O'simliklarning radiatsiyaga chidamliligi

O'simliklarning radiatsiyaga chidamliligi

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarning radiatsiyaga chidamliligi - rasmi

Material tavsifi

O'simliklarning radiatsiyaga chidamliligi Reja: O'simliklarning radiatsiyaga chidamliligi O'simliklarni kasalliklarga chidamliligi Radiatsiya o'simlik organizmlariga, xuddi hayvon organizmlariga o'xshash turli xil darajada, yani molekulalardan tortib organizm va populyatsion darajada ta'sir etadi. Radiatsiyani barcha tirik organizmlarga birlamchi ta'siri deyarli bir xil o'xshash bo'ladi. Ularning umumiy xususiyatlari shundan iboratki, kuchsiz energiya va kam sonli birlamchi radiatsion kimyoviy reaksiyalar biologik effektni keltirib chiqaradi. lonlashtiruvchi nurlarni ikki guruhga bo'lib qarash mumkin. 1. Elektromagnit nurlanishlar. Ularga rentgen va gamma (y) nurlari misol bo'la oladi. 2. Yadro bo'lakchalaridan chiqadigan nurlanishlar. Ularga beta ß() va alfa (a) zarrachalar misol bo'ladi. Nurlarning to'lqin uzunligi qanchalik kichik bo'lsa u shunchalik ko'p tebranadi va ularning nurlash energiyasi shunchalik ko'p bo'lib, hujayralarga kirish qobiliyati ham katta bo'ladi. Rentgen va gamma nurlarning fizik xossalari hamda tirik organizmlarga biologik ta'siri bir xildir. Rentgen va gamma nurlar to'p to'p bo'lib, ya'ni fotonlar shaklida tarqaladi. Ularning tarqalish tezligi yorug'lik tezligiga yaqin, yani 299790 kmG' soniyadir. yengil yadro zarrachalaridan biri bu beta-zarrachalardir. Ularning og'irligi vodorod og'irligining 11840 qismini tashkil qilib, fizik tabiati jihatidan elektronlarga o'xshash bo'ladi hamda atomlarning yemirilishidan hosil bo'lib birdaniga u yerdan tarqaladi. Beta zarrachalar manfiy yoki musbat zaryadlangan bo'lishi mumkin. Agar (3-zarrachalar manfiy bo'lsa element unga suriladi. Masalan radiaktiv fosfor 15P32 - ß- zarrachalar + 16S32 O'simliklarni kasalliklarga chidamliligi O'simliklarda kasalliklarni viruslar, bakteriyalar, zamburug''lar, parazitlar keltirib chiqaradi. Shuningdek o'simliklar gammoz, xloroz kasalligi bilan ham zaralanadi. Gammoz kasalligida o'simlikning ichki to'qimasi-po'st parenximasi eriydi va tashqariga oqib chiqadi. Immunitet. Bu o'simliklarni turli xil kasalliklarga chidamliligidir. O'simliklarda ikki xil immunitet kuzatiladi. 1.Mutlaq chidamlilik. Bu holatga misol qilib bug'doyda yuzaga keladigan sulining qora kuya changiga nisbatan chidamlilikni ko'rsatish mumkin. 2. Nisbiy chidamlilik. Bu tashqi muhit sharoitiga qarab o'simliklarning nisbatan zararlanishi. Kasalliklarga qarshi kurashda maxsus kimyoviy preparatlar-fungitsidlar qo'llaniladi. O'simliklar o'z ontogenezi davomida muhitning noqulay omillariga (stressorlarga) qarshi turish yani himoyalanish xususiyatlariga ega. Noqulay muhit omillaridan himoyalanish hujayra va organizm va populyatsiyalar darajasida ro'y beradi. Hujayra darajasida: a) anatomik moslanishlarni (mexanik to'qimalar, kutikulalarning mavjudligi va boshq.), b) maxsus himoya organlari (so'lish, tikanlar), v) fiziologik reaksiyalar (SAM-metabolizm, barg og'izchalarining yopilishi tufayli ortiqcha suv yo'qotishning oldini olish), g) himoya moddalarini ajratish (himoya oqsillari, prolin, fitontsidlar, fitoaleksinlar va boshq.). Populyatsiyalar darajasida esa organizmlarning tabiiy tanlanishi natijasida muhitga ko'proq moslashgan turlarning ko 'payishi. Stressorlarning (qo'zg'atuvchilarning) organizmlarga kuchli darajada ta'siriga nisbatan, agarda u qisqa vaqt davom etsa maxsus bo'Imagan, uzoq davom etsa himoya vositalarining maxsus mexanizmlari vujudga keladi. Foydalaniladigan adabiyotlar: Burigin V. A., Jongurazov F. X. Botanika. Toshkent, O'qituvchi, 1977. Kursanov A. va boshqalar. Botanika. Toshkent ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.13 MB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:21 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.13 MB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga