Suvning fiziologik ahamiyati, hossalari va hujayraga yutilish mexanizmlari Reja 1. SUVNING O'SIMLIK HAYOTIDAGI O'RNI 2. Suvning tuzilishi va xossalari. SUVNING O'SIMLIK HAYOTIDAGI O'RNI O'simliklar to'qimalari tarkibining 70-95% suvdan iborat. Suv o'zining ajoyib xususiyatlari tufayli organizmlar hayot faoliyatida birinchi va boshqa moddalarga tenglashtirib bo'lmaydigan o'rinni egallaydi. Ammo uning hujayra tuzilishida va undagi molekulyar darajada boradigan turli metabolik jarayonlardagi o'rni to'la o'rganilmagan. Suvning butun bir organizmdagi o'rni turlichadir. Butun yer yuzidagi hayot formalari faqatgina suvli holatdagina mavjud. Shuning uchun ham hujayra tarkibidagi suvning kamayishi, tirik tuzilmalarning tinchlik, ya'ni anabioz holatiga o'tishiga olib keladi. Biologik obyektlarda suv quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 1. Hujayra, molekula, to'qimalar va organlarni bir butun qilib birlashtirib turadi. Suv uzluksiz muhitni tashkil qiladi. 2. Biokimyoviy reaksiyalar uchun eng yaxshi va muhim muhitdir. 3. Hujayra tuzilmalarini tartibga solishda qatnashadigan oqsillar tarkibiga kirib, ularning konformasiyasini belgilaydi. 4. Bir qancha biokimyoviy reaksiyalarning tarkibiy qismidir; a) fotosintez jarayonida elektronlar donoridir. b)Kreps siklida oksidlanish-qaytarilish jarayoni ishtirokchisi. 5. Hujayra hayotiy jarayonlarida, xususan suvning membranalardagi elektronlar va protonlar tashiluvidagi o'rni beqiyosdir. 6. Moddalar almashinuvida asosiy o'rinni tutadi. Masalan ksilema to'qimalari bo'ylab esa suv va unda erigan moddalarni tashisa, flozma to'qimalari bo'ylab moddalarning simplast va apoplast tashiluvi amalga oshadi. 7. Issiqlikni boshqaruvidir. Suv tufayli o'simlik to'qimalarida haroratning birdan o'zgarishi ro'y bermaydi. Bu hol suvning yuqori issiqlik sig'imi bilan o'lchanadi. 8. Suv tufayli yuzaga keladigan egiluvchanliklik xususiyati tufayli o'simliklar har xil mexanik ta'sirlardan saqlanadi. 9. Suv tufayli bo'ladigan osmos va turgor holatlari tufayli to'qimalarning nisbatan qattiq holati saqlanadi. 6. Moddalar almashinuvida asosiy o'rinni tutadi. Masalan ksilema to'qimalari bo'ylab esa suv va unda erigan moddalarni tashisa, flozma to'qimalari bo'ylab moddalarning simplast va apoplast tashiluvi amalga oshadi. 7. Issiqlikni boshqaruvidir. Suv tufayli o'simlik to'qimalarida haroratning birdan o'zgarishi ro'y bermaydi. Bu hol suvning yuqori issiqlik sig'imi bilan o'lchanadi. 8. Suv tufayli yuzaga keladigan egiluvchanliklik xususiyati tufayli o'simliklar har xil mexanik ta'sirlardan saqlanadi. 9. Suv tufayli bo'ladigan osmos va turgor holatlari tufayli to'qimalarning nisbatan qattiq holati saqlanadi. Tirik organizmlarning asosiy komponentlaridan biri suvdir. O'simlikning barcha organlarida suv bo'ladi: bargda-90%, novdada-70-80%, ildizda-50-60%, urug'da-10%. Vakuolada-98%, sitoplazmada-80%, qobiqda-50% atrofida suv uchraydi. Suvning tuzilishi va xossalari. Ma'lumki suv uch agregat holatida bo'lishi mumkin, ya'ni suyuq, qattiq va gaz holatlarida. Bu tuzilmalarning har birida suv turlicha tuzilishga ega. Shuningdek tarkibidagi moddalarga qarab suv boshqa xususiyatlarga ham ega bo'ladi. Suvning qattiq holati ham kamida ikki xil bo'ladi. Bular, muzning sof krisstall holati va krisstal bo'lmagan shishasimon muz holati. Muzning shishasimon holati suv tez muzlaganda ro'y beradi. Bunda suv ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.12 MB
Ko'rishlar soni
210 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:26
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.12 MB
Ko'rishlar soni
210 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:26 ]
Arxiv ichida: ppt