Plauntoifalar bo'limi - lycopodiophyta Reja: 1. Plaunlarning tuzilishi tarqalishi va ekologiyasi. 2. Bo'limning tasnifoti va ularning asosiy vakillari. 3. Plaunlarni kelib chiqishi. 4. Ahamiyati. Plauntoifalar bo'limi - lycopodiophyta Bu bo'limga mansub o'simliklarning rivojlanish davri Poleozoy erasining toshko'mir davriga to'g'ri keladi. Hozirgi vaqtda ularning turlar soni keskin kamayib 100 ga yaqin turi uchraydi. Shuningdek ular o'simliklar qoplamining hosil qilishdagi ishtiroki kam. Ular faqat doim yashil ko'p yillik o'simliklardir. Daraxtsimonlari bizning davrimizgacha etib kelgan emas. Plaunlarning tanasi poya, barg va ildizga ajralgan. Poyasi dixotomik ravishda shoxlangan. Barglari mayda bigizsimon bo'lib, poyada ketma-ket ba'zi hollarda qarama-qarshi, halqasimon bo'lib joylashgan. Bularni hayotiy rivojlanish davrida sporofit nasl, gametofit naslga nisbatan ustunlik qiladi. poya, ildiz barg Sporangiyalari poya uchida hosil bo'lgan barglarning barg qo'ltiqlarida yoki bargning pastki yuza tomonida hosil bo'ladi. Ularni spora hosil qiluvchi barglar yoki sporofillar deb ataladi. Sporalarini shakli teng yoki har-xil bo'ladi. Gametofitlari 20 mm gacha borib, tuproq yuzasida, tuproqqa botgan holda ba'zan tuproq ostida soprofit (zamburug''lar bilan) hayot kechiradi. Gametofitning to'la rivojlanib, undan embrion hosil bo'lishi uchun 12-15 yil sarflanadi. Gametofitlari bir uyli ayrim jinsli yoki ikki uyli bir jinslidir. Jinsiy a'zolari anteridiy va arxegoniylar hisoblanadi. Anteriyda hosil bo'lgan spermatazoidlar ikki yoki ko'p xivchinli. Uning tuxum hujayra bilan qo'shilishidan yangi individ ya'ni sporofit shakllanadi. Bu bo'lim sporalarini tuzilishiga ko'ra 2-ta sinfga bo'linadi: 1. Plaunsimonlar sinfi - Lycopodiopsida 2. Polushniksimonlar sinfi - Isoetopsida Plaunsimonlar sinfi. Bu sinfga mansub o'simliklarning hammasi o'tsimon bo'lib, ularni rivojlangan va keng tarqalgan davri Devonga to'g'ri keladi. Ularning qoldiqlari toshko'mir konlarini hosil qilishda muhim ahamiyatga ega. Sinfning o'ziga xos xususiyatlaridan biri, bu teng sporalilikdir. Asteroqsilonnamalar qabilasi - Asteroxylonales Bular plaunlar orasida eng qadimgi va soddasi hisoblanadi. Asteroqsilonlar dastlab riniyatoifalar bo'limiga taalluqli deb qarab kelingan. Ammo ularni mayda bigizsimon barglarini bo'lishi, poyaning ichki tuzilishi sifonostel tipdaligi, ildizga o'xshash o'simtalarni hosil bo'lishi Plaunsimonlarga yaqinligidan darak beradi. Ular bitta oila, ikkita turkumdan iborat. Har ikkala turkum ham bundan 400 mln. yil ilgari qo'rib yuqolib ketgan. Faqat ularni qoldiqlari devon davrining o'rta qatlamlaridan Shotlandiya, FRG, Xitoy, Avstraliya va boshqa joylardan topilgan. Protolepidodendronamolar qabilasi - Protolepidodendrales Bular ham qazilma holda uchraydigan o'simliklardir. Ularning qoldiqlari devon va silur davrlaridan topilgan. Bu o'simliklarning bo'yi 25-40 smga etadigan o'tlar bo'lib, barglari poyada ketma-ket joylashgan. Barglari to'kilganda poyada izlar qoldirgan. Likopodiumnamolar qabilasi - Lycopodiales Bu qabila vakillari o'rmonlarda zax va soya joylarda uchraydi. Hozirgi vaqtda ular keng tarqalgan, tanasi to'liq qismlarga ajralgan, ko'p yillik o't o'simliklardir. Sporalari bir xil, gametofiti tuganaksimon, yer ostida yashaydi. Likopodiumlarni 400 ga ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.11 MB
Ko'rishlar soni
192 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:23
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.11 MB
Ko'rishlar soni
192 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:23 ]
Arxiv ichida: pptx