O'simlikshunoslik fanining rivojlanish tarixi, maqsadi va vazifalari Reja: 1.O'simlikshunoslik fanining maqsadi va vazifalari 2. O'simlikshunoslik fanining rivojlanish tarixi 3. O'simlikshunoslikning boshqa fanlar bilan bog'liqligi Mulohaza uchun savollar: 1. Tuproqning genetik jihatdan tiplarini sanab bering. 2.Irrigatsion eroziya oqibatiba tuproqda qanday o'zgarishlar kuzatiladi? 3.Buxoro vohasida necha xil tuproq tipi tarqalgan? Qishloq xo'jaligida 2 ta katta tarmoq bor: O'simlikshunoslik Chorvachilik O'simlikshunoslikning mehnat predmeti - yashil o'simliklardir. O'simlikshunoslikning muhim xususiyati: uning mavsumiyligidir. O'simlikdan yuqori hosil olish uchun unga qulay sharoit yaratib berib, o'z vaqtida dala ishlarini sifatli qilib o'tkazish kerak. Agrotexnik tadbirlarni yaxshi o'tkazilmasligi va sifatsizligi qishloq xo'jalik o'simliklarining hosildorligini pasaytirib yuboradi. O'simlikshunoslik fanining o'rganadigan obyekti fanda ham tarmoqda ham o'simliklar va ular o'sib rivojlanadigan muhitdagi abiotik omillarga talabi, o'simliklardan yuqori, sifatli hosil olish uchun o'simliklarning talabini qondirish tadbirlarini aniqlash. O'simlikshunoslikning asosiy vazifasi nima? O'simlikshunoslikda asosiy vazifa: Don ekinlari ustuvor yo'nalishlari- serhosil, tezpishar, intensiv va keskin o'zgaruvchan sharoitlarga chidamli navlarni yaratish va ularni yetishtirish texnologiyasini yaratishdan iborat. O'simlikshunoslikning asosiy maqsadi nima? O'simlikshunoslikning asosiy maqsadi: Yuqori va sifatli hosil olish Insonlar tomonidan o'simliklarning o'stirilishi juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Odamlar tosh asridan boshlab o'simliklarni ekib, ulardan mahsulot olishga harakat qilishdi. Yer sharida eng qadimgi dehqonchlik bilan shug'ullangan mamlakatlarga Misr, Xitoy, Suriya, Meksika, Peru, Boliviya va Markaziy Osiyo mamlakatlari kiradi. Markaziy Osiyo qishloq xo'jaligi ko'hna tarixga ega. Insoniyatning rivojlanishi o'z navbatida dehqonchilik rivojlanishiga olib keldi. Yer sharida odamlarning ko'payishi oziq-ovqat mahsulotlari turlari ko'payishiga, sanoatning rivojlanishi oqibatida o'simliklar mahsulotining ko'payishiga olib keldi. Bu esa o'z navbatida yangi fan o'simlikshunoslik rivojlanishiga olib kelgan. O'simlikshunoslik tarmoqlari Dalachilik, bog'dorchilik, sabzavotchilik, uzumchilik, o'rmonchilik, gulchilik, yem-xashak ekinlari Donli va dukkakli ekinlarni, tugunak mevalilar, ildizmevalilar, poliz ekinlari, tolalilar, moyli, yem-xashak va narkotik ekinlarni O'simlikshunoslik ilmiy fan sifatida quyidagilarni o'rganadi O'simliklar botanik-biologik xususiyatiga va ishlab chiqarishiga qarab quyidagi guruhlarga bo'linadi: Donli ekinlar Don ekinlari (kuzgi va bahorgi) : Bug'doy, arpa, javdar, suli Bahorgi don ekinlari: Makkajo'xori, jo'xori, sholi, tariq Dukkakli don ekinlari: No'xat, mosh, soya, yasmiq, burchoq, xashaki dukkak, loviya va ko'k no'xat Ildiz mevalilar, tuganak mevalilar Ildiz mevalilar: Vika, qand lavlagi, xashaki lavlagi, xashaki sabzi, turpens Tuganak mevalilar: Kartoshka, topinambur, batat Poliz ekinlari Poliz ekinlari: Qovun, tarvuz, oshqovoq Moylilar: Zig'ir, kunjut, kungaboqar, soya, xantal, yeryong'oq, kanakunjut, ko'knori, maxsar Efirmoylilar: qorinadr, zira, kashnich, yalpiz, shalfey Moyli ekinlar Tolali ekinlar Poyalaridan tola beruvchilar: Zig'ir, kanop, nasha Yem-xashak ekinlari Ko'p yillik dukkaklilar: Yo'ng'ichqa, bargak, qashqar beda, sebarga… Ko'p yillik g'allasimonlar: Bug'doyiq, mastak, ildizpoyali bug'doyiq Bir yillik dukkaklilar: Xashaki no'xat, vika, shabdar, bersim Narkotik o'simliklar Narkotik o'simliklar: ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
744.3 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
744.3 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:21 ]
Arxiv ichida: pptx