O'simliklar dunyosi

O'simliklar dunyosi

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklar dunyosi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu:O'simliklar dunyosi O'simlik dunyosi dеgаdа chorvachilik, оvchilik, tеxnik xоm аshyo tаyyorlаsh, dоrivоrlаrni yig'ish, dаrаxt vа butаlаrni kеsish, ilmiy-tаdqiqоt, mаdаniy-mа'rifiy, sоg'lоmlаsgtirish, rеkrеаsiya, tаbiаtni muhоfаzа qilish mаqsаdlаridа fоydаlаnilаdigаn yovvоyi оrgаnizmlаr, daraxt, butа vа o'tsimоn urug'lаydigаn o'simliklаr, qirqqulоqsimоnlаr, mоhsimоnlаr, suv o'tlаri, lishаyniklаr, zаmburug'lаr, tаbiiy o'simliklаr mаjmui yig'indisi tushunilаdi. Hozirgi vaqtda o'simliklar quyidagi ikki: tuban va yuksak o'simliklar guruhlariga bo'lib o'rganiladi. Tuban o'simliklar Yuksak o'simliklar Tuban o'simliklar organik olamning dastlabki bosqichlarida kelib chiqqan. Ular suvli muhitda yoki sernam joylarda yashashga moslashgan. Evolyutsiya jarayonida uncha rivojlanmagan va hozirgi davrgacha ba'zi birlari sodda tuzilishini saqlab qolgan. Tuban o'simliklar bir hujayrali, koloniya hosil qiluvchi va ko'p hujayrali organizmlar hisoblanib, tanasi to'qima va organlarga ajralmagan. Shuning uchun ularning tanasi qattana yoki tallom deb ataladi (9-rasm). Bir hujayrali o'simliklarda tirik organizm uchun xos bo'lgan barcha tiriklik xususiyatlari bitta hujayrada amalga oshadi. Koloniyali holda yashovchi o'simliklar bir va ko'p hujayralilar orasida turuvchi organizmlar hisoblanadi. Bunday organizmlar ayrim hujayralar to'dasidan iborat bo'lib, mustaqillikni saqlab qolgan holda hayotiy tomondan bir-birlari bilan bog'lanishda bo'lishi kuzatiladi. Ko'p hujayrali tuban o'simliklarda esa hujayralar o'rtasidagi hayotiy vazifalar o'zaro taqsimlangan bo'ladi. Yuksak o'simliklar evolyutsion jihatdan ancha yosh hisoblanadi. Ko'pchilik yuksak o'simliklarda poya, barg va ildiz kabi vegetativ organlari rivojlangan, shuningdek, to'qimalarga ajralishi ham kuzatiladi. Ular poyabargli o'simliklar deb ataladi (10-rasm). Ko'p hujayrali o'simliklarning tanasi turli hayotiy vazifalarni bajaruvchi bir necha xildagi hujayralardan tashkil topgan. Hujayralari bir-biridan shakl va tuzilishi jihatdan farq qiladi. Hujayralarning takomillashishi va ixtisoslashishi tufayli ularda barcha hayotiy jarayonlar ya'ni, oziqlanish, nafas olish, o'sish, ko'payish va boshqalar sodir bo'ladi. O'simliklarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati O'simliklar qoplami biosferada hayotni boshqarishda muhim rol o'ynaydi. U Yerning gazlar almashinuvi, suv muvozanati, iqlimiga ta'sir etadi, tuproqning hosil bo'lishida ishtirok etadi. Uni yemirilishdan saqlaydi. Hayvonot dunyosining yashashini belgilab beradi. o'simlik biologik doirada moddalarning aylanishida ya'ni, atmosfera-tuproq-tirik organizm tizimida faol ishtirok etadi. O'simliklar atrof-muhit tozaligini saqlashda nihoyatda katta ahamiyatga ega. Biroq o'simliklar muhitning ifloslanishi tufayli zararlanib boradi. Buning uchun o'simliklarni zaharli moddalardan himoyalashning chora-tadbirlarini ishlab chiqish kerak. O'simliklar dunyosi turli hom ashyolar (oziq-ovqat, yem-xashak, dorivor, qurilish materiallari va hokazolar) manbaidir. Inson qadimdan yovvoyi o'simliklardan o'z chtiyojlarini qondirish uchun foydalanib kelgan. Natijada tabiiy o'simlikiar qoplami doimo buzilgan, foydali o'simliklarning zaxiralari esa kamayib borgan Hozirgi davrdagi eng katta muammolardan biri tabiatni muhofaza qilish va uning resurslaridan oqilona foydalanishdir. Ushbu muammo ayrim davlatlar hududida emas, balki barcha mamlakatlar tomonidan hal etilishi zarur. Mustaqil O'zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish, jumladan o'simliklar dunyosining xilma-xilligini saqlash davlat tomonidan himoyalangan va bir qator qonunlar hamda chora-tadbirlar ishlab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 415.24 KB
Ko'rishlar soni 175 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:18 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 415.24 KB
Ko'rishlar soni 175 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga