Olma mevaxo'riga qarshi ekologik xavfsiz kurash tizimi va texnologiyalarini takomillashtirish Vazirlar maxkamasining 2006 yil 25 martda qabul qilgan № 64 O'zbekistonda bog'dorchilik va mevachilikni rivojlantirish istiqbollari to'g'risidagi qarorida yangi bog'lar tashkil qilish, parvarishlash, ularga agrotexnik qoidalari asosida ishlov berish va serhosil navlar yaratish vazifalari ko'rsatib o'tilgan. Qaror ijrosini ta'minlash maqsadida shu yili Qashqadaryo viloyatida 60 ta bog' tashkil etildi. So'nggi yillarda olma bog'lari bir qator zararkunandalar bilan jiddiy zararlanmoqda. Shunday zararkunandalardan biri - olma mevaxo'ri bo'lib, olma mevasining 85-90% izini zararlab, zarar etkazmoqda. Bu zararkunandaga qarshi kurash choralari o'z vaqtida qo'llanilmaganda, hosilning nobud bo'lishiga va sifatsiz olma hosil olishga sabab bo'lmoqda. Mavzuning dolzarbligi shundaki, olma mevaxo'riga qarshi ekologik xavfsiz kurash tizimi va texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat. Mavzuning dolzarbligi Bitiruv malakaviy ishning maqsadi Olma mevaxo'ri va do'lana girdak kuyasiga qarshi kurashning yangi texnologiyasi va uni qo'llash usullarini ishlab chiqarishdan iborat bo'lib, maqsadga muvofiq quyidagi vazifalarni belgilab oldik. Lepidoptera turkumi vakillari to'g'risida qisqacha ma'lumot. Urug' mevali bog'larda tarqalgan zararkunandalar bioekologiyasi va zarari. Laspeyrosia pomonella ning biologik xususiyatlari va zarari. Gemiostoma scitella ning biologiyasi, tarqalishi va zarari. Olma mevaxo'riga qarshi ekologik xavfsiz kurash tizimi va texnologiyalarini takomillashtirish. Ishning maqsadi va vazifalari Qarshi tumandagi Qovchin jamoa shirkat xo'jaligida ekilgan olmazorlarda tarqalgan olma qurti, do'laga girdak kuyasi, olma barg osti kuyasi va do'lana egri mo'ylovli kuyalarining biologik rivojlanishi va tarqalishi to'liq o'rganildi. Bu zararkunandalarga qarshi agrotexnik tadbirlari to'liq qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshirildi. Natijada olma daraxtining o'suvchanligi tezlashadi. Zararkunandalarga qarshi chidamliligi oshdi. Biz qo'llagan fizikaviy kurash usulida ta'sir ko'rsatish va yasagan separator-tutqich moslama olmazorlarda birinchi marta sinovdan o'tkazildi. Sinov natijalariga ko'ra hosildorlikning 80-85% ni saqlab qolishiga erishildi. Biz yuqorida qayd etgan agrotexnik kurash tadbirlari va separator tutqich moslamani Qashqadaryo viloyatining barcha olmazorlarda qo'llashni shu sohaning mutaxassislari, fermerlariga tavsiya etdik. Ilmiy yangiligi va ahamiyati xulosa Lepidoptera turkumi vakillari to'g'risida maluomotlar adabiyotlar asosida o'rganildi. Olma daraxtiga zarar keltiruvchi zararkunandalar turlari bioekologiyasini, zarari Qarshi tumani Qovchin jamoa shirkat xo'jaligi olmazorlarida 2014-2015 yillarda olib borilgan tajribalar natijasida quyidagi zararkunandalar olma qurti, do'lana girdak kuyasi, olma barg osti kuyasi, do'lana egri mo'ylovli kuyalarning zarar keltirishi aniqlandi. O'rganilgan turlar orasida eng xafvli zararkunanda deb olma qurti va do'lana girdak kuyasi qayd etildi. Olma mevaxo'ri va do'lana girdak kuyasiga qarshi kurashning yangi ekologik xavfsiz texnologiyasi ishlab chiqildi va Qovchin fermerlar uyushmasiga sinovlar o'tkazildi hamda yuqori hosil olishga erishildi. Bu zararkunandalarning ko'payishiga ko'rashning agrotexnik tadbirlari ishlab chiqildi. Qovchin fermer xo'jaligi olmazorlarida sinovdan o'tkazildi. Sinov natijalariga ko'ra bu usul yuqori samarali usul deb topildi. ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.68 MB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:22
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.68 MB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:22 ]
Arxiv ichida: ppt