O'zbekiston RespublikaSINING QIZIL KITOBI Tabiatni, shu jumladan uning ajralmas qismi o'simliklar dunyosini muhofaza qilish ayni zamonning yirik muhim muammolaridan biriga aylandi. Respublikamizning xilma-xil, foydali turlarga boy, bebaho o'simliklarini muhofaza qilish bizning muqaddas burchimizga aylanmog'i lozim. Biz faqat foydali o'simliklarnigina emas, O'zbekiston hududida o'sayotgan har bir turni asrab-avaylashimiz va ularni kelgusi avlodlarga hozirgisidan ham a 'lo darajada in'om etishimiz kerak. Ha, sir emas, insonning salbiy ta'siri natijasida o'simlik qoplamlari va turlarining soni tobora kamayib ketdi. Tabiatdan oqilona foydalanilmaslik tufayli ayrim yo'qolib va kamayib borayotgan turlarni muhofaza qilish maqsadida maxsus hukumat qarorlari asosida 1979-yilda O'zbekiston Respublikasining Qizil kitobi ta'sis etildi. Hech shubxasiz, «Qizil kitob» nima, unga qanday o'simliklar kiritiladi va unda kamyob o'simliklar uchun qanday ma'lumotlar beriladi degan savollar tug'iladi. Qizil kitobga kiritilgan har bir o'simlik uning xavf ostida turganligidan dalolat beruvchi tashvishli signaldir. Qizil kitobning mohiyati shundaki, u nabotot olamining kamyob, yo'qolib ketish xavf ostidagi turlari haqida mukammal ma'lumotlar beruvchi hujjat hamdir. Qizil kitobning vazifasi jarnoatchilik va davlat ijroiya muassasalarini tabiat mutiofazasi muammosiga jalb etishdan va turlar genofondini saqlab qolishga ko'maklashishdan iborat. O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan o'simlik turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan tasnif (klassifikatsiya)ga binoan 4 ta guruhga ajratildi: 1. Yo'qolgan yoki yo'qolish arafasidagi turlar. 2. Yo'qolib borayotgan turlar, 3. Kamyob turlar. 4. Kamayib borayotgan turlar. Albatta vaqt o'tishi bilan kiritilgan guruhlardagi turlar biridan ikkinchisiga o'tishi mumkin. Qizil kitobni tuzishda asosan O'zRFA «Botanika ilmiy ishlab chiqarish markazida saqlanayotgan bir milliondan ortiq gerbariylardan va Rossiya FA «Botanika» institutidagi gerbariylardan harrda shu institutlardagi ilmiy manbalardan foydalanildi. 1984-yili nashr etilgan O'zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga 163 tur o'simlik kiritilgan bo'lsa, uning 1998-yili chop etilgan ikkinchi nashriga 301 tur o'simlik kiritildi. Shunday qilib, keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o'lkamiz florasida yana 138 o'simlik turini Qizil kitobga kiritish mumkinligini ko'rrsatdi . O'zbekiston Respublikasining qizil kitobi Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming (shundan 500 mingi gulli o'simliklar) o'simliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud bo'lib, ularning 93 foizi uchun quruqlik va 7 foizi uchun suv yashash muhiti hisoblanadi. Turlarning hosil bo'lishi va ularning yo'qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo'lib, yerda geologik sharoitlarning o'zgarishiga ham bog'liqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va o'simliklarning antropogcn (inson faoliyati) ta'sirlari natijasida yo'qolib borish jarayoni tezlasha boshladi. Odam tomonidan yangi yorlarning, orollarning va kontinentlarning o'zlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda. Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming (shundan 500 mingi gulli o'simliklar) o'simliklar va ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx, pptx
Fayl hajmi
1.76 MB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:22
Arxiv ichida: docx, pptx
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx, pptx
Fayl hajmi
1.76 MB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:22 ]
Arxiv ichida: docx, pptx