Tut daraxti sistematikasi

Tut daraxti sistematikasi

O'quvchilarga / Botanika
Tut daraxti sistematikasi - rasmi

Material tavsifi

Tut daraxti sistematikasi Reja: O'simliklar sistematikasining rivojlanish tarixi. Tut daraxti sistematikasi. Tut daraxti turlarining geografik tarqalishi. Tut daraxtining tuzilishi. O'simliklar dunyosining kelib chiqishi, bir-biri bilan qarindoshlik darajasi, o'zaro munosabati va tarixiy rivojlanishiga qarab klasifikatsiya qilindi, ya'ni qadimiy geologik davrdan boshlab hozirgacha yetib kelgan barcha o'simlik guruhlariga bo'linib, evolyutsion taraqqiyot nuqtai nazaridan sistemaga solinadi. Buyuk mutafakkir va mashxur olim Abu Ali ibn Sinoning dastlab 1020 yilda nashr etilgan «Alqonuni.tib, ya'ni (Meditsina) Tibbiyot qonunlari nomli besh tomli ajoyib asari fanning taraqqiy etishiga katta turtki bo'ldi. Kitobning ikkinchi qismi dori-darmon sifatida qo'llaniladigan o'simlik, hayvon va mineral moddalarga bag'ishlanadi, 400 dan ortiqroq dorivor o'simliklar ta'riflanib ularning shifobahsh xususiyatlari ko'rsatilgan. Italiyalik botanik Andrea Sezalpin (1519-1603) birinchi bo'lib, ilmiy asosda o'simliklar dunyosining sistematikasini yaratdi. U 1583 yilda nashr etilgan O'simliklar haqida 16 kitob nomli asarida o'simliklarning 1500 turini ta'riflaydi, shularning qariyib yarmi shaxsan o'zi to'plagan o'simlik bo'lib, ularning bir qanchasi yangi Sezalpingacha tasvirlanmagan turlar edi. U har qaysi turni qisqacha ta'riflab, o'simliklar bir butun organizm degan g'oyani oldinga suradi. hozirgi zamon o'simliklar sistematikasi yuqorida bayon etilganlardan ma'lum bo'ldiki, uzoq kuzatish va tekshirishlar davrini kechirdi. Uning vazifasi son-sanoqsiz va xilma-xil bo'lgan o'simlik turlarini to'plab, ularning belgilaridan bittasini olib sistemalashtirmasdan, balki palentologiya, morfologiya, embriologiya, solishtirma anatalogiya, bioximiya, fiziologiya, akologiya, genetika va jug'rofiya kabi fanlarining barcha ma'lumotlariga asoslangan holda ularning o'zaro yaqinliklarini ifodalaydigan sistema yaratishdan iborat. O'simlik nomlarini yozish tartiblari. Sistematikaning vazifasiga o'simlik turlarini aniqlash va ta'riflashdan tashqari yana ularga ilmiy nomlar berish masalasi ham kiradi. O'simliklarning ilmiy nomlari qadimdan lotin tilida yuritiladi, chunki o'simliklarning mahalliy nomlari turli yerda turlicha, shuning uchun bitta bir xil nom bo'lishi uchun dunyo bo'yicha lotincha nom bilan yuritishga kelishilgan. Tut daraxti sistematikasi Tutni umumiy o'simliklar sistematikasida tutgan o'rni. Tut ikki uyli bo'lib Morus avlodi tutdoshlar Mogaseaye oilasiga mansubdir. G. Koydzumi (1923) tuzgan sistematikasi bo'yicha 24 ta, S. Xamada ( 1971) sistematikasi bo'yicha 35 ta turni o'zida jamlangan asarlar bo'yicha keng tarqalgan ko'p yillik o'simlikdir. Tutdoshlar oilasiga kiruvchi o'simliklarning umumiy belgilari qo'yidagicha: a) tansida sutli ( shirali ) sharbat bo'lishligi b) urug' mo'rtagi atrofi oqsillar bilan o'ralganligi. Tut umumiy o'simliklar sistemasida A. A. Grossgeymning 1945 yilda yaratgan felogenetik (ketma- ketlik) sistemasi bo'yicha qo'yidagi tartibda bo'ladi. Yopiq urug'li - Angiosperamae; Tutgullar oilasi- Moraceae; Kichitki gullilar tartibi - Urticales; Tut avlodi - Morus. Qichitqi gullilar tartibiga bir-biriga yaqin uchta oila: qayrag'ochsimon (ulmaceae), tutsimon (moraceae), krapivasimon (urticaceae), kirib yuqoridagicha joylashgan. Qichitqisimonlarga qichitqi o't (Oricales L.) hozirgi paytda bitta oila Rami (Bochmeria) qolgan xolos. Uning qichitadigan tukchalari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.15 MB
Ko'rishlar soni 153 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:29 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.15 MB
Ko'rishlar soni 153 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga