Tahlillar natijalariga ko'ra Sangzor daryosi ilgari o'rganilmagan bo'lib, ilk marotaba uning algaflorasi tadqiq qilingan. Ikkinchi bo'limida tadqiqotning obyekti, materiallari va o'rganish uslublari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Tadqiqotlar va ilmiy ekspeditsiyalar (2009-2017 yy.) davomida 340 dan ortiq algologik namunalar (130 fitoplankton, 130 fitobentos, 80 perifiton) yig'ilgan Materiallarni yig'ish va ularning laboratoriya tahlillari umumqabul qilingan algologik (Juze va boshq., 1949; Gollerbax, Polyanskiy, 1951) va gidrobiologik tadqiqot uslublarida olib borildi. Taksonomik birliklar alohida bo'limlar bo'yicha aniqlagichlar (Gollerbax, Polyanskiy, 1951; Moshkova, Gollerbax, 1986; Muzafarov, Ergashev, Xalilov, 1988; Xalilov va boshq. 2009) asosida aniqlangan. Suvo'tlar taksonomiyasiga kiritilgan o'zgarishlardan (Vasser va boshq., (1989), D.D. Olding et al (200), B. Zarei Darki (2004)) mazkur ishda foydalanildi. Diatom turlarning doimiy preparatlari V.S. Sheshukova (1949) metodida tayyorlangan. Qiyosiy tahlillar Jaccard (Shmidt, 1974), suvo'tlarning saprobligi xususiyatlari R. Kolkwitz, M. Marsson (1908, 1909), G.I. Dolgov, Ya.Ya. Nikitinskiy (1927), V. Sladecek (1961, 1973), R. Pantle et N. Bukk (1955) formulalari bo'yicha hamda Jukinskiy va boshq. (1981) uslubida aniqlandi. Daryo suvining gidrokimyoviy tarkibi O'zGMI TIning ko'p yillik (2009-2016 yy.) ma'lumot lari asosida tahlil etildi. Uchinchi bo'limida hududning geografik o'rni, iqlimi, erusti va erosti suvlari to'g'risida ma'lumotlar bayon etilgan. Suvo'tlari ichida turlar tarkibining xilma-xilligi bilan ikkinchi o'rinda Chlorophyta bo'limining 85 tur va tur xillari (tur-73, variatsiya-11, forma-1) tashkil qilib, umumiy turlar soniga nisbatan 16,28% ni tashkil etadi. Keyingi o'rinlarni Cyanophyta (56 tur, 10,72% ), Euglenophyta (15 tur; 2,87%), Xanthopyta (7 tur, 1,34%), Chrysophyta (2 tur, 0,38%), Rhodophyta (2 tur, 0,38%) bo'limlari egalladi. Algofloradagi yetakchi sinflar Pennatophyceae (331), Conjugatophyceae (47), Chroococcophyceae (35), Centrophyceae (24), Hormogoniophyceae (21) Chlorococcophyceae (15), Ulotrichophyceae (15), Euglenophyceae (15) lar hisoblanib, ular o'zida 503 (96%) turni birlashtirdi. Yetakchi tartiblar: 11 Rhaphinales (277), Araphinales (54), Chroococales (34), Zygnematales (24), Discoidales (23), Desmidiales (23), Chlorococcales (15), Euglenales (15), Oscillatoriales Elenk. (13), Ulotrichales (13) lar bo'lib, jami algoflorani 491 turiga (94%) egalik qildi. Algoflorada yetakchi oilalar Naviculaceae West.(205), Fragilariaceae (Kuetz.) D.T. (53), Nitzschiaceae Hass. (39), Coscinodiscaceae Kuetz. (23), Desmidiaceae Ralfs. (22), Spirogyraceae Randh. (18), Surirellaceae (Kuetz.) Grun. (15), Oscillatoriaceae (Kirchn.) Elenk. (13), Euglenaceae Klebs. (13), Gloeocapsaceae Elenk.et Hollerb. (11) lar bo'lib, jami algoflorani 412 turini (78%), turkumlardan Navicula Bory. (73), Cymbella Ag. (39), Nitzschia Hass. (38), Fragilaria Lungb. (21), Achnanthes Bory. (21), Synedra Ehr. (20), Gomphonema Ag. (20), Spirogyra Link. (18), Cosmarium Corda. (17), Cyclotella Kuetz. (15), Surirella Turp. (14), Gyrosigma Hass. (12), Gloeocapsa (Kuetz.) Hollerb. (10), Trachelomonas Ehr. (10) lar bo'lib, jami algoflorani 328 turini (62%) tashkil qildi. Sangzor daryosining oqimlari bo'yicha floristik tahlili keltirilgan ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
160.76 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
160.76 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:25 ]
Arxiv ichida: pptx