MAVZU: TUPROQDA IV-GURUH ELEMENTLARI. Reja: 1. Tuproqda iv-guruh elementlari. 2. Kremniy oksidlari va alyumosilikatlar. 3. Uglerodli mineral birikmalarning tuproqni shakllanishiga, unumdorligiga ta'siri. Uglerod va kremniy makroelementlar bo'lib, biosferada va tuproq hosil bo'lish jarayonida alohida rol o'ynaydi. IV guruh elementlarining qolganlari mikroelementlar qatoridan joy oladi. Vinogradov ma'lumotlariga ko'ra bu guruh elementlari tuproq o'simlik va litosferada quyidagi miqdorlarda tarqalgan. Germaniy o'zining ba'zi xossalariga ko'ra kremniyni eslatadi. Uning tuzlari o'simlik va inson uchun unchalik zaharli emas. Bu guruh elementlaridan qo'rg'oshin nisbatan zaharli, ya'ni kuchli zahar xususiyatiga ega. Qo'rg'oshin tuproqda, o'simlikda, inson va hayvon organizmida to'planishi mumkin. Bunda u odatda Ca3(PO4)2 dagi kalsiy o'rnini egallaydi, bu hodisa inson va hayvon organizmidagi suyakda ham sodir bo'ladi, ya'ni suyakdagi kalsiy o'rnini Pb egallaydi. Natijada suyaklar mo'rtlashadi va sinishga moyilligi ortadi. Qalay cho'kindi jinslar va granit qatlamiga xos element bo'lib, uning klarki 2,5 10-4%. Granitlar, pegmatitlar qalayga boy bo'ladi. Bu element gidroterma tizimlarda konsentratsiyalanadi. Qalayni barcha minerallari A.I.Perelman (1990) ma'lumotlariga ko'ra yuqori haroratda va bosimda paydo bo'ladi. Qalayli minerallar soni 24 tani tashkil qiladi. Eng ko'p tarqalgan qalayli mineral kassiterit (SrO2) hisoblanadi. Biosferada ayniqsa tuproqda qalay juda kam o'rganilgan bo'lib, uning kuchsiz konsentratsiyalanishi gillarda kuzatiladi. Suvda o'suvchi qalayni to'plovchi o'simliklar aniqlangan Germaniy XV asrda Norvegiyalik olim Foxt bahosiga ko'ra nodir element hisoblangan bo'lib, uning yer po'stidagi klarki n10-10%, bo'lishiga qaramasdan asosiy diqqat e'tiborda bo'lgan. Keyinchalik bu elementni klark miqdori ancha katta ekanligi, hozirda esa 1,510-4% ligi isbot qilingan. Germaniy o'zining ko'pchilik birikmalarida kremniy kabi 4 valentli bo'lib, tipik litofil element. Germaniy sulfidlar bilan birga, torflarda to'planadi. Ammo germaniy ko'mirli qazilma boyliklar ichidan olinadi. Uglerod va kremniy o'zlarining yuqori valentliklarida, ya'ni +4 valentli bo'ladi. Ular bir xil tipdagi oksidlarni CO2 va SiO2 hosil qiladi. Ularning bu oksidlari tabiatda keng tarqalgan. Har ikkala element ham galogenlar va vodorod bilan birikmalar hosil qiladi. Kremniy IV oksid xoh u amorf holatda, xoh alyumosilikatlar tarkibida bo'lsin HF bilan reaksiyaga kirishadi Uglevodorodlardan o'zlarining turg'unligi past, ya'ni kamligi bilan farq qiladigan disilan Si2H6 va trisilan Si3H8 kabi kremniyli birikmalar mavjud. Agar uglevodorodlarda C-H bog'lanishdagi energiya 413 kdj. mol.-1 bo'lsa, Si-H holatdagi energiya 225 kdj. mol-1 shuning uchun ham silanlar tez hatto uy sharoitida oksidlanadi. Kremniy uglerod kabi Si-Si-Si zanjir hosil qiladi, lekin qo'sh bog', uchlamchi bog'larni hosil qilmaydi. Bu kremniyni ugleroddan keskin farqlaridan biri, bunga sabab Si dagi elektronlar sonining ko'pligidir. Si-Si bog'lanish energiyasi C-C bog'lanish energiyasidan 2 barobar kichik. Lekin Si-O va C-O bog'lardagi energiya o'zaro yaqin, ya'ni 369 va 351 kdj. ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
229.69 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:28
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
229.69 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:28 ]
Arxiv ichida: pptx