Ranogullilar qabilasi Rosales Reja: Ranogullilar qabilasining tasniflanishi. Tobulg'ilar kenja oilasi vakillarining tuzilishidagi o'ziga xos xususiyatlar. Ranolar kenja oilasi vakillarining tuzilishi va ahamiyati. Olmalar kenja oilasi vakillarining tuzilishi va xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Olxo'rilar kenja oilasi vakillarining tuzilishi va ahamiyati. Toshyorargullilar qabilasi haqida umumiy ma'lumot. Ranoguldoshlar oilasi - Rosaceae Oilaning 120 turkumga mansub 2.00 dan ortik turi Shimoliy yarim sharning o'rta iqlimli mintaqasida tarqalgan. Hamdo'stlik mamlakatlarida 50 turkumga mansub 700 dan ortiq tur, shu jumladan, O'rta Osiyoda 38 turkum, 263 turga mansub o'simliklar o'sadi. Gullari barg qo'ltig'ida joylashgan, yakka yoki gul to'plamida, ko'sh jinsli. Ko'sh gul qo'rg'onli, aktinomorf, besh azoli, gul kosacha barglari tutash emas, erkin; oq, sariq, kizil, ayrim hollarda havorang. Changchilari ko'p sonli, tugunchasi ustkidan ostkiga qadar, 5 xonali. Ranolar kenja oilasi - Rosoideae Ranolar kenja oilasi vakillari buta va o't shaklidagi o'simlik. Barglari toq patsimon murakkab yonbargli. Gullari, odatda, aktinomorf, qo'sh gul qo'rg'onli, tugunchasi ustki yoki o'rta. Mevasi yaproqcha, danak, ayrim hollarda etli, yong'oqcha gul o'rniga botgan holda joylashgan (itburun, qulupnay, maymunjonlarning mevasiga o'xshash). Itburun yoki namatak (Rosa. canina) ranolar turkumining Hamdo'stlik mamlakatlarida 150 ga yaqin turi, shu jumladan, O'rta Osiyoda 39 turi malum. Bularning aksariyat qismi tikanli buta, barglari toq patsimon murakkab, urug'chisi gul o'rni bilan tutash, uning ichida ko'p sonli danakchalar mavjud bo'lib, undan yolg'on meva shakllanadi. O'zbekistonda bu turkumning g'ovak namatak (R. laxa), Fedchenko namatagi (R. fedtschenkoana), Samarqand namatagi (R. maracandica), itburun (R. canina) deb nomlangan turlari keng tarqalgan Vita'minlarga boy o'simliklar bo'lib, mevasi tarkibida A, B, C, D vita'minlari ko'pligi tufayli qimmatli hisoblanadi. Namatak Maymunjon (Rubus) turkumining 6 turi O'zbekistonda o't o'simliklarga boy tosh va shag'al toshli aralash tuproqli tog' yonbag'irlarida o'sadi. Ularning zangori maymunjon (Rubus caesius), oddiy maymunjon (R. idaeus), qora maymunjon deb nomlangan turlari o'sadi, ularning barchasi tikanli buta shaklidagi o'simlik. Qulupnay (Fragaria) - ertutning yovvoyi holda 6, madaniy holda 2 turi uchraydi. Ularning aksariyat qismi ko'p yillik o't o'simlik. Barglarining oxiri mo'ylovga aylangan, mevasi shirali yolg'on meva, ko'pincha, qizil rangli. Qulupnay Olmalar oilasi vakillari daraxt va buta shaklidagi o'simlik urug'chisi bitta meva bargidan shakllangan, tugunchasi ostki. Mevasi shirali. O'zbekistonda uchraydigan vakillarning aksariyat qismi meva daraxtlari hisoblanadi. Olmalar kenja oilasi - Maloideae O'rik (zardoli - Armeniaca) aksariyat hollarda daraxt o'simlik. Uning 8 turi (Xujanovskiy, 1982) fanda malum. O'rik halqimizning xushxo'r mevasidan biri. (Persica vulgaris) qadar katta bo'lmagan daraxt. O'rikdan bargining cho'ziq nashtarsimon bo'lishi, gulining bargiga nisbatan erta ochilishi va mevasining tuzilishi bilan farq qiladi. O'zbekistonda 10 dan ortiq navi mavjud. Shaftoli mag'zidan tabobatchilikda ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.36 MB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:24
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.36 MB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:24 ]
Arxiv ichida: pptx