Oddiy fenxel (dorixona ukropi), dorivor qashqarbeda, ekma sedana o'simliklar o'stirish texnologiyasi Reja: 1. Oddiy fenxel 2. Dorivor qashqarbeda 3. Ekma sedana Oddiy fenxel (dorixona ukropi) - Foeniculum Vulgare Mill. (Foeniculum Officinalis All.) selderdoshlar - Apiaceae (soyabonguldoshlar - Umbelliferae) oilasiga kiradi. Ko'p yillik (plantatsiyalarda ikki yillik qilib o'stiriladi), bo'yi 90-200 sm ga yetadigan o't o'simlik. Poyasi tik o'suvchi, ko'p qirrali va sershoxli. Bargi uch-to'rt marta patsimon ajralgan va qini bilan poyada ketma-ket joylashgan. Barg bo'laklari ingichka chiziqsimon yoki ipsimon. Oddiy fenxel Gullari mayda, sariq bo'lib, murakkab soyabonga to'plangan. Soyabonda o'rama va o'ramacha barglar bo'lmaydi. Kosacha bargi juda mayda, tojbargi 5 ta, otaligi 5 ta, onalik tuguni ikki xonali, pastga joylashgan. Iyul-avgust oylarida gullaydi, mevasi sentabrda pishadi Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Tayyor mahsulot och yashil-qo'ng'ir rangdagi qo'shaloq pistadan iborat. Mevaning har ikkala uchi bir oz toraygan, uzunligi 8-10 mm, eni 4 mm bo'lib, osonlik bilan uzunasiga ikki bo'lakka ajraladi. Har qaysi yarimta mevaning tashqi tomoni do'ng, ichki tomoni tekis. Dorivor qashqarbeda (sariqbeda) - Melilotus Officinalis Descr. dukkakdoshlar - Fabaceae oilasiga kiradi Ikki yillik, bo'yi 50-100 sm ga (ba'zan 2 m ga) yetadigan o't o'simlik. Ildizi sershox, o'q ildiz. Poyasi bitta yoki bir nechta, qirrali bo'lib, yuqori qismi shoxlangan. Iyun-sentabr oylarida gullaydi, urug'i esa avgust oyidan boshlab yetiladi. Qashqarbeda ikki yillik o'simlik bo'lib, bo'yi 75-200 sm ga yetadi. Qashqarbeda oziq-ovqatda va farmakologiyada dorivor o'simlik sifatida foydalaniladi. Uning guli va mevasidan xushbo'y kumarin moddasi olinadi. Ekma sedana - Nigella Sativa L. ayiqtovondoshlar - Ranunculaceae oilasiga kiradi. Bir yillik, bo'yi 20-75 sm ga yetadigan o't o'simlik. Poyasi shoxlangan, poya va shoxlarining uchi yakka xoldagi gul bilan tugaydi. Pastki barglari qisqa bandli, yuqoridagilari bandsiz poya va shoxlarida ketma-ket joylashgan. Hamma barglari keng-chiziqsimon, to'mtoq yoki o'tkir uchli bo'lakchalarga ikki-uch marta patsimon qirqilgan. Sedana o'simligini yetishtirish texnologiyasi Sedana bo'yi 70 sm gacha boradigan bir yillik o't o'simlik hisoblanadi. Sedana may-iyun oylarida gullaydi, urug'lari iyul-avgust oylarida pishadi. Respublikamizning barcha tuproq sharoitlarida ekib o'stirish mumkin. Bo'yoqdor masxarni o'stirish texnologiyasi Bo'yoqdor maxsar o'simligini yaxshi rivojlanishi, undan sifatli va mo'l hosil yetishtirish uchun ularni o'z vaqtida o'g'itlash, sug'orish muddatlarini to'g'ri belgilash, zararkunanda, kasallik va begona o'tlarga qarshi kurashishga qaratish asosiy agrotexnik tadbirlardan hisoblanadi. Masxar to'liq gullab bo'lgandan keyin 20-25 kun ichida pishadi. Avvalo, bosh poyaning eng yuqorisidagi, keyin yon shoxlarning savatchalaridagi urug'lar yetiladi. Urug'lari pishib ketsa ham to'kilmaydi. Chunki savatcha barglar bilan mahkam o'ralgan bo'ladi. 1. Agroximiya (Pod red. B. A. Yagodina). Moskva, 1982. Voprosi agrotexniki vozdelivaniya lekarstvennix kultur. Chast Moskva, 1978. 3. ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.34 MB
Ko'rishlar soni
197 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:22
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.34 MB
Ko'rishlar soni
197 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:22 ]
Arxiv ichida: pptx