Vakuola va hujayra shirasi Reja: Hujayra shirasi. Oqsil donachalari. Kalsiy oksalat kristallari. Vakuola Vakuola (lot. v a k u u s - bo'shliq) - hujayra ichidagi bo'shliq bo'lib, o'simliklar hujayrasi uchun xos bo'lgan belgilardan biridir. Uning ichi hujayra shirasi bilan to'lgan. Hujayra shirasi sitoplazmadan maxsus membrana tonoplast (lot. t o n u s - tarang, zo'r; p l a t o s - ma'lum shakl) bilan ajralib turadi. Tonoplast tanlab o'tkazish yoki yarim o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Yosh hujayralarda bo'shliq yoki kavakchalar bo'lmaydi, ular hujayra qariy boshlagandan so'ng yuzaga keladi va bir-biri bilan qo'shilib, bitta yirik vakuola hosil qiladi. Vakuola o'sib yiriklashib hujayraning 90% ini ishg'ol etadi va sitoplazmani hamda uning tarkibidagi organellalarni hujayra po'stiga qarab siqib suradi va natijada yupqa qavat hosil qiladi. Vakuola ichida hujayra shirasi bo'lib, uning asosiy tarkibiy qismini suv tashkil etadi. Suvda erigan mineral tuzlar, organik birikmalar (qand va polisaxaridlar), organik kislotalar, alkaloidlar, glikozidlar, pigmentlar va boshqa moddalar bo'ladi. Plazmolizga uchragan hujayralar tiriklik xususiyatini saqlab qolsa, ularni suvga solib turgor holatini tiklash mumkin. Bu hodisaga deplazmoliz (lot. deinkor) deb ataladi. Deplazmoliz, plazmolizdan qaytish, turgorga o'tish demakdir. Bunda hujayra suvni shimib olib plaz-moliz holatidan, turgor holatiga qaytadi. Amalda qishloq xo'jaligidagi ko'p masalalar o'simlikning shu turgor va plazmoliz hodisasiga bog'liqdir. Masalan, yoz faslida g'o'zalar o'z vaqtida sug'orilmasa, tuproq eritmasi quyuqlashib ketib, suvning o'simlik ildiziga o'tishi qiyinlashadi va ildiz hujayralarida plazmoliz hodisasi ro'y beradi. Hujayra shirasi Hujayra shirasining tarkibiy qismi o'simlik turi, organlar, to'qima va hujayra holatiga qarab o'zgaradi. Hujayra shirasida karbonsuvlar, organik kislotalar, alkaloidlar, glyukozidlar va ko'pgina boshqa moddalar bo'ladi. Hujayra shirasi tarkibida oshlovchi moddalardan ta-nin to'planadi. Bu modda hujayra shirasi tarkibida ba'zan juda ham ko'p miqsorda to'planadi va sanoatda terini oshlashda ishlatiladi. Saxaroza Saxaroza - shakarqamish deb ataladigan o'simlik hujayra shirasida bo'ladi. Bu o'simlik tropik mintaqalarda o'sadi. Saxaroza qand lavlagi ildizmevalarida ham juda ko'p miqdorda to'planadi. Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan qand shakarqamish va qand lavlagidan olinadi. Vakuoladagi oqsillar Pishib yetilgan urug'larning vakuolasida kolloid shaklda oqsil moddasi to'planadi (g'alla donlari, lolaguldoshlar, ituzumdoshlar, soyabondoshlar). Bunday vakuola oqsilli vakuola deb ataladi. Vakuoladagi oqsillar g'adir-budur endoplazmatik retikulumning ribosomalarida sintezlanadi. Vakuola oqsillar Oqsil donachalari Hujayraning organellalarida oqsil donachalari kristall yoki amorf (yunon. a - inkor qilish, mor fe - shakl) ya'ni bir shaklga ega bo'lmagan holatda uchraydi. Odatda urug'lar oqsilga boy bo'ladi. Oqsilga ancha boy bo'lgan o'simliklar (no'xat, loviya, soya, yasmiq, nut, yeryong'oq) va boshqalar kiradi. Oqsilli urug'lar oziq-ovqat sifatida nihoyatda qimmatli mahsulotdir. Oqsil, yog' tomchilaridan tashqari hujayraning vakuola va boshqa organlarida (karotinoidlar, ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
753.88 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:29
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
753.88 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:29 ]
Arxiv ichida: pptx