O'simliklar sistematikasining rivojlanish tarixi O'simliklar sistematikasining rivojlanish tarixi Taksonomik birliklar. 1969 yilda botaniklarning xalqaro XI kongressi bo'lib o'tdi. Bu kongressda taksonomik birliklarni kattadan kichikka qarab nomlash tavsiya etildi. Botanikadagi asosiy sistematik birliklar quyidagilardan iborat: bo'lim - divisio, ajdod- classis, qabila - ozdo, oila - familia, turkum - genus, tur - species. Ko'pchilik oilalarning nomlari turkum nomi bilan ataladi. Masalan: Ayiqtovondoshlar, gulxayridoshlar, magnoliyadoshlar va boshqalar turkum nomidan olingan. Ba'zan, ayrim oilalarning nomlari o'simliklar turkum nomidan emas, organlarining tuzilishiga qarab nomlangan. Masalan: labguldoshlar (Labiatae), dukkakdoshlar (Leguminosae), soyabonguldoshlar (Umbelliferae), murakkabguldoshlar (Compositae) va boshqalar. Quyidagi oilalarga botanika nomenklaturasi qoidalari asosida yangi turkumlarning nomlari yangi o'zbecha nomlar bilan ataldi. (O'.Pratov, T.Odilov, 1995). Shunga ko'ra: Apiaceae (Umbelliferae) - ziradoshlar (soyabonguldoshlar), Asteraceae (Compositae) - qoqio'tdoshlar (murakkabguldoshlar), Poaceae (Gramineae) - bug'doydoshlar (boshoqdoshlar), Fabaceae (Leguminosae) - burchoqdoshlar (dukkakdoshlar), Lamiaceae (Labiatae) - yalpizdoshlar (labguldoshlar), Brassicaceae (Cruciferae) - karamdoshlar (krestguldoshlar), Arecaceae (Palmaceae) - palmadoshlar (arekadoshlar) deb nomlandi. O'simliklar sistematikasining vazifasi yer sharida mavjud barcha o'simliklarni ta'riflashdan va ayrim turlar hamda turlar gruppasining qarindoshligini evolyusiya asosida aniqlashdan iborat. Shunday qilib o'simliklar sistematikasi 500 mingga yaqin turdan iborat bo'lgan o'simliklar olamini biror qarindoshlik belgisi bilan farq qiladigan alohida gruppalarga bo'ladi. Har xil o'simliklarni muayan gruppalarga birlashtirishga yoki ular o'rtasidagi farqni aniqlashga yordam beradigan belgilar sistematik belgi deb ataladi. O'simliklar olamining xilma-xilligini klassifikatsiyalashga urinish allaqachon boshlangan. Teofrast (bizning eradan avvalgi uchinchi asrda) o'simliklarni daraxt, buta, butacha, o'tlarga hamda botqoq, ko'l o'simliklari va hoqa'zolarga ajratgan edi. O'rta asrlarda ham o'simliklar sistemasi yaratilgan, bunda o'simliklar olamini gruppalarga ajratishda ular mevasining shakli, urug'ining joylanishishi yoki guli bor-yo'qligi kabi istalgan belgilar asos qilib olingan edi. Bunday sistemalar sun'iy sistema deb atalgan, chunki ular o'simliklarning tasodifiy belgilariga asoslangan bo'lib, ularning qarindoshlik belgilarini yoki ayrim gruppalar orasidagi farqni amalda ko'rsatib bera olmagan. O'simliklar morfologiyasi, o'simliklar sistemalari, evolyutsiya, hujayra nazariyasi, filogenetik sistema, anatomiya, paleontologiya, evolyutsion morfologiya, biogeografiya O'simliklar haqidagi bizgacha yetib kelgan dastlabki ilmiy ma'lumotlarni eramizdan avvalgi II-IV asrlardagi grek klassik faylasufi Aristotel va uning shogirdi, botanika fanining asoschisi Teofrast asarlarida kuzatish mumkin. Aristotel Teofrast Tabiiy sistemaning taraqqiyotida mashhur tabiatshunos va evolyutsion ta'lumotga birinchi bo'lib asos solgan fransuz olimi Jan -Batist Lamark (1744-1829) ham katta rol o'ynaydi. XVII asrga kelganda, o'simliklar olamining xilma-xilligi to'g'risida juda ko'p ma'lumotlar to'plangan edi, lekin yagona bir sistemabo'lmasligi natijasida juda ko'p chalkashliklar kelib chiqdi. Shuning uchun o'simliklar sistematikasi rivojlanishidagi muhim davr shved olimi K. Linneyning O'simliklar sinfi (1738 y.)degan asari yaratilishi bilan boshlanadi. Linney bu asarida barcha o'simliklar turini 24 sinfga bo'lgan. K. Linney o'simliklar olamini ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.39 MB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:19
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.39 MB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:19 ]
Arxiv ichida: pptx