Birinchi va ikkinchi guruh donli ekinlarning biologiyasi. Reja Birinchi guruh g'alla donli ekinlar biologiyasi. Ikkinchi guruh g'alla donli ekinlar biologiyasi. Madaniy o'simliklarning kelib chiqishi va shakllanishi. O'simlikshunoslikning asosiy obyekti yashil o'simliklardir. Dala ekinlarini etishtirish mavsumiy xususiyatga ega. ekinlarni guruhlarga bo'lib, ularning ekologik, biologik xususiyatlarni o'rganishda seleksiya, urug'chilik, genetika, agrokimyo, dehqonchilik, mikrobiologiya, biokimyo, o'simliklar fiziologiyasi, tuproqshunoslik, agrometeorologiya, fitopatologiya, entomologiya fanlar bilan bog'liq. Hozirda yer yuzasida o'simliklarning 500 mingdan ortiq turlari ma'lum bo'lib, shulardan 300 ming turi gulli o'simliklardir, ularning 20 ming turi odamlar tomonidan o'stiriladi. Madaniy o'simliklarning soni 1500 taga etadi, ammo ishlab chiqarish ahamiyatga ega bo'lganlari 640 tani tashkil etadi va shulardan 90 tasi dala ekinlariga kiritiladi. Kelajakda yovvoyi o'simliklarni madaniylashtirish va ularni turli mahsulotlar olish uchun ekish hamda biologik xususiyatlarini o'rganish jarayoni davom etadi. Qo'ng'irboshsimonlar va dukkakli don ekinlarining - 78, moyli va tolali ekinlarning 53, ildiz va tuganakmevalar hamda boshqa ekinlarning 60 dan ortiq turlari eng ko'p tarqalgan. Dala ekinlarining asosiy qismi (500 dan ko'prog'i) qadimgi dunyodan, 100 ga yaqin turlari yangi dunyodan kelib chiqqan. Amerikadan yevropa, Osiyo, Afrikaga kartoshka, kungaboqar, loviya, qovoq, tamaki, makkajo'xori, g'o'za va boshqa ekinlar keltirilgan. Yevropava Osiyodan Amerikaga bug'doy, javdar, arpa, suli, sholi, ko'k no'xat, no'xat, beda va boshqa ekinlar olib ketilgan. Dunyoda g'alladosh ekinlar, texnika ekinlari eng ko'p tarqalgan. yer yuzasidagi ekin maydonlarining 89 foizi Osiyo, Yevropava Amerikada joylashgan. Ekinlarning turlari, navlari, duragaylarini joylashtirishda mintaqaning tuproq iqlim sharoiti, o'simlikning biologik xususiyatlari hisobga olinadi. SHimoliy mitaqalarga nisbatan tropik va subtropik mintaqalarda quyosh YOrug'lik quvvati va harorat rejimi yuqori, shuning uchun bu mintaqalarda faol harorat yig'indisi o'sish va rivojlanishni cheklamaydi, hamma qisqa kunli ekinlar «janub» quyoshiga talabchan. YUqori haroratda tuproqning yuza qatlami tez quriydi, ammo o'simliklar bunga moslashgan: o'suv davrining dastlabki kunlarida ular assimilyatlarni ko'p qismini ildiz tizimiga yo'naltiradi. Bunda ildizlar tuproqning pastki nam qatlamlariga kirib borishi uchun sharoit yaratiladi. Bu katta agrotexnik ahamiyatga ega. Uzun kunli begona o'tlar dastlabki rivojlanish fazalaridan boshlab jadal o'sadi hamda qisqa kunli ekinlarni qisib qo'yadi. SHuning uchun qisqa kunli ekinlardan yuqori hosil olish uchun gerbistidlar qo'llaniladi, o'toq o'tkaziladi. Issiq, tropik va subtropik mintaqadan kelib chiqqan o'simliklar haroratga talabchan, qisqa kun o'simliklari bo'lib, past haroratga chidamsiz, suvsizlikka, qurg'oqchilikka chidamli, kislotali tuproqlarda yomon, ishqoriy yoki neytral muhitli tuproqlarda yaxshi o'sadigan ekinlar bo'ladi. Ular o'suv davrining boshlanishida sekin, keyingi davrlarda tez o'sadi, ildizlari jadal rivojlanadi, uzun kun sharoitida (shimolda) o'suv davri uzayadi. Nisbatan salqin shimoliy mintaqalarda sovuqqa bardoshli, suvsizlikka chidamsiz, o'suv davrining boshlanishida tez o'sadigan, foydali harorat yig'indisini nisbatan ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
521.92 KB
Ko'rishlar soni
217 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
521.92 KB
Ko'rishlar soni
217 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:08 ]
Arxiv ichida: doc