Bir yillik dorivor o'simliklarni agrotexnikasini o'rganish

Bir yillik dorivor o'simliklarni agrotexnikasini o'rganish

O'quvchilarga / Botanika
Bir yillik dorivor o'simliklarni agrotexnikasini o'rganish - rasmi

Material tavsifi

Bir yillik dorivor o'simliklarni agrotexnikasini o'rganish. Amaliy mashg'ulotning asosiy maqsadi: Bir yillik dorivor o'simliklarni agrotexnikasini o'rganish Mashg'ulotning qisqacha mazmuni: Jag'-jag' (Achambiti) - Sapsella Bursa Pastoris Medic. Jag'-jag' (Achambiti) - Sapsella Bursa Pastoris Medic. karamdoshlar- Brassicaceae (butguldoshlar - Cruciferae) oilasiga kiradi. Bir yillik, bo'yi 20-30 (ba'zan 60) smgaetadigano'to'simlik. Poyasi bitta, ba'zan bir nechta, tik o'suvchi, shoxlangan yoki shoxlanmagan. Ildizoldi barglari bandli, cho'ziq lansetsimon bo'lib, turlicha qirqilgan barg plastinkasiga ega. Poyadagi barglari mayda bo'ladi. Gullari shingilga to'plangan. Mevasi - qo'zoqcha. Aprel oyidan boshlab kuzgacha gullaydi, mevasi iyundan boshlab etiladi. Geografik tarqalishi. SHimol va cho'l tumanlaridan tashqari barcha aholi yashaydigan erlarda, yo'l yoqalarida, o'tloqlarda va begona o't sifatida ekinlar orasida o'sadi. Mahsulot Ukraina Respublikasida hamda Volga bo'yi tumanlarida yig'iladi. Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida gissopin glikozidi, bursa kislota, 0,12% askorbin kislota, vitamin K , olma, limon, vino, fumar kislotalar, xolin, atsetilxolin, tiramin, inozit, flavonoidlar (diosmin va boshqalar), saponinlar, oshlovchi hamda boshqa birikmalar bo'ladi. Tayyor mahsulot poya, barg, gul va xom meva aralashmalaridan iborat. Poyasi siyrak bargli, shoxlanmagan yoki shoxlangan, qirrali, tuksiz yoki tuklar bilan qoplangan, uzunligi 20-50 sm bo'ladi. Ildizoldi barglari (agar mahsulotda bo'lsa) cho'ziq lansetsimon, band tomoniga qarab torayib boruvchi, kemtik tishsimon qirrali yoki patsimon kesik, ba'zan tekis qirrali bo'ladi. Poyasidagi barglari mayda, lansetsimon, tekis qirrali bo'lib, bandsiz ketma-ket o'rnashgan. Gullari oqimtir rangli, shingilga to'plangan. Kosacha va tojbarglari 4 tadan, otaligi 6 ta, shundan 2 tasi kalta, onalik tuguni 2 xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi teskari uchburchak yoki teskari uchburchak yuraksimon qo'zoqcha. Mevasining uzunligi 5-8 mm, eni 4-5 mm. Mahsulot kuchsiz, o'ziga xoshidli bo'lib, mazasi achchiq. XI DF ga ko'ra, mahsulot namligi 13%, umumiy kuli 10%, 10% li xlorid kislotada erimaydigan kuli 2%, organik aralashmalar 2% va mineral aralashmalar 1% dan oshiq bo'lmasligi kerak. Butun mahsulot uchun: teshigining diametri 1 mm bo'lgan elakdan o'tadigan maydalangan qismlar 2% dan, ildizidan ajratilmagan poyalar yoki ayrim holdagi ildizlar, sarg'aygan barglar va zamburug'' bilan zararlangan o'simlik bo'laklari 3%, qirqilgan mahsulot uchun: teshigining diametri 7 mm li elakdan o'tmaydigan yirik qismlar 10% dan, teshigining diametri 0,5 mm bo'lgan elakdan o'tadigan maydalangan qismlar 10% dan oshiq bo'lmasligi lozim. 70% li spirtda eruvchi ekstrakt moddalar miqdori 10% dan kam bo'lmasligi kerak. Ishlatilishi. Jag'-jag' o'simligining preparatlari tuqqandan keyin va bachadon kasalliklarida qon oqishini to'xtatish uchun hamda bachadon zaiflashganda uni tonuslovchi vosita sifatida ishlatiladi. Dorivor preparatlari. Damlama, suyuq ekstrakt. Jag'-jag' o'simligini o'stirish texnologiyasi. Jag'-jag' yoki achambit Respublikamizda barcha iqlim sharoitlarida o'sadigan bir yillik o't o'simligi hisoblanadi. Jag'-jag' o'simligini sug'oriladigan mintaqalarda ekib o'stirishda eng ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.26 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.26 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga