Yuksak o'simliklar sistematikasi

Yuksak o'simliklar sistematikasi

O'quvchilarga / Botanika
Yuksak o'simliklar sistematikasi - rasmi

Material tavsifi

Yuksak o'simliklar sistematikasi Subtitle here Reja: Yuksak o'simliklarning tuxum hujayrasi arxegoniy deb ataladigan ko'p hujayrali urg'ochilik jinsiy organlarda vujudga keladi. Arxegoniy odatda cho'ziq gulcha shaklida bo'lib, u qorin, bo'yin va og'izcha qismlaridan iborat. U ko'pchilik arxegoniyli (moxsimon va paporotniksimon) o'simliklarda mustaqil hayot kechiradigan o'simta - gametofitda va urug'li (ochiq va yopiq urug'li) o'simliklarda urug'mo'rtak ichida taraqqiy etadi. Yuksak o'simliklar ham tuban o'simliklar singari vegetativ, jinssiz va jinsiy yo'llar bilan ko'payadi. Lekin yuksak o'simliklarning hammasi uchun jinsiy naslning jinssiz nasl bilan navbatlashishi - nasl gallanishiga xos xususiyat hisoblanadi. Odatda, jinssiz ko'payish sporalar yordamida bo'lib, bu sporalarning kata-kichikligi bir xil yoki har xil bo'lishi mumkin. Yuksak o'simliklar Yo'sinsimonlar bo'limi - Bryophyta Yo'sinsimonlardan boshlab, gulli o'simliklargacha yuksak o'simliklarning barchasining individual taraqqiyot davri bir xilda: jinsiy jarayon natijasida xromosomalarning soni ikki barobar ortishi, spora hosil bo'lishida esa xromosomalarning soni ikki barobar kamayishi kuzatiladi. Yo'sinsimonlar eng sodda tuzilishli yuksak o'simliklar bo'lib, qator xususiyatlariga ko'ra suv o'tlariga o'xshash. Yo'sinsimonlar o'simliklar tuban vakillarining vegetativ tanasi dorzovenrtal tuzilishli, bir qadar yuksak vakillarida poya, barg va ildiz yo'q. Gametofit ustida jinsiy organlar anteridiy va arxegoniy joylashgan, u sharsimon yoki oval shakldagi bir qator hujayralardan tashkil topgan va ichi ko'p sonli spermatogen hujayralar bilan to'lgan bo'ladi. Yo'sinsimonlarning sporofiti ko'pincha sporogon bandida joylashgan, hech qachon poya va barg hosil qilmaydi. Chunki alohida hayot kechirish imkoniga ega emas. Shunga ko'ra, gametofitning bir qismi hisoblanadi va uning hisobiga oziqlanadi. Yo'sinsimonlarning ko'pgina turlari ko'p hujayrali kurtaklar yordamida vegetativ yo'l bilan ham ko'payadi. Bu o'simliklar paleozoy erasining toshko'mir davrida paydo bo'lgan qadimiy o'simliklardan hisoblanadi. Yo'sinsimonlarga 20 mingdan ortiq o'simlik turi mansub bo'lib, ular odatda ikki ajdodga bo'lib o'rganiladi: 1. Jigarsimon yo'sinlar - Hepaticae. 2. Poya bargli yo'sinlar - Musci. Psilofitsimonlar bo'limi - Psilophytophyta Psilofitsimonlar faqat qazilma holda uchraydigan o'simliklardir. Birinchi bor bu o'simliklar quyi devon qatlamlarida D. Duson tomonidan 1859 yilda Kanadada topilgan. Lekin filogenetik sistemada bu o'simlik oradan 50 yildan ortiqroq vaqt o'tgach, 1917 yilda Shotlandiyaning devon qatlamlarida R. Kidston va U. Lang tomonidan qayta topilgandan so'ng o'z o'rnini topdi. Bu bo'limning sodda tuzilishli vakillarining yer osti organlari bir hujayrali rizoidlar, uncha-muncha taraqqiy etgan vakillarining yer osti organlari vazifasini esa tallomning shoxlangan yer osti qismi - ildiz poya bajargan. Bularda barg umuman bo'lmagan, lekin yuksak taraqqiy etgan vakillarida barg vazifasini bajaradigan qipiqsimon o'simtalar - fillodiylar bo'lgan. Psilotsimonlar bo'limi - Psilophyta Bu bo'limga monotip psilotsimonlar (Psilotopsida) ajdodi bilan monotip psilotlar (Psilotalesa) qabilasi mansub. Shu qabilaga mansub psilotdoshlar (Psilotaceae) oilasiga hozirgi paytda tarqalgan psilot (Psilotum) va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.66 MB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:30 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.66 MB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga