Sabzavot ekinlari urug'chiligining xususiyatlari Reja: 1. Urug'chilik asoslari. 2. Urug'larni ekish sifatlari. 3. Urug'ni ekishga tayyorlash. 4. Uruqqa fizikaviy omillar ta'siri. Urug'chilik asoslari Sabzavotchilikning asosiy maqsadi ekiladigan ekinlarning rayonlashtirilgan nav - duragaylarining yuqori sifatli urug'lik materiallarini ekishdan iborat. CHunki, ishlab chiqarish vositasi bo'lgan urug' sabzavotlar yetishtirishning samaradorligini belgilaydigan omildir. Sabzavot - poliz ekinlaridan har yili mo'l, sifatli va arzon hosil olish ko'p jihatdan ekish uchun foydalinayotgan urug' sifatiga, tozaligi, sog'lomligi, mahsuldorligi, unuvchanligi kabilarga bog'liq. Bu ayniqsa, sug'oriladigan dehqonchilik sharoitida sug'oriladigan yer, o'g'it, texnika va suvdan samarali foydalanishni belgilaydi. SHuning uchun Respublika Prezidenti va hukumati, Vazirlar Mahkamasi butun qishloq xo'jalik ekinlarining urug'chiligini rivojlan-tirishga, uni to'g'ri tashkil etishga, ishlab chiqarishni sifatli urug'lar bilan ta'minlashga alohida e'tibor berib kelmoqda. 1996 yil Oliy Majlisda «Urug'chilik to'g'risidagi» qonunning qabul qilinishi bunga yaqqol misoldir. Demak, rayonlashtirilgan navlarning toza, sifatli, urug'larini keng maydonlarda ekish qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligini oshiruvchi omillardan biri hisoblanadi. SHuni hisobga olib nav urug'iga juda katta talablar qo'yiladi. Urug'ning asosan nav va ekish sifatlari bo'ladi. Bu sifatlar har bir ekin ekish uchun shu jumladan sabzavot - poliz ekinlari uchun ham Davlat standarti (GOST) tomonidan belgilanadi. Urug'ning nav sifati deganda eng avvalo uning nav tozalik yoki ifloslanish darajasi tushuniladi. Navdor, toza sof urug'largina navning barcha belgi va xususiyatlarini, shu jumladan yuqori mahsuldorligini ham to'liq nasldan-naslga o'tkazadi va yuqori hosil olishini ta'minlaydi. Urug'lar nav sifati ya'ni tozaligiga qarab 3 ta (1,2 va 3) kategoriyaga yoki toifaga bo'linadi. Ekinlarning nav tozaligi aprobatsiya o'tkazish yo'li bilan belgilanadi. Urug'lar ekish sifatiga qarab uchta: 1, 2, 3 - klass (sinf) ga bo'linadi. Klasslar quyidagi ko'rsatkichlar: unuvchanlik, tozalik, unuvchanlik quvvati, o'sish kuchi, hayotchanligi, namligi, 100 tasining massasi, kasallik-zararkunandalar, mexanik shikastlanish darajalari bilan bir-biridan farqlanadi. Bu ko'rsatkichlar Davlat standarti (GOST) tomonidan har qaysi ekinlar uchun alohida belgilangan. Nav va ekish sifatlari bo'yicha Davlat standarti talablariga javob beradigan urug'larga konditsiyali yoki sertifikatsiyalangan urug'lar deb ataladi. Superelita, elita urug'lar nav sifati 1-kategoriya, ekish sifati 1-klassdan kam bo'lmasligi lozim. 1, 2 reproduktsiya urug'lar nav sifati 2 kategoriyadan, ekish sifati 1-klassdan kam bo'lmasligi shart. Barcha xo'jaliklar tovar maydonlarida ekiladigan urug'lar nav tozaligi 3 kategoriyadan, ekin sifati 2 klassdan kam bo'lmasligi kerak. Bundan past ko'rsatkichli urug'lar ekishga ruxsat etilmaydi. Ilmiy tadqiqot institutlarida, selektsion muassasalarida yetishtirilgan elita urug'larning sog'lom, toza va mahsuldor bo'lishini ta'minlashga qaratilgan choralarga qaramasdan ishlab chiqarishdagi barcha urug'lik maydonlarda ham qa'tiy nazorat o'rnatilgan taqdirdagina kutgan natijani olish mumkin. CHunki, nav va ekish sifatlari yuqori bo'lgan urug'largina mo'l hosil beradi. SHuning uchun urug'chilikning zimmasiga rayonlashtirilgan va ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
807.9 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:25
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
807.9 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:25 ]
Arxiv ichida: ppt