Xivchinlilar (Mastigophora)

Xivchinlilar (Mastigophora)

O'quvchilarga / Botanika
Xivchinlilar (Mastigophora) - rasmi

Material tavsifi

Xivchinlilar (Mastigophora) Xivchinlilar (Mastigophora) 1. Tanasi aniq shaklga ega bo'lib, oval, shar yoki dugsimon shaklda bo'ladi, chunki hujayra qobigi pеllikulasi bor. 2. Harakat organlari - xivchin. Bular bitta, ikkita, ba'zan undan ortiq bo'lib, odatda gavda oldida ba'zan orqasida joylashgan. 3. Bularning ovqatlanishi golofit yoki o'simlik tilida golozoy - hayvonlar singari va saprofit - ya'ni murakkab organik moddalarning parchalanishidan hosil bo'lgan mahsulot bilan ovqatlanadi. 4. Noqulay sharoitda sictaga o'raladi va ko'payishi jinssiz va jinsli. Klassifikatsiyasi. Bular asosan 5 ta turkumga bo'linadi. Evgtеnasimonlar, protomonadalar, ko'p xivchinlilar, ildiz xivchinlilar va volvokslar. Evglеnasimonlar - bularga yashil evglеna kiradi. Bular chuchuk suvda yashab, bitta xivchini, ekto va endoplazmasi, xromatoforlari, qisqaruvchi vakuolasi, stigmazi, bazil tanachasi bo'lib, yoruglikda fotosintеz yo'li bilan, qorongilikda xivchini yordamida - baktеriyalarni tutib oziqlanadi. Protomonadalar - Bularga patogеn ahamiyatga ega bo'lgan xivchinlilar - odam va sut emizuvchilar qonida parazitlik qilib yashovchi tripanosomalar, lеshmaniyalar kiradi. Ba'zi vakillari erkin yashab iflos, chuchuk suvlarni baktеriyalardan tozalaydi. Triponosomalar - odam qonida yashab, ogir kasalliklar tugdiradi. Bularni: lеptomonada, yani xivchini gavdasining oldingi uchidan boshlanib, to'lqinsimon parda hosil qilmaydi. Kritidial - xivchini gavdasining o'rtasidan, yadroning oldidan boshlanadigan, lеyshmanial - tanasi yumaloq xivchini yo'q va sicta bilan qoplangan formalari bor. Tripanosomalar - Afrikada kеng tarqalgan bo'lib, Sеtsе pashshasi yuqtiradi va uyqu kasalligini tugdiradi. Lеyshmaniyalar - sharq kuydirgisi kasalligini tugdiradi. Yashil evglenaning tuzilishi: 1 - hujayra qobig'i; 2 - xivchin; 3 - sitoplazma; 4 - yadro; 5 - xromatoforalar; 6 - zaxira oziq zarralari; 7 - ko'zcha; 8 - qisqaruvchi vakuola; 9 - qisqaruvchi vakuolaning suyuqlik to'plovchi bo'shlig'i. Sista hosil qilish. Noqulay sharoit tug'ilganda evglenaning xivchini tushib ketadi; tanasi qisqarib, yumaloqlanadi va qalin qobiq bilan o'ralib sistaga aylanadi. Volvoks - koloniya bo'lib yashovchi bir hujayrali hayvon. Iflos suvli hovuz va ko'llarda diametri 1 mm keladigan yashil sharga o'xshash voivokslar uchraydi (8-rasm). Volvoks koloniyasi rningga yaqin noksimon ikki xivchinii hujayralardan tashkil topgan. Hujayralar sharning sirtida joylashgan bo'lib, sitoplazmatik ipchalar yordamida o'zaro bog'langan. Sharning ichi quyuq dildiroq modda bilan to'lgan. Ayrim xivchinlilar parazit hayot kechiradi. Tripanosoma tropik Afrikadagi xalqlar qoni zardobida yashab, uyqu kasalligini paydo qiladi. Leyshmaniya O'zbekistonning janubidagi ayrim hududlarda va tropik mamlakatlarda odam yuzi va ba'zan qo'l terisida uzoq vaqt tuzahnaydigan yara hosil qiladi. Xivchinlitar hujayrasi yupqa qobiq bilan qoplangan; tana shakli doimiy; xivchinlar yordamida harakatlanadi. Evglena va volvoks hujayrasida yashil rang berovchi xromatoforalari bor; ular yordamida fotosinlez qiladi; qorong'ida yashil rangini yo'qotib, hayvonlar singari oziqlanadi. Tripanosoma odam qonida, leyshmaniya Eerisida parazitlik qiladi. Xivchinlilar (Mastigophora) Reja: 1. Xivchinlilar (Mastigophora) 2. Klassifikatsiyasi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 471.27 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:29 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 471.27 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga