Yog'lar va yog'simon birikmalar, ya'ni lipoidlar Reja: 1.Yog'lar, ularning tuzilishi, xossalari va biologik ahamiyati 2. Lipidlar va fosfotidlar ularning tuzilishi va biologik ahamiyati Suvda erimaydigan yog'lar va yog'simon organik moddalar lipoidlar degan umumiy nom bilan ataladi. Lipoidlar organik erituvchilarda-efir, benzin, benzol va atsetondanda osonlik bilan eriydi. Yog'lar ximiyaviy tuzilishiga va tabiatiga ko'ra bir necha guruhga bo'linadi. Yog' molekulasi 3 atomli spirt glitserin bilan (tenglamadagidek) yog' kislotalarining qo'shilishidan hosil bo'ladi. Linol va linolin yog' kislotalari inson va hayvonlar organizmida sintezlanmaganligidan ular vitamin qatoriga qo'shiladi. Glitserinda qo'shilgan yog' kislotalarining turiga ko'ra turli tuman yog'lar sintezlanadi. Suyuq moylar tarkibida to'yingan moy kislotalarga nisbatan to'yinmagan yog' kislotalari ustun turadi va aksincha qattiq yog'larda to'yingan yog' kislotalari to'yinmagan yog' kislotalaridan bir necha foizga ortiq ekanligi jadval raqamlaridan ko'rinadi. Moy tarkibida 1-2 % chamasida erkin moy kislotalari, 1-2 % fosfotidlar, 0.3-0.5% sterinlar va vitaminlar uchraydi. Moylarning sarg'ish rangda bo'lishi karotinoidlarga nasha moyining yashil rangda bo'lishi xlorofil molekalalariga bog'liq. Moylar o'simlik va hayvonot olamining hayot jarayonida energetik modda sifatida sarflanadi. Boshқa organik moddalarga nisbatan moylar energiyaga boy bo'lganligidan, ko'pchilik (90%), o'simliklar urug'ida asosiy zahira birikma sifatida to'planadi. To'yinmagan yog kislotalaridagi qo'sh bog'lamlarning kislorod bilan oksidlanishi natijasida aldegid va yog' kislotalari to'planishi tufayli yog'lar eskirib, yoqimsiz hidli bo'lib qoladi. Yog'lar tarkibida guruhlari ko'pligidan ular suvda erimaydi. Suvda aralashtirilganda emultsiya hosil qiladi. yog'larga ishqor yoki kislota ta'sir ettirilganda sovunlanish reaktsiyasi tufayli suv ishtirokida glitserin va yog' kislotalariga yoki uning tuzlariga gidrolizlanadi. O'simliklarning yashash sharoitiga ko'ra to'yinmagan yog' kislotalaridagi qo'sh bog'lar soni ko'p ozliga qarab yod soni har xil bo'ladi. Masalan: Toshkentda o'sgan zig'ir moyining yod soni 154 bo'lsa, Arxangelskda o'sgan zig'ir moyining yod soni 195 bo'lgan. 1g moy tarkibidagi erkin yoki glitserin bilan bog'langan moy kislotalarini neytrallash uchun sarf bo'lgan KON miqdori (mg hisobida) sovunlanish soni deb ataladi. 1g moy tarkibidagi erkin moy kislotalarini neytrallash uchun sarflangan KON miqdori moyning kislotalik soni deyiladi. 100 g moy tomonidan bog'langan yod miqdoriga (g hisobida) yod soni deyiladi. Bu ko'rsatgich vositasida yog' tarkibidagi qo'sh bog'larning ko'p-ozligi aniqlanadi. Lipidlar Lipidlar - Bu guruxga o'simliklar tarkibida ko'p uchraydigan yog' va yog'simon moddalar kiradi. Ularning uziga xos xususiyati - suvda erimaydi. Lekin efir, atseton, benzol, xloroformlarda yaxshi eriydi. Lipidlar Yuqori molekulali yor kislotalar xosilasidir. Lipidlar asosan yog'lar, mumlar, fosfatillar va glikolipidlarga bo'linadi. Yog'lar o'simliklar tarkibida juda ko'p bo'lib, aksariyat zaxira modda atrofida uchraydi. Xar xil o'simliklarning urug'larida turlicha bo'ladi: kungaboqarda - 24-38 foiz, kanopda - 30 foiz, chigitda - 23 foiz, kanakunjutda - 60 foiz, ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.84 MB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:30
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.84 MB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:30 ]
Arxiv ichida: pptx