatga, ya'ni urug'idan o'sib chiqqan o'simliklarga taalluklidir, faqat shular barcha individual rivojlanish stadiyalarini o'tadi. Mazkur ko'chatlarning ayrim qismlaridan ko'paytirilgan o'simliklar esa individ emas, balki klon individi deb ataladi. I.V.Michurin meva o'simliklari urug' ko'chatining yoshini : embrionlik, yoshlik (yuvinil). Mahsuldorlik va qurish (qarish) davrlaridan iborat 4 davrga bo'lingan. Embrionlik davri zigota hosil bo'lgandan boshlanadi: shundan so'ng ona (asosiy) o'simlikda urug' rivojlanadi. Bu davr urug' unib chiqqandan keyin urug' palla yorib chiqquncha va birinchi chinbarg paydo bo'lguncha davom etadi. Bu davrda yosh organizm juda o'zgaruvchan va tashqi muhit sharoitiga moslashishga moyil bo'ladi. Yoshlik davri keyingi chinbarglar chiqarganidan boshlanib, hosilga kirgandan so'ng 3-5 yilgacha davom etadi. Bu davrda o'simlikning irsiyatiga xos belgilari va xususiyatlari to'liq shakllanadi hamda tugallanadi. Ular bir vaqtda shakllanmaydi. Hayotning boshlang'ich bosqichida vegetativ, keyin esa reproduktiv belgilar shakllanadi. Reproduktiv belgilari mustahkamlanishi uchun 3-5 yil va undan ham ortiq vaqt kerak. Bu protsessda urug' ko'chatlarni maqsadga muvofiq parvarish qilish juda muhimdir, chunki bu davrda ularning qimmatli belgi va xususiyatlari shakllanadi va mustahkamlanadi. Urug' ko'chatlar, embrional davrdagi singari juda o'zgaruvchan, yangi hayot sharoitiga moslashishiga moyil bo'ladi. Urug' ko'chatlar yoshlik davrining oxirida (3-5 yil hosil bergandan so'ng) mahsuldorlik - yetilish davriga kiradi. Bu davrda o'simliklar ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.65 MB
Ko'rishlar soni
166 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:16
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.65 MB
Ko'rishlar soni
166 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:16 ]
Arxiv ichida: pptx