Mirtadoshlar oilasi (Myrtaceae)

Mirtadoshlar oilasi (Myrtaceae)

O'quvchilarga / Botanika
Mirtadoshlar oilasi (Myrtaceae) - rasmi

Material tavsifi

Mirtadoshlar (Myrtaceae) oilasi Bu oilaga 145 ta turkumga mansub 400 taga yaqin tur kiradi. Ular tropik va subtropik hududlarda, ayniqsa Janubiy Amerika bilan Avstraliyada keng tarqalgan. Oila vakillari doim yashil daraxt yoki bo'talardan iborat. Barglari oddiy, qarama-qarshi joylashgan, ba'zan ketma-ket xam joylashgan Gullari ikki jinsli, aktinomorf, simoidsimon yoki botroidsimon to'pgullarda yoki yakka holda joylashgan. Gulqurg'oni murakkab yoki oddiy. Mevasi rezavor yoki yong'oqcha, ba'zan danakcha. Bu oilachaga evkolipt (Eucalyptas), mirta (Myrta), qalampirmunchoq (Zyzygium) va feyxoa kabi turkumlarnig vakillari kiradi. ANORDOSHLAR (PUNICACEAE) OILASI Bu oila filogenetik jihatdan mirtadoshlar oilasiga yaqin bo'lib unga bitta turkumga mansub 2 ta tur kiradi. Bittasi sokotra anori (Punica protopunica) Sokotra orolida o'sadi. Ikkinchi oddiy anor (P.granatum) Yevropaning Janubi-Sharqiy qismida, yaqin Sharq va o'rta Osiyoda tarqalgan. O'zbekistonda Oddiy anor tabiiy holda xam o'sadi. . Ikkala tur xam buta yoki kichik daraxtdan iborat. Gullari aktinomorf, ikki jinsli. Gulqurg'oni murakkab, gultoji qizil rangli. Mevasi anor meva. Oddiy anor mevali va manzarali o'simlik sifatida ekiladi. U O'zbekiston qizil kitobiga kiritilgan. Anor - Anordoshlar oilasiga faqat bitta anor turkumi Runika kiradi. Bu turkum ikki turga bo'linadi. Ularning P.granatum degan turi O'rta Osiyoda - Pomir-Oloy to'glarida (Hisor tizma to'larida va panj daryosi bo'ylab Darvoz tog'larida) yovvoyi holda o'sadi. Anor qurg'oqchilikka chidamli o'simlik bo'lganidan, asosan, tog'larning mayda tuproqli tosh - shag'alli yon bag'irlarida nurab tushgan joylarda va qoyalar tagida o'sadi. Anor sershox buta o'simlik. Barglarining cheti tekis bo'lib, ular navbat bilan joylashgan. Bu barglarda efir moyli bezlar bo'lmaydi. Gullari yirik ikki jinsli bo'lib, novdalarning qo'ltig'i va uchida yakka - yakka yoki dastalarga to'planib turadi, rangi qizil. Gullarida 5 dan 8 tagacha tojibarg va ko'p changchilar bo'ladi. Anorning guli ikki jinsli, zigomorf gulining shakli ikki xil bo'ladi. Biri ko'zacha shaklli, uzun urug'chisi bo'lib, ular meva tugadi, ikkinchilari qo'ng'iroq shaklli qisqa urug'chisi bo'lib, meva tugmaydi. Tugunchalari ostki, birin - ketin joylashgan ikki qator mevachi barglardan tuzilgan. Mevasi - sohta rezavor meva. Bu meva etdor meva qatidan va ko'pgina urug'dan iborat bo'lib, urug'lar sirti sersuv va etdor po'st bilan qoplangan. Anor asosan manzarali daraxt sifatida o'stiriladi. Anorda limon kislota va S vitamini ko'p bo'ladi. Ildiz po'stlog'i va meva po'stida oshlovchi moddalari hamda meditsinada ishlatiladigan alkaloidlar bor. Shoxining va mevasining po'stidan qora rangli bo'yoq tayyorlanadi. Yog'ochlik qismi sarg'ish rangli zich va qattiq bo'lib, undan har xil mayda buyumlar yasaladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.62 MB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:16 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.62 MB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga