O'simlik hujayralarining ontogenezi va hujayra tuzilmalarining biogenezi Reja: Oqsillar va nuklein kislotalarning sintezi Oqsillarning tuzilishi va sintezi. Ma'lumki har bir hujayra ikki tipdagi nuklein kislotalarni ya'ni dezoksiribonuklein (DNK) va ribonuklein (RNK) kislotalarini tutadi. Eukariot hujayralarda DNK yadroda joylashgan bo'lib xromosomalarning asosiy komponentini tashkil qiladi. Oqsillar va nuklein kislotalarning sintezi Polipeptid zanjirlarga xos xususiyatlar beruvchi alifatik, aromatik, oltingugurt tutuvchi, dikarbon, ikki asosli, oksiaminokislotalar va iminokislotalar keltirilgan. O'z navbatida aminokislotalarning navbatlanishi oqsil molekulasining tuzilishini va xususiyatlarini belgilaydi. DNK molekulasidan oqsil molekulasiga informatsiya'ning berilishida RNK molekulalari qatnashadi. Yuksak o'simliklar genomlarida ajoyib uchastkalar miqdori 20-30% atrofida. Genomning katta qismini genning tarkibiga kiruvchi ammo ularning maxsus mahsuloti sintezida qatnashmaydigan DNK uchastkasi ya'ni intron tashkil qiladi. DNK uchastkasining berilgan genning maxsus transkripti sintezlanadigan qismi ekzon deyiladi. Shuningdek genlar tarkibiga speyser («o'rta plastinka») ham kiradi. Ammo speyser keyinchalik yemirilib ketadi. Prokariot organizmlar genomiga nisbatan eukariot organizmlar genomi juda murakkab tuzilgandir. Bu albatta tabiiydir. DNK qo'shaloq zanjirining replikatsiyasi: Genlar (sistronlar) funktsional bog'langan oqsillar sintezini kodlaydi va ular prokariotlardagiga o'xshash operonlarga birlashmagan hamda xromosomalarning har xil uchastklarida (giston genlari va RNK genlaridan tashqari) joylashgan. DNK tuzilishi DNK to'rtta nukletidning yuqori polimeridir. DNK nukleotidlari o'z ichiga purin (adenin, guanin) va pirimidin (sitozin, timin) azotli asoslarini, qand-dizoksiriboza va fosfat kislotasi qoldig'ini oladi. DNK molekulasi qush zanjir holatida bo'lib uning har bir zanjiri o'zaro bir-biri bilan fosfat kislotasining dizoksiribozadagi 3'-5' holatida kovalent bog'langan nukleotidlar polimeridan iboratdir. DNK molekulasining ikkala zanjiri bir-biri bilan purin va pirimidin asoslarining ichkariga qaragan tomonlari hisobiga hosil bo'luvchi vodorod bog'lari bilan bog'langandir. Translyatsiya jarayonining yo'nalishi va jadalligi asosan uchta omilga bog'liq bo'lishi mumkin: a) informatsion matritsalarning miqdori ya'ni maxsus mRNKlar. Maxsus RNKlar miqdori esa ularning sinteziga, tashiluviga, saqlanishiga, faollanishiga va parchalanishiga bog'liqdir. Translyatsiya apparatining boshqa komponentlarining mavjudligiga, ya'ni ribosomalar, tRNK, aminokislotalar, ATF, GTF, sintetazalarga, translyatsiya'ning ribosomalardan tashqarigi komponentlariga, regulyator oqsillarning mavjudligiga bog'liqdir. Hujayraning fiziologik holati o'zgargan vaqtda yuqoridagi barcha omillarning miqdori kamayishi yoki birgalikda ko'payishi mumkin. Model tajribalar asosida tRNK miqdorining ko'pligi oqsil sintezlanishi jarayoniga salbiy ta'sir qilishi kuzatilgan. Oqsil sintezlanishining kamayishi esa mRNK molekulasining yadrodan sitoplazmaga tashiluvini to'xtatadi. Foydalaniladigan adabiyotlar: Burigin V. A., Jongurazov F. X. Botanika. Toshkent, O'qituvchi, 1977. Kursanov A. va boshqalar. Botanika. Toshkent O'rta va Oliy maktab Davlat nashriyoti. 1963. Mustafayev S. M. Botanika. Toshkent, O'zbekiston, 2002. Sahobiddinov S. S. O'simliklar sistematikasi. Toshkent, O'qituvchi, 1976. ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
909.62 KB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:18
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
909.62 KB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:18 ]
Arxiv ichida: pptx