Pomidor hosilini terish va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi

Pomidor hosilini terish va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi

O'quvchilarga / Botanika
Pomidor hosilini terish va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Pomidor hosilini terish va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi mavzusida yozgan BITIRUV MALAKAVIY IShI Ishning maqsadi Sabzavotlarni uy sharoitida konservalashni keng targ'ib qilish, aholi turmush darajasini yaxshilash va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyatga egadir. Shunday sabzavotlardan biri pomidor bo'lib, uni uy sharoitida qayta ishlash imkoniyatlari juda ham yuqoridir. Ishning vazifasi Uy sharoitida pomidordan turli mahsulotlar tayyorlashni o'rganishga qaratilgan. Meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini etishtirish, yig'ish, tashish, saqlash va qayta ishlash ilmiy tashkil qilinsa, bu borada fan-texnika yutuqlari hamda ilg'orlar tajribasi keng joriy etilsa, mahsulotlar isrof bo'lishi kamayadi. 1. Pomidorning ahamiyati va biologik xususiyatlari Pomidor eng muhim va qimmatli sabzavot ekinlaridan biri hisoblanadi. Uning pishgan mevasi nihoyatda lazzatliligi, parhezliligi bilan ajralib, tarkibida turli vita'minlar, mineral tuzlar, organik kislotalar va uglevodlar saqlaydi. Pomidor qizil mevasining biokimyoviy tarkibi quyidagicha (ho'l vazniga nisbatan): quruq modda - 0,6-6,6%, oqsil - 0,95-1,0%, shakar - 4,0-5,0%, moylar - 0,2-0,3%, tsellyuloza - 0,8-0,9%, kul - 0,6%, organik kislotalar (olma, limon) - 0,5%, vitamin S (askorbin kislota) - 19-35 mg.%, karotin (provitamin A) - 0,2-2 mg.%, tiamin (V1) - 0,3-1,6 mg.%, riboflavin (V2)- 1,5-6 mg.% ni tashkil etadi (Ostanakulov T. E., 2006). Pomidor yangiligicha, tuzlangan va marinovkalangan holda istemol qilinadi. U konserva (qayta ishlash) sanoati uchun muhim xom ashyo hisoblanadi. Pomidor mevalari terib olingach, etilish xususiyati va uzoq saqlashga chidamli. Shuning uchun uni istemol qilish muddatini hosil yig'ib olingach yana 1,0-1,5 oyga uzaytirish mumkin. Pomidor shirasini qaynatib tayyorlangan tomat-pyure, tomat-pasta, tomat sharbati (soki) qimmatli oziq-ovqat mahsulotlaridan hisoblanadi. Chunki, bunday pomidor mevasi mahsulotlarida vita'minlar to'liq saqlanib qoladi. Bizda pomidor pishgan mevalari oftobda quritilib, qoqi ham olinadi. Pomidor qayta ishlangach, undan qolgan chiqindilar, tarkibida 17-29% gacha moyi bo'lgan urug'lari is­temol qilishga yaroqli pomidor moyi olishga, kunjarasi esa chorva mollari uchun oziqa va o'g'it sifatida foydalaniladi. Pomidorning vatani Janubiy Amerika hisoblanadi. U Yevropaga XVI asr o'rtalarida keltirilgan bo'lsada, lekin uzoq vaqtgacha manzarali va dorivor o'simlik sifatida o'stirilgan. 2. Pomidorni etishtirish texnologiyasi Oziq moddalarga boy, mexanik tarkibi yengil qumoq, sho'rlanmagan har xil tuproq tiplari yaroqli. Ayniqsa, o'tloq, o'tloq-bo'z va tipik bo'z tuproqlarda pomidor yaxshi o'sadi, yuqori hosilni ta'minlaydi. Beda, ko'kat va dukkakli sabzavotlar, piyoz, sarimsoq, poliz ekinlari, bodring va karam yaxshi o'tmishdosh. Pomidorni pomidordan so'ng yoki ituzumdoshlar oilasiga mansub boshqa ekinlar yani pomidor o'simliklarda uchraydigan kasallik-zararkunandalarga chalinadigan kartoshka, qalampir, boyimjon, tamaki, shuningdek g'o'za ekinidan keyin ekmaslik kerak. Pomidor mevasi ham ko'sak qurti bilan zararlanadi. Bir dalada tomatni ikki yil o'stirib, yana 3 yildan so'ng ekish mumkin. Dastlabki kuzgi qora sovuqlar tushishidan oldin etilgan va xom ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 511.77 KB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:23 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 511.77 KB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga