O'simliklarning ko'payishi

O'simliklarning ko'payishi

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarning ko'payishi - rasmi

Material tavsifi

O'simliklarning ko'payishi Ko'payish barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan xusu-siyatlardandir. O'simliklar asosan uch xil: vegetativ, jins-siz va jinsiy yo'llar bilan ko'payadi. O'SIMLIKLARNING VYeGYeTATIV KO'PAYIShI Vegetativ ko'payish (lot. vegetativus - o'sish) - o'simliklarning jinssiz ko'payish shakllaridan biri bo'lib, bir o'simlikdan bir organizmning yuzaga kelishi bilan izohlanadi. Vegetativ ko'payish barcha o'simliklarga xos belgidir. Bu jarayon bir va ko'p hujayrali suvo'tlari (spirogira, vosheriya, valoniya, kaulerpa va boshqalar)da zamburug'' va lishayniklar tanasining regeneratsiyasiga qarab tananing bir necha bo'laklarga bo'linib ketishi yoki yuksak o'simlik-larda, ildizpoya, bachki, piyoz, tugunak kabi organlarni yuzaga kelishi, shuningdek tananing ayrim qismlaridan bir butun o'simlik paydo bo'lish xususiyatiga asoslangandir. Yuksak, chunonchi yopiq urug'li o'simliklarda, vegetativ ko'payishning bir necha turi (masalan, tabiiy sharoitda ildizpoya, bachki, piyoztugunak, ajratuvchi kurtaklar chiqa-rish va boshqalar) uchraydi. Vegetativ ko'payish o'simlik-lar hayotida katta ahamiyatga ega. Mevachilikda uning ikki: qalamcha va kurtak payvand usullari qo'llaniladi. Tabiiy va sun'iy vegetativ ko'payish. Bunday ko'payish ko'pincha urug'dan ko'payishi qiyin bo'lgan o'simliklarda uchraydi. Bu jarayon ko'pyillik o'simliklar orasida (o't. chala buta, daraxt) tez-tez ko'rinadi. Ko'pincha o'rmonzor-larda daraxtlarning ostida o'sishga moslashgan o'tchil o'sim- liklarning urug'lari deyarli pishib etilmaydi. Bunga aso-siy sabab yorug'likning etarli bo'lmasligi hamda changla-tuvchi hasharotlarning ozligidir. Shuning uchun bu xilda-gi o'simliklar yer osti iddizpoyasi, ildiztugunak, piyoz-boshlar yordamida juda ham tez ko'payadi va ko'plab yosh o'simliklar o'sib chiqadi (landish, qizilmiya (shirinmiya), lola va boshqalar). Vegetativ ko'payishning eng ko'p tarqalgan tabiiy usul-lari quyidagilardir: 1. Ildizpoya. Talaygina ko'p yillik o'tchil o'simliklar ildizpoyalari yordamida vegetativ ko'payadi. Ildiz poyala-ri kalta va bo'g'in oralig'i qisqa bo'lgan o'simliklarda (ma-salan, ajriq, g'umay, tog'rayhon, kiyiko't va boshqalar) kur-taklar bir-biriga yaqin turadi, shuning uchun ham yer usti novdalari g'uj bo'lib chiqadi. Ildizpoyalari uzun bo'lgan o'simliklarda kurtaklar bir-biridan uzoq joylashgan, shu sababli ulardan chiqadigan yer usti novdalari tarqoq hodda joylashadi (qamish, qiyoq va boshqalar). 2. Tugunaklar. O'zbekistonning adir va cho'llarida o'sa-digan zira (Vshishp regasshp), xashaki zira (qarg'aoyoq) va skortsonera o'simliklari ildizpoyasining yer ostida qalin-lash (yo'g'onlash)gan qismi tugunak deb ataladi. Tugunak-larda o'simlik uchun zarur oziq moddalar to'planadi va vegetativ ko'payish vazifasini bajaradi. Bunday ko'pay-ishni kartoshka, topinambur va boshqa o'simliklarda ko'rish mumkin. Bu xildagi tugunaklar yer ostida joylash-gani uchun yer osti tugunaklar deb ataladi. 3. Piyozboshlar (boshpiyoz). O'rta Osiyo cho'l, adir va tog' o'simliklari orasida lola, nartsiss, chuchmo'ma, boychechak, liliya (piyozgul), piyoz kabilar piyozboshlar bilan ko'paya-di. Bazi o'simliklarda piyoz kurtaklari barg ko'ltiqlari yoki to'pgullarida hosil bo'ladi. Sarimsoq va liliya sin-gari o'simliklarning piyozi mayda piyozchalardan iborat, ular to'kilsa, undan yangi o'simlik o'sadi. Bazi o'simlik-larning gullarida urug' o'rnida kichkina bargli novdalar hosil bo'ladi va keyinchalik ona o'simliqtsan uzilib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.39 MB
Ko'rishlar soni 207 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:21 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.39 MB
Ko'rishlar soni 207 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga