Androtseyning tuzilishi va turlari. Mikrosporogenez. Chang donachalari

Androtseyning tuzilishi va turlari. Mikrosporogenez. Chang donachalari

O'quvchilarga / Botanika
Androtseyning tuzilishi va turlari. Mikrosporogenez. Chang donachalari - rasmi

Material tavsifi

Androtseyning tuzilishi va turlari. Mikrosporogenez haqida umumiy tushuncha. Chang donachalarining tuzilishi va turlari. Reja. Androtseyning tuzilishi. Androtsey- changchining kelib chiqishi va evolyutsiyasi Mikrosporogenez haqida umumiy tushuncha. Chang donachalarining tuzilishi va turlari Androtseyning tuzilishi Gulning muhim ya'zolari changchilar va urug'chilardir. Guldagi changchilar soni о'simlik turlariga qarab bitgadan bir necha о'ntagacha bо'lishi mumkin. Masalan, tol gulida 2 ta, gulasapsarda 3 ta, dukkakdoshlarda 10 ta, ra'noguldoshlarda va gulxayridoshlarda kо'p sonda bо'ladi. Changchilar ipining uzunligi bilan ham farq qilishi mumkin. Karamdoshlarda 2 ta qisqa va 4 ta uzun changchilar bо'ladi. I. II 119-rasm. Changchi (Androtsey) ning tuzilishi va turlari. I. Changchi turlari. Atirgul changchisi (Rozarugosa). B-fialka (Violoa); V-piyozbosh (Allium sphaerosephalum). G-Ricinus communis; D- marmarak-shalfeya (salia). E-qarg'ako'z (Paris quadrifolia); J- zig'ir (Linum usitatissimum). Z-sholg'om (Brassia napus); 1-changdon; changchi ipi; 3-bog'lovchi; 4-nektarniki; II. Androtseyning tiplari. Androtsey xillari. A- ikki stilli (ikki ustunchali) changdon. Б -changdonlari yopishib naycha hosil qilgan changchilar (qoqidoshlarda). B. to'rt stilli (to'rt ustnchali) changdon (karamdoshlarda). Г- ikki to'dali changchilar (Dukkakdoshlar). Guldagi changchilar tо'plami androtsey deyiladi. Changchilar gulda bittadan bir necha yuztagachan bо'lishi mumkin. Masalan, gulsapsarda - uchta, murakkabguldoshlarda beshta; piyozguldoshlarda oltita, kapalakguldoshlarda − о'nta, itgunafshada − ikkita, tolda − bitta. Changchilarning soni shu o'simlik uchun, shu turkum uchun doimiydir. Chang iplarining uzunligi bitta gulda bir xil yoki bitta gulda turlicha bо'lishi mumkin. Masalan, karamguldoshlarda tо'rttasi uzun, ikkitasi kalta; labguldoshlarda ikkitasi uzun, ikkitasi kalta; qo'shilgan yoki qo'shilmagan, kapalakguldoshlarda tо'qqiztasi asosi bilan qо'shilgan, bittasi ayrim.ayrimlari giltojlar bilan qo'shilgan (tomatdoshlarda - ituzumdoshlarda), ayrimlari urug'chi tunshuqchasiga (g'o'zada) qo'shilgan holatda bo'ladi. Bargning shakil va strukturasidan ixtisoslashgan gulning changchi va mevachi barglari keskin farq qiladi. Morfologik interpretaciya changchi va mevachi barglarning evolyutcion rivojlanishi haqida hozir ham har hil fikrlar mavjud (Parkin, 1951). Bu organlar bargning gomologi degan umumiy qabul qilingan teoriya ham mavjud. Shunday fikrlar ham mavjudki, changchini rivoshlanishini telom nazariyasi asosida tushuntirish mumkin ya'ni primitiv dihotomik shoxlangan о'qtan changchi va urug'chi kelib chiqgan degan fikr. Bu nazariyaga asosan changchilar uchida sporangiy bо'lgan о'qning qisqarishi va tizimning birikishi hisobiga hosil bо'lgan (Wilson, 1937, 1942).Changchi va mevachi barglarning kelib chiqishi xaqida Beyli va uning hamkasiblari Ranales qabilasining kо'pgina oilalarida morfologik solishtirma anotomik izlanishlarining natijalarini nashr qildirgan. Shu izlanishdan malum bо'ldiki Ranalesning daraxtsimon turlari hozirda ksilemaning rivojlanishi nafaqat primitiv (dastlabki, soda tuzilishga ega) holatda saqlangan balki changchi va mevachi barglarning tiplari ham primitive holatda saqlangan (Beyli va Smith, 1942). The stamens and carpels of highly specialized flowers differ greatly in structure and general shape from foliage leaves. Different opinions still exist ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 677.53 KB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:05 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 677.53 KB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga