Organik va mineral o'g'itlar

Organik va mineral o'g'itlar

O'quvchilarga / Botanika
Organik va mineral o'g'itlar - rasmi

Material tavsifi

Organik va mineral o'g'itlar Organik va mineral o'g'itlarning birgalikda ishlatilganda ularning alohida-alohida ishlatilanga qaraanda ko'p samara beradi. Bu qo'shimcha samaraga eng avvalo tuproqda bo'ladigan mikrobiologik jarayonlar natijasida erishiladi, yaoni tuproq va go'ng tarkibidagi organik moddalar intensiv suroatda parchalanadi, chiriydi. Mineral o'g'itlar tarkibidagi fosforning tuproqda qiyin o'zlashadigan shaklga o'tish darajasi kamayadi. Go'ng bilan birga tuproqqa anchagina miqdorda mikroelementlar ham tushadi. Yoyirik shoxli hayvonlar go'ngning har tonna quruq moddasi tarkibida 20 kg azot, 10 kg fosfor, 24 kg kaliy, 28 kg kaltsiy, 230 gr marganets, 20 gr mis, 100 gr rux, 1,2 gr kobalt, 2 gr molibden va 0,4 gr yod bor. Go'ngning chirishi natijasida karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi va havoning yerga yaqin qatlamini karbonat angidrid gazi bilan boyitadi, bu bilan esa o'simliklarda bo'ladigan fotosintez jarayonining mahsuldorligini ko'paytirai. Go'ng va mineral o'g'itlarning birga qo'shib ishlatilishi tuproq eritmasining yuqori kontsentratsiyasini qo'tara olmaydigan, lekin o'suv davrida nisbatan ko'p o'g'it talab qiladigan ekinlarda yaxshi samara beradi. Organik va mineral o'g'itlar tuproq tarkibidagi chirindi miqdoriga ham taosir qiladi. Ko'p yillik tajribalarning guvohlik berishicha, uzoq vaqt mobaynida tuproqqa o'g'it solmasdan qishloq xo'jalik ekinlarini etishtirish natijasida tuproq tarkibidagi chirindi miqdori anchagina kamaygan. Tuproq tarkibdagi chirindi miqdorini kamayib ketishini to'xtatish uchun har yili tuproq tipiga qarab, 10-20 tonnadan organik o'g'itlar solib turish kerak. Go'ngni eng avvalo chopiq talab ekinlarga solish zarur. Chunki qator oralarga ishlov berilganda, organik moddalarning minerallanishi kuchayadi va o'simliklar go'ngdagi ozuqa moddalardan to'la foydalanadi, bu ayniqsa, uzoq vegetatsiya davriga ega bo'lgan ekinlar uchun foydalidir. E'TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR! ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 196.21 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:23 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 196.21 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga