Psilofitsimonlar va psilotsimonlar bo'limlari

Psilofitsimonlar va psilotsimonlar bo'limlari

O'quvchilarga / Botanika
Psilofitsimonlar va psilotsimonlar bo'limlari - rasmi

Material tavsifi

Psilofitsimonlar va psilotsimonlar bo'limlari Reja: Psilofitsimonlarning umumiy tavsifi, morfologik tuzilishining o'ziga xos xususiyatlari Psilotsimonlarning umumiy tavsifi, morfologik tuzilishining o'ziga xos xususiyatlari. Psilofitsimonlar va Psilotsimonlarning kelib chiqishi Bu bo'limga monotip psilotsimonlar (Psilotopsida) ajdodi bilan monotip psilotlar (Psilotalesa) qabilasi mansub. Bular quruqlikda tarqalgan o'simliklar, ildizi yo'q, uning o'rniga uzunligi 1 m keladigan rizomoidlari mavjud. Poyasi tik o'sadi, balandligi 1 m ga yaqin, uchidan uch tomonlama bo'linuvchi initsial hujayra o'sadi. Psilotsimonlar bo'limi - Psilophyta Vegetativ tanasining ichki tuzilishi juda sodda bo'lib, tananing eng ust qismida bir qavat hujayradan iborat epidermis, uning ich tomonida ko'p qavatli po'st joylashgan. Poyaning markazida boshlang'ich o'zak silindr - prostotel joylashgan. U o'z navbatida floema va ksilemadan tashkil topgan. O'simlikda ikkilamchi yo'g'onlashish kuzatilmaydi. Bu bo'limning sodda tuzilishli vakillarining yer osti organlari bir hujayrali rizoidlar, uncha-muncha taraqqiy etgan vakillarining yer osti organlari vazifasini esa tallomning shoxlangan yer osti qismi - ildiz poya bajargan. Bularda barg umuman bo'lmagan, lekin yuksak taraqqiy etgan vakillarida barg vazifasini bajaradigan qipiqsimon o'simtalar - fillodiylar bo'lgan. Har ikkala turkumga mansub o'simliklarning ham ichki tuzilishi bir xil emas. Psilotning ust tomonida og'izcha va kutikulali epidermis, uning ostida uch qavat po'st, uning ichki qismida endoderma va markazida shotisimon traxeidlardan iborat o'tkazuvchi bog'lamlar joylashgan. Tmezipteris yer ustki poyasining markazida sifonostel deb ataladigan o'zakning bo'lishi va lub qatlamining ancha taraqqiy etganligi bilan farq qiladi. Barg poyali arxegonial o'simliklar - Cormobionta archigoniata Bu pog'onaga plaunsimonlar, qirqbo'g'imlar, paporotniksimon va ochiq urug'li o'simliklar taaluqli. Dastlabki uch bo'lim tashqi ko'rinishi jihatidan bir-biridan keskin farq qilsa-da, hammasi sporali bo'lganligi bilan ochiq urug'li o'simliklardan ajralib turadi. Barg poyali arxegonial o'simliklar - Cormobionta archigoniata Argxegoniyli o'simliklar o'tsimon, buta, daraxt singari hayot shakllariga ega. Ayrim qazilma holda uchraydigan plaunsimonlarning balandligi 30 metrga qadar bo'lgan, ochiq urug'lilar poyasining balandligi bundan ham ortiq, ayrim hollarda 100-120 metrgacha bo'ladi. Shunday ekan, barcha arxegoniyli o'simliklarda sporofitning hayoti malum vaqt ichida to'lig'icha gametofitga bog'liq bo'ladi. U zapas oziq modda - birlamchi endosperm bilan ta'minlangan. Shuning uchun ham qulay muhit sharoitida uzoq muddat tinim holatida bo'lishi mumkin. Birlamchi endosperm ochiq urug'li o'simliklarda jinsiy jarayon sodir bo'lgunga qadar hosil bo'ladi. Barcha arxegoniyli o'simliklarda, shu jumladan, ochiq urug'li o'simliklarda ham jinsiy jarayon arxegoniyda sodir bo'ladi, yani arxegoniyda dastlab gametofit hisobida urug' mo'rtak rivojlanadi. Foydalaniladigan adabiyotlar: Burigin V. A., Jongurazov F. X. Botanika. Toshkent, O'qituvchi, 1977. Kursanov A. va boshqalar. Botanika. Toshkent O'rta va Oliy maktab Davlat nashriyoti. 1963. Mustafaev S. M. Botanika. Toshkent, O'zbekiston, 2002. Sahobiddinov S. S. O'simliklar sistematikasi. Toshkent, O'qituvchi, 1976. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.6 MB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:24 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.6 MB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga