Qirqbo'g'imlilar (Equisetidae) bo'limi

Qirqbo'g'imlilar (Equisetidae) bo'limi

O'quvchilarga / Botanika
Qirqbo'g'imlilar (Equisetidae) bo'limi - rasmi

Material tavsifi

Qirqbo'g'imlilar Equisetineae bo'limi Reja: Qirqbo'g'imlarning tuzilishidagi o'ziga xos xususiyatlar. Qirqbo'g'imlarning qadimiy va hozirgi vaqtda tarqalgan vakillarining o'zaro o'xshashligi va farqli belgilari. Dala qirqbo'g'imining tuzilishi, ko'payishi va ahamiyati. Equisetineae sinfining vakillari poyasining bo'g'imli bo'lishi, yani bo'g'im va bo'g'im oraliqlariga bo'lingan bo'lishi bilan xarakterlanadi. Shox halqalari ham bo'g'imlarda bo'ladi. Yer usti novdalarining uchida sporali boshoqchalar yuzaga keladi, ular halqa bo'lib joylashgan qalqonchalar yoki sporofillardan iborat. Gametofitlari mayda yashil plastinkaga o'xshab ko'rinadi va ko'pincha bir jinsli bo'ladi. Qirqbo'g'imlilar sinfi Equisetineae Bu oilaga birgina qirqbo'g'im (Equisetum) avlodi kiradi. Uning 25 ga yaqin turi bor, bu turlar Avstraliyadan tashqari butun yer yuzida tarqalgan. Suv havzalarimizda, odatda, ko'p uchraydigan dala qirqbo'g'imi - Equisetum Poya bilan ildizpoyaning uchlarida o'sish nuqtasi bo'ladi, o'sish nuqtasi bir-biriga zich taqalib turadigan qinlar bilan qoplangan. Qirqbo'g'imlar oilasi - Equisetaceae Qirqbo'g'imning sporalari sirtdan bir-biridan farq qilmasa ham; ichki tuzilishi boshqacha bo'ladi, shunga ko'ra bir xil sporalar otalik gametofit hosil qilsa, ikkinchi xil sporalar onalik gametofiti hosil qiladi. Qirqbo'g'imlarning hammasi o't o'simliklaridir. Qirqbo'g'imlar ichida eng kattasi janubiy amerika qirqbo'g'imi Ularning hammasida gorizontal ravishda o'sib, juda shoxlanadigan va ko'pincha ancha yerni egallaydigan ildizpoya bor, ko'pgina qirqbo'g'imlar (E. arvense, E. heleocharis va boshqalar) ildizpoyasi yordamida vegetativ yo'l bilan ko'payadi. Kalamitlar oilasi - Calamariaceae Kalamitlar, asosan, paleozoy erasida o'sib, hozir qurib bitgan o'simliklar oilasidir. Calamites va Protocalamites bu oilaning asosiy avlodlari bo'lgan. Kalamitlar bo'yi 20-30 m ga boradigan katta-katta daraxtlar holida bo'lar edi. Ularda gorizontal yoki vertikal ildizpoyadan o'sib chiqqan, shoxlangan uzun poya bor edi. Kalamitlar tanasi to'g'ri navbat bilan gallanadigan bo'g'im va bo'g'im oraliqlariga bo'lingan bo'lib, yuzi qirrali bo'lgan. Shu mayda shoxlarining bo'g'imlarida halqa bo'lib joylashgan mayda-mayda barglar bo'lgan. Asosiy poyaning bo'g'imlaridan ham juda reduksiyalangan barglar chiqqan. Bo'g'im oraliqlari, xuddi qirqbo'g'imlardagiga o'xshash, ichi kovak, bo'g'imlari esa to'qimalar bilan to'lgan edi. Ponabarglilar, asosan, poleozoy erasida o'sgan va hozir qurib bitgan o'simliklar sinfidir. Asosiy oilasi Sphenophyllumdir. Ponabarglilarda uzun, ammo nozik poya bo'lib, poyasi to'g'ri tartib bilan navbatlashadigan bo'g'im va bo'g'im oraliqlariga bo'lingan edi. Ponabarglilar sinfi - Sphenophyllineae Ponabarglilarda uzun, ammo nozik poya bo'lib, poyasi to'g'ri tartib bilan navbatlashadigan bo'g'im va bo'g'im oraliqlariga bo'lingan edi. Poyasining yuzi qirrali edi. Ponabarglilar, chamasi, quruqlikda chirmashib o'suvchi o'simlik bo'lgan va nozik poyalari atrofdagi o'rmon daraxtlaridan tayanch topgan. Poyasining markazini birlamchi yog'och egallagan, shu yog'och qatlami kesmada uchburchak shaklida bo'lgan ikkilamchi yog'och qatlamiga taqalib turgan. Foydalaniladigan adabiyotlar: Burigin V. A., Jongurazov F. X. Botanika. Toshkent, O'qituvchi, 1977. Kursanov A. va boshqalar. Botanika. Toshkent O'rta va Oliy maktab Davlat nashriyoti. 1963. Mustafaev S. M. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.45 MB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:24 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.45 MB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga