Qishloq xo'jaligi o'simliklarida lipidlar Lipidlar haqida umumiy tushuncha va ularning ahamiyati Oddiy lipidlar Murakkab lipidlar Donlar tarkibidagi lipidlari Reja: Lipidlar haqida umumiy tushuncha va ularning ahamiyati O'simlik va hayvon hujayralarida keng tarqalgan, suvda erimaydigan, ammo organik erituvchilarda (xloroform, efir, benzol v.x) eriydigan organik birikmalarga lipidlar deyiladi. O'simlik vegetativ organlari tarkibida lipidlarning miqdori 5-15% gacha, ammo ularning urug'larida bu ko'rsatkich 70-80% ni tashkil etadi. Lipidlar tarkibi va tuzilishi uglevodlarnikiga va umuman, boshqa biopolimerlarnikiga nisbatan ancha murakkab. Ular tarkibida spirtlar, aldegidlar, yog' kislotalari, azot asoslari, fosfat kislota, uglevodlar, aminokislotalar va boshqa moddalarning qoldiqlari uchraydi. 1. Yoglar va moylar 2. yuqori molekulyar moy kislotalari 3. Fosfolipidlar 4. Sterin va steridlar 5. Karotinlar, karotinoidlar va pigmentlar 6. Tserebrozidlar, mumlar. Kimyoviy tabiatiga asoslanib lipidlar kuyidagilarga bulinadi. Murakkab lipidlar - ko'p komponentli birikmalar bo'lib, ularning tarkibiga spirtlar va yog' kislotalaridan tashqari, azot asoslari, fosfat kislota, uglevodlar va boshqalar uchraydi (fosfolipidlar, glyukolipidlar, lipoproteidlar v.b.) Oddiy lipidlar Yog'lar. Yog'lar tabiatda keng tarqalgan bo'lib, ular barcha tirik organizmlar, xatto viruslar tarkibida xam uchraydi. hozirgi vaqtda yog'larning 600 dan ortiq turi aniqlangan, shundan 220 tasi o'simliklardan ajratib olingan. Yog'lar kimyoviy jihatdan uch atomli spirt - glitserinni yog' kislotalari bilan hosil qilgan murakkab efiri hisoblanadi. Mumlar Mumlar yog'simon moddalar bo'lib, yog' kislotalari va yuqori molekulali spirtlarning murakkab efiridir. Tabiiy mumlar murakkab efir bo'laridan tashqari yuqori molekulali erkin spirt va kislotalarni hamda toq sondagi uglevod atomlarini (27 dan 33 gacha) tutadilar, ba'zida xushbo'y xid beruvchi moddalarni ham ko'rilgan. Donlar tarkibidagi lipidlari Don lipidlari qo'yidagilardan iborat: 1) yog'lar 2) fosfatidlar 3) Karotinoidlar 5) Mumlar 4) Sterinlar Bu moddalar ximiyaviy tuzilishi bilan farq qiladi, lekin hammasi organik erituvchilarda eriydi (spirt, atseton, efir va xokazo). Donda yuqorida aytilgan lipidlardan tashqari har xil glikolipidlar uchraydi. Uglevodlarning lipidlar bilan birikmasi bug'doy unining xamiri va nonning hosil bo'lishida muhim rol o'ynaydi. Soya va yeryong'oq moyli o'simlik bo'lib hisoblanadi: soya donidan 17,5%, yeryong'oqda 18,8% yog' bor. Makkajo'xori mag'zida yog' ko'p va u oziq-ovqat hamda texnik yog' olish uchun ishlatiladi. Bug'doy donining aleyron qatlamida yog' ko'p va shuning uchun ba'zida uni yog'li qatlam deb atashadi. Adabiyotlar: James E. Bidlach, Snelly H. Jansky. Stern's introductory Plant biology. - USA: McGrow-Hill, 2008, 622 p. Lincoln Taiz, Eduardo Zeiger. Plant physiology. USA, University of California, Los Angels, 2002. Hans-Walter Heldt. Plant Biochemistry. Elsevier Academic Press, 2005. - 625 rr. ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
869.43 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:24
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
869.43 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:24 ]
Arxiv ichida: pptx