O'simlik hujayrasi haqida

O'simlik hujayrasi haqida

O'quvchilarga / Botanika
O'simlik hujayrasi haqida - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: O'simlik hujayrasi haqida Ba'zi bir o'simliklarning hujayra shirasida organik kislotalar uchraydi. Masalan, otquloq o'simligida shavel kislota, olmada olma kislotasi, limonda limon kislotasi, tamaki bargida nikotin kislotasi bor. Antonovga olmada-0,5%, uzumda 0,3%, limonda 9%, moxorqada 8-10% nikotin kislotasi bor. Ba'zi o'simliklarda organik kislotalar juda kam bo'ladi yoki bo'lmaydi. Ularning reaksiyasi neytral yoki ishqoriy bo'ladi. Masalan, bodring, qovoqda. Bu har ikkala moddalar murakkab tuzilgan organik moddalar bo'lib alkoloidlar tarkibida azot bo'ladi, glikozidlar tarkibida esa azot bo'lmaydi. Ko'knori o'simligining mevasidan (pichoq bilan tilgandan so'ng) oqib chiqqan shirani opiy deb yuritiladi. Opiyning tarkibida 26 xil alkaloidlar bor. Asosiy alkaloidlari morfin, kodein, papaverin, geroin va boshqalar. Mingdevona o'simligi tarkibida giossiamin, atropin, va skopolamin, bangidevona o'simligida ham mingdevona uchraydigan alkaloidlar uchraydi. Xin daraxti po'stlog'ida xinin, sinxonin, sinxonidin deb ataladigan alkaloidlar uchraydi. Xin daraxti tropik mamlakatlarda o'sadi. Tamaki o'simligida nikotin alkaloidi uchraydi. Choy kofein, teofellin, teobromin alkaloidlari uchraydi. Glikozidlar saqlaydigan o'simliklarga misollar, angishvonagul tarkibida digitosin, gitoksin. Marvaridgulda kavallatoksin, kanvalletoksol, kanval-lozid, adonis - mushuko't simarin, adonitoksin deb atalgan yurak glikozidlari uchraydi. Alkaloidlar ko'proq ituzumdoshlar, ko'knoridosh-lar, ayiqtovondoshlar va boshqalar oilasiga kiradigan o'simliklarda uchraydi. Ra'noguldoshlar, g'alladoshlar oilasiga kiradigan o'simliklarda alkoloidlar bo'lmaydi. Hujayra vakuolasida o'simliklarga har xil rang beruvchi pigmentlar bor. Bular asosan ikki gruppaga bo'linadi. 1. Antotsian. 2. Antoxlor. Antotsian o'simliklarning hujayra shirasini rangiga qarab nordonlik berib turadi. Hujayra shirasi nordon bo'lsa, o'simliklarga qizil rang berib turadi. Ishqor reaksiyasida ko'k rang beradi, neytral reaksiyada binafsha rang beradi. Antotsian o'simliklarni sovuqdan, quyoshning issiq nuridan saqlab turadi. Antoxlor o'simliklarga faqat sariq rang berib turadi. Masalan, kartoshkagul, tirnoqgul. O'simlik hujayrasining vakuolasida vita'minlar bo'ladi. Organizmda vita'minlar yetishmasligi sababli A vita-minoz kasalligi kelib chiqadi. Vitamin A yetishmasa (shapko'r), vitamin S yetishmasa singa, vitamin D yetishmasa raxit kasalliklari kelib chiqadi. Vita'minlardan vakuolalarda faqat V,S,D lar uchraydi. Chunki bu vita'minlar suvda eriydi. Qolgan vita'minlar suvda erimaydi. Suvda erimaydigan vita'minlar esa hujayraning protoplazmasida uchraydi. Vita'minlar asosan sabzavot o'simliklarda va g'alladoshlarda uchraydi. Achchiq danakli bodomning hujayra vakuolasida amigdalin glikozidi bor. Etiboringiz uchun rahmat! ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.33 MB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:18 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.33 MB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga