Yalpiznamolar qabilasi - Lamiales

Yalpiznamolar qabilasi - Lamiales

O'quvchilarga / Botanika
Yalpiznamolar qabilasi - Lamiales - rasmi

Material tavsifi

Yalpiznamolar qabilasi - Lamiales Yalpiznamolar qabilasi - Lamiales Qabilaning tarkibdagi oilalardan biri yalpizdoshlar. 1. Yalpizdoshlar (labguldoshlar) oilasi -Lamiceae yoki Labiatae. Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi Yalpizkabilar kichik sinfi, Yalpiznamolar qabilasiga mansub yer yuzidagi eng yirik oilalardan biri hisoblanadi. Uning vakillari asosan issiq va mo'tadil iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan. Gulqo'rgoni murakkab, kosacha bargi 5 ta birikib o'sgan, gultojbarglari ham 5 ta birikib o'sgan. Ustki labi 2ta, pastki labi 3ta gultojbargining birikib o'sishdan hosil bo'lgan. Changchilari soni 4 ta, ulardan 2 tasi qisqa, ba'zan changchilari 2ta bo'lib, qolgani qisqargan yoki shiradonlarga aylangan. Urug'chisi 2 ta, meva bargchaning qo'shilishidan hosil bo'lgan. Tugunchasi ustki. Gul formulasi: ↑ Û Ca(5) Co(5) A 4, 2 G (2) Mevasi 4 bo'lakka ajraladigan uvoq meva. Bu oilaga 200 ga yaqin turkum va 300 tur kiradi. O'rta Osiyoda 53 turkumga mansub 360 tur, O'zbekistonda esa 42 turkumga mansub 210 tur, Farg'ona vodiysida esa 26 turkumga oid 59 tur o'sishi ma'lum. Yalpizdoshlar oilasi O'zbekiston florasida ham keng tarqalgan oilalardan biri bo'lib, foydali turlarga boyligi bilan boshqa oilalardan ajralib turadi. muhim belgilari: barglari oddiy tekis yoki chuqur qirqilgan, poyada qarama-qarshi joylashgan. Poyasi 4 kirrali, gullari mayda, ro'vak, shingil, kallak to'pgul hosil qiladi. Ikki jinsli, zigomorf. Oila vakillari: Oq lamium (Lamium album), Yalpiz (Mentha asiatica), Rayxon (Osimun basilicum) Hovlida ekiladi, Jambil (Thimus saravschanica), Arslon quloq (Leonurus turkesanicus), Kiyik o't (Ziziphora pedicellata), Tog rayxoni (Origanum tyttantum) va boshqalar. Yalpiz, Marmarak, Kiyiko't, Bozulbang, Tog'rayhon, Limono't, Arsloquloq, kabi turkumlarning vakillari juda qadimdan beri tibbiyotda, oziq ovqat, qandolatchilik va parfyumeriya sanoatida foydalanib kelinmoqda. Bu katta oilaga o't, chala buta va buta o'simliklari kiradi. Yasnotkalar turkumi - Lamium Bir va ko'p yillik o't o'simliklar. O'zbekiston florasida pushti yasnotka (L.amplexicanle) va oq yasnotka (L.alla) turlari begona o't sifatida o'sadi.L.alla dori tayyorlashda ishlatiladi. Ular asal beruvchi o'simlik hisoblanadi. Mavrak turkumi Mavrak turkumi - (Salvia). Ko'p yillik o't chala buta o'simliklar. Uning Osiyoda 20 dan ko'p turi uchraydi. Ular tog'li rayonlarda ko'p tarqalgan. S. officinalis turi dori tayyorlashda ishlatiladi. Yalpiz turi (Mentha) Ko'p yillik o't o'simliklari bo'lib efir moylidir. Bu oilaning vakillari asosan zax erlarda, ariq va kanal bo'ylarida tarqalgan O'zbekiston florasida Osiyo yalpizi (M.asiatica) keng tarqalgan. Cho'l yalpiz (M. arvensis) va jingalak yalpizlar (M. crispa) ekiladi. Oddiy rayhon-(Acimum basilicum) Bir yillik o't o'simlik, uning oq rayhon,qora rayhon, osh rayhon, turlari ma'lum. Ular ziravor va xushbo'y o'simlik sifatida ekiladi. Kiyiko'tlar turkumi-Ziziphora Bular tarkibida efir moylari bor bir yillik va ko'p yillik o'tlardir. Tog' jambili (Origanum) Faqat bir turi (O.tythantum) O'zbekiston florasida tarqalgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.35 MB
Ko'rishlar soni 180 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:30 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.35 MB
Ko'rishlar soni 180 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga