Zamburug'lar va suvo'tlarining tuzilishi va ahamiyati

Zamburug'lar va suvo'tlarining tuzilishi va ahamiyati

O'quvchilarga / Botanika
Zamburug'lar va suvo'tlarining tuzilishi va ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

zamburug''lar va suvo'tlarining tuzilishi va ahamiyati Reja: zamburug''lar haqida tushuncha Suv o'tlari haqida tushuncha Lishayniklar haqida tushuncha Tuban o'simliklarning xlorofilsiz va tuzilishi juda turli - tuman bo'lgan juda ko'p turi zamburug''lar deb ataladi. Ular o'z ichiga 100 mingdan ortiq turni oladi. zamburug''lar tallofit o'simliklardir, chunki ular ham xech qachon suvo'tlari singari haqiqiy to'qima hosil qilmaydi va ularni tanasi qismlarga (barg, poya, ildizga) bo'linmaydi. Ularning ko'pchiligi mikroskopik mayda bo'lib, nonda mug'or, o'simlik barglarida zangsimon dog'lar va shunga o'xshash shakllarda ham ko'rinadi. zamburug'' tanasini mikroskop ostidan qarasak, uni chalkashib ketgan juda ko'p ipchalar yoki gifalardan iboratligini, gifalar to'planib mitseliy hosil qilganini ko'ramiz. Gifalar shoxlangan va shoxlanmagan, bir hujayrali yoki ko'p hujayrali bo'lishi mumkin. zamburug'' ba'zi turlarining gifalari tinim holatiga o'tishi mumkin. Bunda ular juda zich chalkashib olib sklerotsiy deb ataladigan o'ziga xos tuganak hosil qiladi. Bir hujayrali zamburug''lar, ular yumaloq yoki ellipis shakildagi alohida - alohida hujayralardir. Masalan: achitqi zamburug''lari. hujayrasi qobig'ining ximiyaviy tarkibi bir xil emas. Po'st xech qachon sellyulozali bo'lmay, unga turli azotli moddalar aralashgan bo'ladi. Ularda bir nechta yadro bo'ladi. Ular kraxmal hosil qilmaydi, uning o'rniga boshqa uglevod glikogen hosil qiladi. Alohida tuzilmalar - meva tanalar ko'payish funksyasini bajaradi. Parazit zamburug''larda - gaustoriya hosil bo'ladi. zamburug''lar jinsiy, jinssiz va vegetativ usullarda ko'payadi. Vegetativ ko'payish oidiyalar -mitseliy ipchalarining parchalanishidan hosil bo'ladigan ovalsimon hujayralar yordamida ro'y beradi. Achitqi zamburug''i -ko'rtaqlanish yo'li bilan ko'payadi. zamburug''lar asosan sporalar yordamida ko'payadi. Gifalar uchida konidiya bandlarda yoki sporangiyda spora hosil bo'ladi. zamburug''larda jinsiy ko'payish- izogamiya, oogamiya, usulida ro'y beradi. Arximitsetlar sinfi - tanasi yalong'och - yaxshi rivojlanmagan mitseliy rizomitseliydan iborat 3 xil ko'payadi (vegetativ, jinsiy, jinssiz). Ular yosh karamni ildiz bo'g'izini zararlaydi. Qora oyoq kasalligini keltirib chiqaradi. Unga qarshi ko'rashish uchun tuproqqa ishlov berib namlikni kamaytirish kerak. Oomitsetlar sinfi mitseliysi shoxlangan alohida hujayralarga bo'lingan bo'ladi. Masalan: Fitoftora zamburug''i kartoshka, pomidor va poliz ekinlari bargida qo'ng'ir dog'lar hosil bo'ladi. Zigomitsetlar sinfi. Namiqib qolgan nonda, go'ngda va boshqa organik substrotlarda oq tuksimon g'ubor shaklda paydo bo'ladi. (Mog'or zamburug''i). Xaltachali zamburug''lar - bularda hosil bo'lgan zigota xaltachaga aylanadi. Xaltachani ichida sporalar hosil bo'ladi. Ular unshudring, o'simlik raki kasalligini keltirib chiqaradi, yana achish jarayonida ishtirok etadi. Shaftoli tafrinasi-shaftoli bargini sarg'aytirib bujmaytirib yuboradi. Penitsill - zamburug''i, shoxkuya zamburug''i, qo'ziqorin ham shu sinfga mansubdir. Bazidiyali zamburug''lar-sporalari maxsus bazidiyalarda yetiladi. Qorakuya, zang, chang qorakuyasi kasalliklarini keltirib chiqaradi. G'allaguldoshlar oilasi vakillarida ko'p uchraydi. Takomillashmagan zamburug''lar. Bu sinf vakillari vilt kasalligini keltiriba chiqaradi. Organik moddalarni chiritishda ishtirok etadi. Simbioz hayot kechiradi. (mikoriza). Qo'ziqorin va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.85 MB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:31 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.85 MB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga