Yo'sintoifalar bo'limi (Bryophyte)

Yo'sintoifalar bo'limi (Bryophyte)

O'quvchilarga / Botanika
Yo'sintoifalar bo'limi (Bryophyte) - rasmi

Material tavsifi

Yo'sintoifalar bo'limi bryophyta 1. Yo'sintoifalarning tarqalishi va ekologiyasi. 2. Yo'sintoifalarning muhim belgilari. 3. Bo'limning tasnifoti va ularning asosiy vakillari 4. Xo'jalikdagi ahamiyati. Reja: Bu bo'lim 20 mingdan ortiq turni o'z ichiga oladi. Ular yer sharining deyarli barcha qit'alarida keng tarqalgan. Bularning yashashi uchun asosan namlik ya'ni suv muhitini bo'lishi muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham ular zax joylarda, tog'larda, ariq bo'ylarida, ba'zan cho'llarda (tortula, funariya, richiya) uchraydi. Bu bo'lim o'simliklari boshqa yuksak o'simliklar bo'limidan farq qilib, uning asosiy belgisi-hayot jarayonida gametofit naslning ustunligidir. Ammo bularda ham har ikkala nasl ya'ni gametofit va sporofit bir-biriga bog'liq holda rivojlanadi. Yo'sinsimonlar eng qadimgi o'simliklar bo'lib, ular paleozoy erasining silur, devon davrlaridan boshlab rivojlanib, hozirda ham Shimoliy Yarim sharni o'rmon, tundra zonalarida o'simlik qoplamida muhim o'rin tutadi. Ular kelib chiqishi bo'yicha suv o'tlaridan kelib chiqqan deb qaraladi. Yo'sin toifalilar bo'limi 3 ta sinfga bo'linadi: 1. Jigarsimon yo'sinlar sinfi - Marchantiopsida 2. Antotserotsimonlar sinfi - Anthocerotopsida 3.Sfagnumsimonlar yoki Poya-bargli yo'sinlar sinfi- Sphagmiopsida Jigarsimon yo'sinlar sinfi - Marchantiopsida Bu sinf 600 turdan iborat. Bu o'simliklarning asosiy belgilari shundan iboratki, gametofiti dorzoventral tuzilishiga ega, ya'ni ustki va ostki tomoni bir- biridan farq qiladi. Tallomlarining shakli bargsimon tuzilishiga ega. Jinssiz nasli sporangiy, band va ko'sakchadan tashkil topgan. Bu sinf 2 ta sinfchaga bo'linadi: 1. Marshantsiyakabilar sinfchasi-Marchantiidae 2. Yungermaniyakabilar sinfchasi-Jungermanidae Marshantsiyakabilar sinfchasi. Sinfchaning muhim qabilasi Marshantsiyanamolar (Marchantiales) hisoblanadi. Bu qabila 10 dan ortiq oilani o'z ichiga oladi. Ulardan biri Marshantsiyadoshlar oilasi (Marchantiaceae). Oilaning tipik vakili-oddiy marshantsiya (Marchantia polymorpha). Yungermaniyakabilar sinfchasi ham oldingi o'simliklarga yaqin. Ammo ulardan tashqi morfologik tuzilishi jihatlaridan farq qiladi. Bularda anteridiy va arxegoniylar tirgovuchsiz to'g'ridan to'g'ri tallomda hosil bo'ladi. Antotserotsimon yo'sinlar Bu sinfga (100 tur) kiruvchi o'simliklar bir uyli ba'zan ikki uyli. Bir uylilarda jinsiy a'zolar anteridiy va arxegoniylar bitta o'simlikda hosil bo'ladi. Tallomining har bir hujayrasida pirenoidli yashil plastinka ko'rinishida yirik xromatofar bor, bu xromatofor yashil suv o'tlarini xromatoforiga o'xshaydi. Sinfning keng tarqalgan vakillaridan biri Anthoceros laevis. Bu o'simlik haydalgan erlarda va ariq bo'ylarida uchraydi. Sporalari sporogonni ikki pallaga ajralishi natijasida tashqariga tarqaladi. Sfagnumsimonlar yoki poya bargli yo'sinlar sinfi Bu sinfga (9500 tur) taaluqli o'simliklar morfologik va anatomik tuzilishi jihatidan jigarsimon o'simliklardan qo'yidagi asosiy belgilari bilan farq qiladi: bular orasida tallom tuzilishiga ega bo'lgan vakillar yo'q. Tanasi poya va barglarga bo'lingan. Poyasi radial tuzilishiga ega bo'lib, unda barglar ketma-ket joylashgan. Poyaning ichki anatomik tuzilishida hali haqiqiy floema va ksilema rivojlanmagan bo'lsada, ularning vazifasini bajaruvchi sodda tuzilishga ega bo'lgan o'tkazuvchi naychalar bor. Protonema ipchalari shoxlangan bo'ladi. Ko'sakchadan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.82 MB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:30 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.82 MB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga