Qubbasimonlar ajdodi Coniferophyta Reja: Kordaitlarning kelib chiqishi va tuzilishidagi o'ziga xos xususiyatlar. Ginkgo bilobaning tuzilishidagi xususiyatlar. Ninabarglilarning morfologik tuzilishi, ko'payishi va hozirgi kunda tarqalgan oilalari. Kordaitlar, asosan paleozoy erasida o'sib, hozir qurib bitgan o'simliklar tartibidir. Ularning qoldiqlari yuqori devondan yura davrigacha hosil bo'lgan qatlamlarda, ayniqsa perm-karbon davr qatlamlarida ko'p uchraydi. Kordaitlar tartibi - Cordaitales Kordaitlar baland, lekin ingichka daraxt bo'lib, bo'yi 30 m ga etgan. Tanasining uchida qalin shoxlar bo'lib, chiziqli lantsetsimon, cheti butun katta-katta oddiy barglar chiqargan. Tanasida serbar yog'och zonasi bilan o'ralgan o'zak bo'lgan, o'sha yog'och qismi tuzilishi jihatidan ninabarglilarning yog'och qismiga o'xshagan. Kordaitlar kambiy halqasi yordamida ikkilamchi tartibda qalinlasha olgan. Kordaitlar baland, lekin ingichka daraxt bo'lib, bo'yi 30 m ga etgan. Ginkgolar tartibi Ginkgoales Ginkgoales tartibi hozir Ginkgoaceae degan atigi bitta oilani o'z ichiga oladi, bu oilaning birdan-bir vakili ginkgodir (Ginkgo biloba). O'tmish geologik davrlarda bu tartib anchagina formalarga ega bo'lgan. G. biloba hozir yovvoyi holda uchramaydi va Xitoy bilan Yaponiyada, shuningdek, G'arbiy Yevropaning botanika bog'larida ko'plab o'stiriladigan madaniy o'simlik sifatidagina malum. Ginkgo tanalari uchidan zo'r berib shoxlaydi, shu bilan birga ikki xil shoxlar chiqaradi: Birinchi xillari uchida ko'rtagi bor uzun novdalar bo'lib, siyrak barglar bilan qoplangan Ikkinchi xillari uzun novdalardan chiqadigan kalta novdalar bo'lib, bir-biriga taqalib turuvchi tangachalar bilan qoplangan. Ularning uchlaridan bir dasta barglar chiqadi. Ginkgo barglari juda g'alati: ular, odatda, ikki bo'lakka bo'lingan uchburchak plastinkadan iborat bo'lib, uzun bandga aylanadi; bazan plastinka yaxlit bo'ladi. Makrosporangiylar yoki urug'kurtaklar ham barg qo'ltiqlaridagi kalta novdachalarda rivojlaiadi. Urug'kurtaklar uzun oyoqchaning qalinlashgan ustki qismida ikkitadan bo'lib joylashadi. Urug'kurtaklar asosining atrofida halqasimon valik bor. Mana shu tuzilmalarning hammasi (urug'kurtak oyoqcha, valik) makrosporofill deb qaraladi. Ginkgoning urug'ko'rtagi Cycas urug'ko'rtagiga o'xshab tuzilgan. Uning bitta qalin qoplag'ichi bor, qoplag'ichning uchi cho'zilib, ikki pallali mikropilega aylangan. Qoplag'ich ichida nutsellus turadi, unda endosperm yoki arxegoniyli gametofit bo'ladi. Ninabarglilar tartibi Coniferales Bu tartibga oddiy qarag'ay - Pinus silvestris misol bo'la oladi. Qarag'ay katta, adl daraxt bo'lib, bo'yi 40 m gacha boradi. Tashqi ko'rinishi o'zi yashab turgan sharoitga ko'p darajada bog'liqdir. O'rmon ichkarisida o'sadigan bo'lsa, tanasi ingichka bo'lib, uchidan ixcham shox-shabba chiqaradi, ochiq joyda yoki o'rmonning siyrak joylarida o'sadigan bo'lsa, tanasi tezda shoxlanib, shox-shabbalari yoyilib ketadi. Ninabarglilar sagovniklardan farq qilib, yer yuzining, asosan o'rtacha va sovuq iqlimli zonalarida o'sadi va o'sha joylarda katta-katta o'rmonlar hosil qiladi. Shoxlarining uchida har yili yangi chiqaradigan novdalar bor. Bu novdalar ikki xil bo'ladi: bir xili uzun va qo'ng'ir tangachalar bilan qoplangan bo'lsa, ikkinchi xili kalta bo'lib, o'sha tangachalar qo'ltig'idan joy oladi ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.56 MB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:24
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.56 MB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:24 ]
Arxiv ichida: pptx