Zamburug'lar

Zamburug'lar

O'quvchilarga / Botanika
Zamburug'lar - rasmi

Material tavsifi

zamburug''LAR Mundarija Kirish. I bob. zamburug''lar tuzilishi va hayotiy faoliyati 1. zamburug''lar hujayrasi tuzilishi 2. Hayvon va o'simlik hujayrasidan farqlari 3. zamburug''larning oziqlanishi 4. zamburug''larning ko'payshi II bob. zamburug''lar filogenezi 1. zamburug''larning kelib chiqishi haqidagi gipotezalar. 2. Evolyutsiya jarayonida zamburug''larda paydo bo'lgan moslanishlar. IV bob. zamburug''ning inson hayotidagi o'rni zamburug''lar oziq- ovqat sifatida zamburug''ning tibbiyotdagi o'rni zamburug'' biotexnologiya sohasida KIRISH zamburug''lar (lotincha Fungi yoki Mukota) hayotning o'ziga xos shakli bo'lib, eukariot organizmlar hisoblanadi. zamburug''lar o'zida ham o'simliklarga xos, ham hayvonlarga xos xususiyatlarni mujassamlashtirgan organizmlardir. zamburug''lar milliard yillar avval paydo bo'lgan va suv hamda quruqlik ekosistemalarining ajralmas muhim qismiga aylangan. zamburug''larning yashash muhiti xilma xil, ular suv, quruqlik, havo muhitlarida tarqalgan. zamburug''larning biosferadagi roli juda katta. Ular organik modda qoldiqlarini mineral moddalarga aylantiradi. zamburug''larning ko'pchilik turlari inson tomonidan oziq sifatida, xo'jalik maqsadlarida, tibbiyot va farmatsevtika sohalarida keng qo'llaniladi. zamburug''lar tuzilishi zamburug''lar plastidalari yo'q geterotrof organizmlardir. Ular qadimiy organizmlar hisoblanadi zamburug''lar parazit va saprofit holda hayot kechiradi zamburug''larning vegetativ tanasi mitseliy deyiladi. Mitseliy gifalardan tashkil topgan. Mitseliylar substrat ichida rivojlansa, endogen, aksin substrat betida o'ssa, ekzogen mitseliy deyiladi. zamburug''larning ko'pchiligida endogen mitseliy bo'ladi, ularning hayotp uchun qulay bo'lib, ozmq moddalar bilan mo'l ta'minlanishga keng imkon beradi hamda mitseliyni temperaturaning keskip o'zgarishidan, sovuqda muzlab, issiqda qurib qolishdan saqlaydi. Mitseliy hujayralari po'st, protoplazma va yadrodan iborat bo'ladi. Tuban zamburug''larning hujayra po'sti kletchatkadan yuqori zamburug''larniki esa tarkibi jihatidan uglevodga yaqin bo'lib, unga hasharot xitiniga o'xshash azotli moddalar ham qo'shilgan. Protoplazmasi boshqa o'simliklarnikiga o'xshaydi, ammo ichida hech qanday plastidlar bo'lmaydi. zamburug''larnipg yadrosi juda mayda bo'ladi. U tuban zamburug''larda juda ko'p, yuqori zamburug''lar hujayrasida esa bitta yokn ikkita bo'ladi, ba'zan bularda ham ko'p bo'lishi mumkin. zamburug''larda zapas oziq modda sifatida kimyoviy tarkibi jihatidan kraxmalga yaqin glikogen to'planadi, ularda yog' tomchilari ham bo'ladi. Bulardan tashqari, yana mayda tanachalar shaklida protoplazmada sochilgan holda volyutin oqsili xam uchraydi. Tuban zamburug''lar mitseliysi bog'imlarga bo'linmagan ko'p yadroli va bitta hujayradan iborat bo'ladi. Yuksak zamburug''lar mitseliysi bo'g'imlarga bo'lingan, ko'p hujayrali hisoblanadi. Gifalarda barcha erikariot hujayradagi kabi mitxondriya, golji apparati, yadro, lizosoma, endoplazmatik to'r bo'ladi. zamburug''arning yashashi uchun zarur omillar: oziq, harorat, namlik. Yuqori zamburug''larda mitseliy to'siqli, ya'ni ko'p hujayrali bo'ladi. Hujayrasi esa bir, ikki yadroli, ba'zan ko'p yadroli bo'ladi. Jinsiy ko'payishi esa g'oyat reduksiyalangandir. Ko'pchilik zamburug''arnipg vegetativ tanasi ancha murakkab tuzilgan. Ularning spora hosil qiluvchi organi bo'lgan mevatana ham mitseliy gifalarining o'zaro zichlashib, birikib o'sishidan hosil bo'ladi, bunday tananing kundalang kesimi tuzilishi jihatidan doimiy to'qimaga o'xshaydi. Bu soxta to'qima yoki plektenxima deyiladi. Soxta ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.37 MB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:31 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.37 MB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga