Toshkent botanika bog'i

Toshkent botanika bog'i

O'quvchilarga / Botanika
Toshkent botanika bog'i - rasmi

Material tavsifi

Fanlar akademiyasining botanika bog'i - О'zbekistonning eng qadimgi botanika bog'laridan biri bо'lib, uning tarixi 1920 yilga borib taqaladi. О'zr FA Botanika bog'i qurilishi uning hozirgi hududida 1950 yilda akademik F.N Rusanov rahbarligida boshlandi. Hozirgi kunda Botanika bog'i Botanika instituti bilan bitta tashkilot sifatida faoliyat olib boradi. Botanika bog'ining umumiy maydoni 66 ga bо'lib, Toshkent shahrining shimoli-sharqida joylashgan. Bog' dendrariysi 40 ga maydonni egallagan bо'lib, Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerika, Markaziy Osiyo, Uzoq Sharq, Yevropa, Qrim, Kavkaz dendroflora ekspozitsiyalaridan iborat. Undan tashqari, dorivor о'simliklar uchastkasi, biologik, sistematik, karantinli, tajriba-ishlab chiqarish uchastkalari, oranjereya-issiqxona majmui ham mavjud. Botanika bog'i kolleksiyasini daraxt, buta, yarim buta, liana, о't va suv о'tlari о'simliklarining 4500 turi, shakli, turkumi va navlari tashkil etadi. Botanika bog'i shaharni kо'kalamzorlashtirish uchun ochiq grunt, shuningdek qishki bog'lar va ichki interyerlar uchun о'simliklarning yangi yuqori manzarali turi va shakllarini taqdim etadi. Botanika bog'i bilan tanishish bosh kirish joyidan, turli qit'alarda tabiiy ravishda о'suvchi noyob va qimmatli daraxt о'simliklaridan iborat tabiat dendroflorasiga boshlovchi alleyadan boshlanadi. Bu yerda xitoy archasi, xitoy qarag'ayi, metosekvoyya, ikki yoqli ginkgo, spiralli majnuntol, qog'oz daraxti, qо'rqinchi gledichiya kabi daraxtlar, daraxtlar tagida butalarning har xil turli - tavolga, deysiya, na'matakning turli kо'rinishlari, lianalardan - xitoy glitsiniyasi о'sadi.Uzoq Sharq ekspozitsiyasi dengiz bо'yi, Saxalin oroli, Manchjuriya о'simliklaridan iborat. Daraxtlardan ayniqsa yurakli grab, daryo zarangi, manchjuriya yong'og'i, kalopanaks chiroyli manzara kasb etgan. Daraxtlar panasida buta va о'tlar - Maaka uchqati, beresklet turlari, akantopanaks, gortenziya va boshqalar yaxshi joylashib olgan. Kо'plab lianalar ham uchraydi. Markaziy Osiyo dendroflorasi ekspozitsiyasi О'zbekistonda о'sadigan daraxtlar bilan boyitilgan. Bu yerda Xarafshon qora archasi, oddiy xurmo, Pontiya dо'lanasi, yunon yong'og'i, Magolep gilosi, zirk, Tyаn-shan qayini, kalofakning turli kо'rinishlari uchraydi. Kavkaz dendroflorasi ekspozitsiyasi tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg'otadi. Bu yerda Qrim qarag'ayi, Kavkaz emani, Kazak qarag'ayi, lapina, kashtan yaproqli eman, ayiq yong'og'i о'sadi. Ularning tagida bereskletning turli kо'rinishlari, oddiy siren, qizil, mushmula va chetan butalari о'sadi. Ushbu ekspozitsiyaga oq nilfiya va suv liliyalariga tо'la kо'l alohida chiroy baxsh etib turibdi. Shimoliy Amerika ekspozitsiyasida nihoyatda chiroyli daraxtlar: kariya pekan, qora yong'oq, balchiq sarvi, lola daraxti, g'arb tuyadaraxtisi, katalpa, shakar zarangi va boshqalar о'sadi. Chekkalarda kalikant, bodrezak, amorfa, kornus о'simlik turlari qad rostlagan. Lianalardan - kirkazon turlari, uzum, tekoma turlari majvud. Issiqxona va oranjereyalarda yer kurrasining turli joylaridan keltirilgan tropik va subtropik о'simliklarning 800dan ortiq turlari, shakllari va navlari о'stiriladi. Sistematika uchastkasi о'simlik turlari rang-barangligi haqida tasavvur beradi, biologik uchastkada esa о'simliklarning turli xayotiy shakllari bilan tanishish imkoniyati mavjud. О'zbekistonga introduksiya qilingan daraxt va buta ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.4 MB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:28 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.4 MB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga