Qoqio'tdoshlar (Murakkabguldoshlar) oilasi

Qoqio'tdoshlar (Murakkabguldoshlar) oilasi

O'quvchilarga / Botanika
Qoqio'tdoshlar (Murakkabguldoshlar) oilasi - rasmi

Material tavsifi

Qoqio'tdoshlar (muraккaвguldoshlar) oilasi Qoqio'tdoshlarning muhim belgisi Qoqio'tdoshlar gulining umumiy formulasi Reja: Вu oila gulli o'simliklar ichida eng kattasi hisoblanadi. U deyarli hamma qit'alarda va turli-tuman ekologik sharoitlarda o'sadigan 920 turkumga mansub 19 00 tumi o'z ichiga oladi. O'zbekistonda bu oilaga mansub 137 turkumga oid 597 tur o'simlik o'sadi. Qoqio'tdoshlar - asteridae Qoqio'tdoshlarning ko'p turlari bir yillik va ko'p yillik o'tlar bo'lib, ularning juda kam qismini chala butalar tashkil etadi. Faqat tropik mintaqalarda unga oid buta, liana va daraxtlar o'sadi. Вu oila vakillarining barglari oddiy, yonbargsiz, ildiz bo'g'zida to'planib yoki poyada asosan ketma-ket, ba'zan qarama-qarshi yoki halqa bo'lib joylashgan. Barg yaprog'i butun, ba'zan toq patsimon bo'lingan, shakli har xil. Gul­lari to'pgulda joylashgan. Qoqio'tdoshlarning muhim belgisi to'pgullarining savatcha shaklida bo'lishidir. Savatcha sirtdan bir yoki bir necha qator turli shakldagi o'rama bargchalar bilan qoplangan, ichida mayda gullar o'rnashgan. Savatcha bir gulli уоki ko'p gulli bo'lishi mumkin. Bunday to'pgul ko'zga bitta gulga o'xshab ko'rinadi. Haqiqatda esa bu bitta gul emas, ko'p gul­dan, ba'zan esa bir necha хil guldan tashkil topgan to'p­guldir. Savatchadagi gul o'rni yassi, bo'rtgan yoki cho'kkan bo'lishi mumkin. Shunga ko'ra to'pgulning shakli sharsimon, yarim sharsimon, tuxumsimon, konussimon yoki likobcha­simon bo'ladi. Qoqio'tdoshlarning ko'pchiligida savatchalar o'z navbatida shingil, ro'vak, qalqon va boshcha kabi to'pgul­larga o'rnashib murakkab to'pgul hosil qiladi. Qoqio'tdoshlarning guli 4 halqali, ikki jinsli, bir qismi ayrim jinsli yoki butunlay jinssiz bo'ladi. Kosachabarg, toj­barg va changchilari 5 tadan. Kosachasi har xil tuzilgan, juda qisqarib ketgan, yashil bargchali bo'lmaydi. Ba'zi vаkilаri­da kosachasi pardasimon, 5 tishli o'simta shaklida. Аmmо ko'pchiligida tishchalari o'rnida oddiy yoki patsimon tuklar yoki qiltanoqlar hosil bo'ladi. Mazkur o'simtalar mevada qolib, urug'larning shamol vositasida tarqalishida xizmat qi­luvchi uchmalarga yoki qоqilаrgа aylanadi. Gultoji tutash tojbargli, to'g'ri уоki qiyshiq, ko'pincha ikkala xil tojli gullar bir to'pgulda joylashadi. Qoqio'tdoshlar gulining umumiy formulasi qo'yidagicha: KOG(5)Ch(5)U(2). O'zbekistonda qoqi turkumiga mansub 26 tur o'simlik o'sadi: Qoqilarning mevasi doncha. Donchaning uchida sha­molda uchishga moslashgan popukchasi bor. Doriyor qoqini uzganingizda undan oq sutga o'xshash shira ajraladi. Biroz vaqt o'tgandan so'ng unga barmog'ingizni te­gizsangiz cho'zilib chiqadi. Вu esa unda kauchuk (rezina) borligini ko'rsatadi. Yozning o'rtasidan boshlab vohalardagi ekinlar orasi­dа, yo'l yoqalari va ariqlar bo'yida zangori sachratqi gullay­di. Mingyaproq bo'yimodaron (boshog'riqo't)ni ko'pchilik taniydi. U bo'yimodaron turkumiga mansub, o'rmalovchi il­dizpoyali ko 'р yillik о 'tdir. Tog' yonbag'irlarida va etaklarida, soylarda, yo'l yoqala­rida o'sadi. Poyasi bir nechta. Barglari 3 kаrrа patsimon qir­qilgan, bo'laklari juda ingichka ipsimon. Ildiz bo'g'izidagi va gulsiz poyasidagi barglari uzun bandli, gulli poyadagilari esa o'troq. U iyundan boshlab gullaydi. To'pguli savatcha, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.21 MB
Ko'rishlar soni 330 marta
Ko'chirishlar soni 54 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:24 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.21 MB
Ko'rishlar soni 330 marta
Ko'chirishlar soni 54 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga