Zaharli o'simliklar

Zaharli o'simliklar

O'quvchilarga / Botanika
Zaharli o'simliklar - rasmi

Material tavsifi

Zaharli o'simliklar Uchma Uchma (CeratocepHalus falcatus P.) ayiqtovondoshlar oilasiga mansub bir yillik efemer o'simlik. U o'ta zaharliligi bilan ajralib turadi. Poyasi tik o'suvchi bo'lib, bo'yi 3 - 10 sm, barglari uzun bandli, panjasimon uchta bo'lakli, gullari mayda, bittadan joylashgan, sariq rangda. Mevasi esa o'tkir tukchali. U yaylov va pichanzorlarda keng tarqalgan . Kampirchopon Kampirchopon (Trichodesma inanum Bge) O'rta Osiyo, Qozog'iston va Shimoliy Eronda o'sadi. U govzabonguldoshlar oilasiga mansub ko'p yillik zaharli o'simlik. Ildizi baqquvat, poyasi biroz ko'tarilib yoki yoyilib o'sadi. Pastki qismi yog'ochlanib ketgan, tuk bilan qalin qoplangan. Keyinroq tuki to'qilib ketadi, tupining yuqori qismi juda sertuk, bo'yi 30 - 60 sm ga yetadi. Barglarining uzunligi 3 - 8 sm, eni 1, 3 - 2, 5 sm. Bandsiz, chetlari tekis, shakli tuxumsimon, cho'ziq nishtarsimon. Uchi o'tkir, oldi va orqa tomoni tuk bilan qoplangan. To'pguli ro'vak. Gulyonbargchalari tuk bilan qoplangan. Tojbarglarning diametri 2 - 2, 5 sm, gullash davrida naychasi oq, poyasi havorang bo'lib, keyinroq gul naychasi pushti rangga kiradi. Mevasi bir - biriga yopishgan 4 ta yong'oqchaga o'xshaydi, pishganda ajralib ketadi. Qattiq, kattaligi 6 - 7 mm. BANGIDEVONA O'simlikning xamma qismi zaharli. Bangidevonaning bargi va mevasi ishlatiladi. Bargi o'simlik gullaganidan boshlab, to sovuq tushguniga qadar yig'iladi. Terib olingan bargini shamol kirib turadigan soya va quruq yerda qurutiladi. Mevasi pishganda yig'ib olinadi. Yig'ib olingan mevani qurutib, yanchib, g'alvirdan o'tkazib urug'i ajratiladi. Bangidevona o'simligining xamma qismida alkaloidlar bor. Asosiy alkaloidlari giostsiamin, atropin va skopolamin hisoblanadi. Bulardan tashqari, bargida oz miqdorda efir moyi, karotin va oshlovchi moddalar bor. MINGDEVONA BARGI - FOLIA HYOSCYAMI O'simlikning nomi. Qora mingdevona - Hyoscyamus nigeg L.; ituzumdoshlar - Solanaceae oilasiga kiradi. Ikki yillik, sertuk, badbo'y o't o'simlik. O'simlik birinchi yili faqat ildizoldi to'pbarglar hosil qiladi. Ildizoldi barglari bandli, cho'ziq- -tuxumsimon, chuqur patsimon bo'lakli bo'ladi. Ikkinchi yili poya o'sib chiqadi. Poyasi shoxlangan, bo'yi 50-150 sm ga etadi. Poyadagi barglari ildizoldi barglariga nisbatan yumaloqroq va maydaroq, umumiy ko'rinishi tuxumsimon, poyaning pastki qismidagi­lari 5-7 bo'lakli, o'rta qismidagilari 3 bo'lakli, yuqori qismidagilari esa 1-2 ta yirik tishsimon qirrali bo'lib, poyada bandsiz ketma-ket o'rnashgan. Dictamnus Yetmak (Aconthophyllum gypsophiloides) Chinniguldoshlar oilasiga kiruvchi bo'yi 50-80 sm keladigan chala buta shaklidagi ko'p yillik o't. Poyasi tik va yon shoxlar hasil qiladi. Ildizi jadayam zich. Payaari oqish va to'q qizil tusda. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 983.12 KB
Ko'rishlar soni 217 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:31 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 983.12 KB
Ko'rishlar soni 217 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga