Almashinuvlar (suktsessiyalar)ning klassifikatsiyasi. Reja: 1.Fitotsenozlarda sodir buladigan qaytmas o'zgarishlar - almashinuvlar va ularning klassifikatsiyasi. 2.Singenetik almashinuvlar. 3.Endoekogenetik almashinuvlar. Tayanch ibora va atamalar: singenez, endoekogenez, almashinuv-larning tezligi - kotostrofik, qisqa muddatli, asriy; endogen degradatsiya, demutatsiya, suktsessiyalar katori. Suktsessiyalarni xar tomonlama o'rganish ularni klassifikatsiyaga solishni takozo etadi. hozirgi vaqtda geobotanikada suktsessiyalarni ularni keltirib chikargan sabablariga ko'ra klassifikatsiyaga solish kabul qilingan. V.N.Sukachev (1915,1954) suktsessiyalarning kuyidagicha klassifikatsiyasini taklif etgan. 1.Singenetik suktsessiyalar, 2.Endoekogenetik suktsessiyalar, 3.Gologenetik suktsessiyalar, 4.Ekzoekogenetik suktsessiyalar, 5.Filotsenogenetik suktsessiyalar. Cingenetik va endoekogenetik suktsessiyalar endodinamik almashi-nuvlardir. Chunki bu suktsessiyalarning manbay fitotsenezning o'zi, yani tsenoz ichki muhitining o'z komponentlari tomonidan uzgartiri-lishidir. Gologenetik va ekzoekogenetik suktsesiyalar uzgargan tashqi muhit ta'sirida utadigan ekzodinamik almashinuvlar hisoblanadi. Gologenetik suktsesiyalar ancha o'ziga xos bo'lib, boshqa almashi-nuvlardan farq qiladi, yani uning sodir bo'lishi uchun yirokrok fitotsenatik birliklar (formatsiya,o'simlik koplami tipi) almashinuvi lozim. Bu holda uning tarkibida bo'lgan ushbu fitotsenoz xam almashinadi. o'simlik koplami bu almashinuvning paydo bo'lishiga ta'sir etmaydi. Ekzoekogenetik suktsessiyalar fakat uzgargan tashqi muhit ta'siridagina sodir bo'ladi. Ekzoekogenetik suktsessiyalar klimatogen, edafogen, zoogen va antropogen suktsessiyalar ko'rinishida bo'lishi mumkin. Filotsenogenetik almashinuvlar fitotsenoz tarkibidagi ayrim eki kupchilik turlarning evolyutsion o'zgarishlari tufayli sodir bo'ladi. Fitotsinyuzlarning almashinuvlari uni keltirib chikaradigan faktorlarning intensivligiga karab turlicha tezlikda utadi va kuyidagicha guruhlarga bulinadi: 1)Katastrofik (xaloqatlar tufayli) almashinuvlar. Urmon daraxtlarining eppasiga kesilishi, kurik yerning shudgor etilishi, maydoning vulkonik jinslar bilan koplanishi ana shuday katastrofik jaraenlaridir. Yuqotilgan fitotsenoz urnida singenez yo'li bilan yangilari shakllanadi. 2) qisqa muddatda tezlik bilan buladigan almashinuvlar, shu sababdan ularni bevosita kuzatish, shoxidi bo'lish mumkin. Shudgor urnida tabiiy o'simlik koplamining tiklanishi, chorva mollari ko'p bokilganidan yaylovlar fitotsenozlarining kambagallashuvi kabilar shular jumlasi-dandir. 3) uzoq muddatli almashinuvlar,ular unlarcha xatto yuzlab yillar jaraenida asta-sekin sodir bo'ladi. Yenib ketgan urmonda korakaragayzor urmonning qaytadan tiklanishini bunga misol keltirsa bo'ladi. 4) Asriy almashinuvlar juda sekin, asrlar, ming yillar davomida sodir bo'ladi. Shu sababdan bu xil almashinuvlarini kuzatish uchun kishining umri etmaydi. Odatda klimatogen va filotsenogenetik almashinuvlar asriy almashinuvlardir. Suktsesiyalarning boshqa bir klasifikatsiyasini P.D.Yaroshenko (1961) taklif etdi. Bu klassi-fikatsiyaga ko'ra almashinuvlarning uch xili farq qiladi: 1)Umumiy almashinuvlar, 2) Xususiy almashinuvlar, yani suktsessiyalar, 3)fitotsenezlarning evolyutsiyasi. Umumiy almashinuvlar ancha keng maydonda, regionda muhitning o'zgarishi tufayli sodir bo'ladi va o'zgarishlar bir yo'nalishda davom etadi. Masalan, o'simliklar koplamining umumiy kserofit lanishi. Xususiy almashinuvlar umumiy almashinuvlarga bog'liq bo'lmagan holda, kichikrok maydonlarda va turli yo'nalishlarda sodir bo'ladi. Masalan, dare soxili chegarasida yer osti suvlar satxining pasayishi dungrok maydonlarda kserofitlanish,botikrok (suv kullaydigan) maydonlarda esa, mezofitlanish muhitini keltirib chikaradi. Fitotsenozlaning evolyutsiyasi, Sukachev klassifikatsisidagi filotsenogenezga to'g'ri keladi. T.D.Yaroshenko xususiy almashinuvlarni tabiiy (ketma-ket ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.86 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.86 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:05 ]
Arxiv ichida: docx