O'simliklarning inson hayotidagi ahamiyati va ularning xilma-xilligi

O'simliklarning inson hayotidagi ahamiyati va ularning xilma-xilligi

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarning inson hayotidagi ahamiyati va ularning xilma-xilligi - rasmi

Material tavsifi

REJA: Biosferada tirik organizmlarni xilma-xilligi. Tuban o'simliklar. Tuban o'simliklarni yashash sharoiti va xo'jalik ahamiyati. Oliy o'simliklar. O'simliklarning inson hayotidagi ahamiyati va ularning xilma-xilligi Biosfera tirik orgaizmlarning ko'p xilma-xilligi bilan xarakterlanadi. Organizmlar o'rtasidagi avlodiy aloqalar, o'zaro aloqador bo'lgan taksonomik birliklar sistemasida aks ettiriladi.Taksonomik birliklar sistemasining asosiy birligi tur hisoblanadi. Ma'lum bir turga kiradigan o'simlik yoki hayvonlarni quyidagi umumiy xususiyatlari bo'ladi. 1. Ma'lum belgilar yig'indisining borligi. Ma'lum bir turga kiradigan o'simliklar yoki hayvonlar odatda bir-birlariga o'xshash bo'ladilar. 2. Kelib chiqishining umumiyligi. Bir turga kiradigan o'simliklar yoki hayvonlarning hammasi o'zining umumiy o'tmish avlodidan paydo bo'lgan. 3. Fiziologik xususiyatlar. Ba'zi xollarda bir turga qarashli bo'lgan organizmlarni xususiyatlari, ularni boshqa turga kiradigan organizmlar bilan chatishtirishga imkoniyat bermaydi. Bunday xususiyatlarga ko'payishning ma'lum mo'ljalda bo'lishi, bir-biriga yaqin bo'lgan turlarni yashash joyining turli xilligi, bir-biriga yaqin bo'lgan turlarni chatishtirishga to'sqinlik qiladigan instinkt va boshqalar kiradi. 1. Geografik xususiyatlar. Xar bir turning ma'lum areali mavjud. Taniqli botanik-geograf olim Komarov V.L. (1938) tur o'tmishdagi umumiy ajdoddan, muhitning ta'sirida va hayot uchun kurashish natijasida dunyodagi boshqa tirik organizmlardan tanlanish asosida ajralgan avlodning yig'indidir deb ta'riflaydi. Turlar o'simlik yoki hayvonot dunyosining asosiy sistematik kategoriyasi bo'lib, u yana kichikroq geografik formalarga, ya'ni kenja turlarga bo'linadi. Kenja turlar tur areali doirasida joylashib ma'lum oblastga tarqalgan bo'ladi. Kenja turlar bir-biridan formasi jixatdan farq qiladigan morfologik irqlarga ya'ni turkumlarga bo'linadi. Bu farqlar bir xil turdagi o'simlikni turli xil sharoitda (suvda, qirg'oqda, qumda, tuproq erlarda, soyada yoki quyoshli joyda) o'sishi natijasida vujudga keladi. Bir-biriga yaqin bo'lgan turlar-avlodlarni, yaqin bo'lgan avlodlar-oilalarni, yaqin oilalar -otryadlarni (qatorlarni), yaqin otryadlar (qatorlar) sinflarni, yaqin sinflar tiplarni tashkil qiladi. Hayvonlar turlarining miqdori (100-1,500) bo'lib o'simliklar turlari miqdoridan (350,00-500) ko'pdir. Hozirgi vaqtda hayvonlardan eng rivojlanayotgan tiplari oyoqbug'unlilar (qisqichbaqalar, o'rgimchak, xasharot), malyuskalar va xordalilar, o'simliklardan esa, yopiq urug'lilar, va zamburug'lar hisoblanadi. Ko'pchilik o'simliklar va ќayvonlar o'rtasidagi farqni osongina aniqlash mumkin. Masalan o'simliklar assimilyasiya qiladi, ќayvonlar esa assimilyasiya qilishga qodir emas. O'simliklar ma'lum joyda yopishgan va ќarakatsiz bo'ladi, ќayvonlar esa ќarakatchandir. Ammo bu xususiyat ќamma o'simlik va ќayvonot tiplari uchun xarakterli emas. Umurtqasiz va xatto xordali ќayvonlar o'rtasida ќarakatsiz formalari uchraydi (korallar, gubkalar rakshaklilar, assidlar). Ba'zi o'simliklar esa ќarakatchandir (suvutlari). O'simliklar va hayvonlar o'z tanasining ximizmi bilan ham bir-biridan farq qiladi. O'simliklarni hujayra devorlari azotsiz moddalardan ya'ni uglevodlardan (shakar S6N12O6) tashkil topgan, hayvonlarning xujayrali devorlari esa, azotli organik moddalardan (xitindan) iborat. Er sharining o'simliklar dunyosi ikkita yirik sistematik grupaga: tuban o'simliklar va oliy o'simliklarga bo'linadi. Tuban o'simliklar gruppasiga suvutlar, bakteriyalar, shilimshiqlar, zamburug'lar va lishayniklar kiradi. Tuban ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.98 MB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:21 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.98 MB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga