O'simlik tuzilishining asosi uglevodlar Reja: Qishloq xo'jaligi maxsulotlarining kimyoviy tarkibi O'simliklar tarkibidagi uglevodlar Uglevodlarning klassifikatsiyasi. Don, yorma, un va boshqa maxsulotlarning uglevodlari. O'simlik tuzilishining asosi uglevodlar Qishloq xo'jaligi maxsulotlarining kimyoviy tarkibi Tirik organizm va oziq-ovqat moddalari tarkibida uchraydigan birikmalar o'zining kimyoviy tabiatiga qarab ikkiga bo'linadi. 1. Organik birikmalar - oksillar, uglevodlar, lipidlar, pigmentlar, vitaminlar, fermentlar va nuklein kislotalar. 2. Anorganik moddalar - suv va mineral elementlar. Kimyoviy tarkibiga qarab donlar uchga bo'linadi: 1. Kraxmalga boy donlar (bugdoy, arpa va xokazo) 2. Oksilga boy donlar (nuxat, loviya va xokazo 3. Yoglarga boy donlar (kungabokar, soya va xokazo) Makkajuxori doni bug'doyga nisbatan tarkibida ko'p yog' bo'lishi bilan farq qiladi. Ayniqsa makkajuhori kurtagida yog' ko'p, shuning uchun undan ovqatlanish va texnikada qimmatli xisoblangan yog' ajratib olinadi. Uglevodlar hamma organizmlarning xujayra va tuqimalarida bor va ular o'simliklarda keng tarqalgan. Uglevodlar o'simliklarning 70-80 % qismini tashkil qiladi. Xayvonot organizmida bo'lsa, qariyb 2 % ni tashkil qiladi, bularning asosiy qismi jigarda va muskulda glikogen xolatida uchraydi. O'simliklar tarkibidagi uglevodlar Uglevod Monosaxaridlar - tarkibidagi uglerod atomlari soniga qarab trioza, tetroza, pentoza, geksoza va geptozalarga bo'linadi. Karbonil guruxining joylanishiga qarab, ular aldoza va ketozalarga bo'linadi. Glyukoza eng ko'p tarqalgan monosaxaridlardan xisoblanadi. U mevalarda ko'p uchraydi. Polisaxaridlar - kraxmal, glikogen, sellyuleza glyukoza qoldiqlaridan tashkil topgan. Glyukoza, maltoza, saxaroza, laktoza va raffinoza tarkibiga kiradi. Glyukoza fosforlangan xolatda uglevodlar parchalanishining oraliq moddasi sifatida uchraydi. Glyukoza formulasi Polisaxaridlar Polisaxaridlar - kimyoviy tuzilishiga qarab polisaxaridlar ikkiga bo'linadi: 1. Gomopolisaxaridlar - bir xil monosaxaridlar qoldig'idan tashkil topgan 2. Geteropolisaxaridlar - xar xil monosaxarid koldiqlaridan tuzilgan Adabiyotlar: 1. James E.Bidlach, Snelly H. Jansky. Stern's introductory Plant biology. - USA: McGrow-Hill, 2008, 622 p. 2. Lincoln Taiz, Eduardo Zeiger. Plant physiology. USA, University of California, Los Angels, 2002. 3. Hans-Walter Heldt. Plant Biochemistry. Elsevier Academic Press, 2005. - 625 рр. 4. Alimova R.A. Qishloq xo'jalik o'simliklari biokimyosi fanidan laboratoriya mashg'ulotlari: o'quv qo'llanma. - Toshkent: ToshDAU, 200. - 95 b. 5. Alimova R.A., Sagdiyev M.T. O'simliklar fiziologiyasi va biokimyosi: o'quv qo'llanma. - Toshkent, 2013. - 320 b. ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.77 MB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.77 MB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:18 ]
Arxiv ichida: doc