O'simliklarning to'qimalari

O'simliklarning to'qimalari

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarning to'qimalari - rasmi

Material tavsifi

O'simliкlarning to'qimalari Reja: 1.To'qima haqida tushuncha. 2.To'qimalarning klassifikatsiyasi. 3.To'qimalarning bajaradigan vazifalari va xillari. O'simliklarning tanasi har xil to'qimalardan tashkil topgan bo'ladi. Shakli jihatidan o'xshash bo'lgan bir yoki bir necha xil vazifani bajaradigan hujayralar guruhiga to'qima deyiladi. To'qimalar shakliga ko'ra 2 xil bo'ladi. Parenximatik va prozenximatik. Parenximatik hujayralardan tashkil topgan to'qimalar, parenximatik to'qimalar, prozenximatik hujayralardan tashkil topgan to'qimalar, prozenximatik to'qimalar deyiladi. To'qimalar kelib chiqishiga ko'ra 2 ta katta guruhga bo'linadi. Embrional- hosil qiluvchi to'qimalar. Doimiy to'qimalar. Hosil qiluvchi to'qimalarni hujayrasini yadrosi yirik, tez- tez bo'linish xususiyatiga ega bo'ladi. Hosil qiluvchi to'qimadan vujudga kelgan hujayralar avval o'sadi, sungra ma'lum shaklga kirib, doimiy to'qimani hosil qiladi. Bu to'qima keyinchalik yashay beradi va kam o'zgaradi yoki nobud bo'ladi. Hosil qiluvchi to'qimani o'zi kelib chiqishiga ko'ra 2 xil bo'ladi. 1. Birlamchi hosil qiluvchi to'qima- prokambiy 2. Ikkilamchi hosil qiluvchi to'qima- kambiy Prokambiy to'qimasi o'simlik organlarining o'sish nuqtalarida ildizning va poyaning uchida, ya'ni o'sish konusida bo'ladi. O'sish konusidagi hujayralarning bo'linishi hisobiga ildiz va poya bo'yiga o'sadi. Birlamchi hosil qiluvchi to'qima (meristema) o'sish konusining eng uchida joylashgan bitta dastlabki hujayraning ketma- ket bo'linishi natijasida rivojlanadi. Кeyinchalik bu hujayradan kelib chiqishga ko'ra birlamchi hisoblangan har xil to'qimalar ajraladi. Birlamchi meristemadan cho'ziq va ingichka hujayralar guruhi ham ajralib chiqa boshlaydi va ular o'sish konusidan birmuncha pastda joylashadi. Har tomonga qarab zo'r berib bo'linish xususiyatiga ega bo'lgan hujayraning bu guruhi prokambiy deb ataladi. Prokambiy hujayraning zo'r berib bo'linishi natijasida keyinchalik o'tkazuvchi va maxanik funksiyani bajaruvchi ikkita doimiy to'qima, birlamchi yog'ochlik, ya'ni ksilema va birlamchi lub, ya'ni floema hosil bo'ladi. Prokambiy to'qimasi asosan bir pallali o'simliklarda uchraydi. Birlamchi yog'ochlik va birlamchi lubni hosil qilgandan keyin bir pallali o'simliklarda o'zi yo'q bo'lib kyetadi. Ikki pallali o'simliklarda esa yoshlik vaqtida bo'ladi. Birlamchi yog'ochlikni va birlamchi lubni hosil qilib o'zi yo'qola boradi. Yo'qolib borayotgan bir qism prokambiy hujayralarini qayta bo'linib ko'payishidan kambiy to'qimasi vujudga keladi. Кambiy to'qimasi hosil qilishda davom yetadi va chetga tomon ikkilamchi lub, markazga tomon ikkilamchi yog'ochlik qatlanaveradi. Natijada ikki pallali o'simliklarni o'q organlari o'sib, yo'g'onlashaveradi. Hosil qiluvchi to'qimalar o'simliklar hayotida muhim rol o'ynaydi, chunki ularning ishtirokisiz o'simliklar o'smaydi va yangi organlar hosil qilmaydi. Hosil qiluvchi to'qimalar o'simliklarda joylashgan o'rniga ko'ra 4 xil bo'ladi. 1). Tepa- apikal meristema 2). Interkalyar meristema 3).Yon meristema 4). Yara meristemalari Yillik xalqalar kambiy to'qimasining faoliyati tufayli, vujudga keladi. Alohida qoplovchi to'qima- po'kak hosil qiluvchi po'kak kambiy ham ikkilamchi hosil qiluvchi to'qimaga kiradi. Doimiy to'qimalar bajaradigan vazifasiga ko'ra 5 xil bo'ladi Qoplovchi to'qimaning vazifasi o'simliklar tanasini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.09 MB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:21 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.09 MB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga