zamburug''lar dunyosi zamburug''lar plastidalari yo'q geterotrof organizmlardir. Ularqadimgi organizmlar hisoblanadi. zamburug''lar parazit va saprofit holda xayol kechiradi. Saprofitlar - o'lik organik modda bilan oziqlanadigan organizmlar. Ba'zi birlari suvda yashaydi. zamburug''larning 100 00 ga yaqin turi mavjud bo'lib, quruqlikda juda keng tarqalgan. Utar suv o'tlaridan xlorofilning yo'qligi, bakteriyalardan esa yadroga ega bo'lishi bilan farq qiladi. zamburug''larning vegetativ tanasi muselliy deb atalib, u alohida ipchalar ya'ni gifalar yig'indisidan tashkil topgan (12-rasm). zamburug'' mitseiliysi oziq moddalarni butun yuzasi bilan shimib oladi. Mitselliyda spora hosil qiluvchi organlar hosil bo'ladi. Ko'payishi vegetativ, jinssiz va jinsiy usullarda boradi. Vegetativ ko'payish ko'rtaqlanish yoki mitselliyning bo'laklarga ajralishi. Jinssiz ko'payish esa har xil sporalar hosil qilish yoii bilan boradi. Jinsiy ko'payish tuban zamburug''larda suv o'tlarga o'xshash, yuksak zamburug''lar esa maxsus jinsiy organlarning qo'shilishi, bir hujayra mahsulotining ikkinchisiga ko'chib o'tishi va yadrolarning juft-juft bo'lib qo'shilishi kabi ko'rinishlarda amalga oshadi. Mitselliyning tuzilishi va ko'payish usuliga qarab zamburug''lar tuban va yuksak zamburug''larga bo'linadi. Tuban zamburug''lar mitselliysida to'siqlar bo'lmaydi, jinsiy ko'payish suv o'tlaridagidek boradi. Yuksak zamburug''lar mitselliysi to'siqli ya'ni, ko'p hujayrali bo'ladi (13-rasm). Achitqi zambumg'li - haqiqiy mitselliysi bo'lmay, tanasi alohida-alohida hujayralardan iborat. Hujayrasi bir yadroli, oval shaklda bo'ladi. Bu zamburug'' ko'rtaqlanish yo'li bilan ko'payadi. Ko'rtaqlanish natijasida hosil bo'lgan yosh hujayralar uzilib ketmay zanjir hosil qiladi (14-rasm). Ular shakarli muhitda yashaydi. Achitqi zamburug''larining faoliyati natijasida shakar spirt va karbonat angidrid gaziga parchalanadi. Ushbu jarayon pivo, vino va novvoychilikda katta amaliy ahamiyatga ega. Spirtli achish jarayonida ajralib chiqqan energiya achitqilarning hayoti uchun zarur. Novvoychilikda xamirga achitqi qo'shib qorilganda ajralib chiqadigan karbonat angidrid gazi xamirni ko'pchishini ya'ni, yengil va g'ovak bo'lishini ta'minlaydi. Qo'ziqorin zamburug''i tabiatda keng tarqalgan qalpoqchali zambumg'lar hisoblanadi. Uning ichi bo'sh, meva tanasi 10-12 sm bo'lib, oyoqcha va qalpoqchadan iborat (15-rasm). Qo'ziqorin chirindiga boy tuproqlarda saprafit holda hayot kechiradi. Tuproq ostidagi ko'p yillik mitselliysi yoz faslida zaxira sifatida oziq moddalar to'plab, kuzdan boshlab meva tanachalar shakllana boshlaydi. Ular kelgusi yili bahorda yetilib tuproq yuzasiga chiqadi va sporalarini sochadi. Sporalar qalpoqchaning burishgan tashqi yuzasida ya'ni, burmalardagi katakchalarda hosil bo'ladi. Qo'ziqorin shartli iste'mol qilinadigan zamburug''lar guruhiga kiradi. Eng yaxshi iste'mol qilinadigan zamburug''larga oq zamburug'', oq qayin bilan birga o'sadigan zambumg1 va boshqa zamburug''lar kiradi. Ular oqsilga boy, shuningdek, tarkibida moylar, mine-ral moddalar, mikroelementlardan esa temir, kalsiy, rux va boshqalar mavjud. Parazit zamburug''lar. zamburug''lar orasida parazit turlari ham juda ko'p. Ular o'simlik, hayvon va odamlarda turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, parazit zamburug''lar qishloq va o'rmon xo'jaligiga katta zarar yetkazadi. Zang zamburug''i murakkab taraqqiyot davri ya'ni, har ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
706.29 KB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:31
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
706.29 KB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:31 ]
Arxiv ichida: ppt