Bodom haqida Bodom qadim zamonlardan beri shifobahsh vosita sifatida xalq tabobatida qo'llanilib kelinadi. Xususan, shirin va achchiq bodom mag'zi, po'chog'i, yog'i, shuningdek, ildizining po'stlog'i ko'p qo'llanilgan. Bodom mag'zi, asosan, darmon beruvchi, yallig'lanishning oldini oluvchi, yaralarni tuzatuvchi, yumshatuvchi hamda zaharni kesuvchi sifatida iste'molda bo'lgan. Arab tabibi Ibn Massuiy qovurilgan bodom bilan ichaklardagi dardlarni davolagan. Yana bir arab tabibi Abu Mansur esa bodomni siydik ajralishining qiyinlashuvida, shakar bilan aralashganini esa urug'ni ko'paytirishda qo'llagan. Ibn Sinoning yozishicha, barcha turdagi bodomlar, jigardagi va buyrakdagi tiqilmalarni ochib, tozalaydi. Biroq shirin bodomning ta'siri achchiq bodomnikiga qaraganda kuchsizroq bo'ladi. Yangi po'stloqli bodomni iste'mol qilish me'dani tozalaydi. Bodom yog'iga binafsha ildizini aralashtirib ichish esa buyrak, qovuqni tozalab, toshlarni maydalaydi. Bodom ko'zni ravshan qiladi. Achchiq bodom sepkil, quyoshdan teri kuyishi, qontalashlarni ketkazadi Uning ildizidan qilingan qaynatma sepkillarni ketkazishda yaxshi yordam beradi. Bodom yog'i ko'krak saratoni, et cho'zilishi, quloqdagi og'riq, shang'illash, shovqinni bartaraf qiladi. Bodom ichki a'zolarni tozalab, miya suyuqligini quvvatlaydi, ko'zni ravshan qiladi, astma (qand bilan), plevrit, ichaklardagi yaralarda yaxshi foyda qiladi., semirtiradi. Bodomdan tayyorlangan murabbo esa to'yimli va buyrak uchun foydalidir. Xalq tabobatida shirin bodom urug'i, bodom yog'i, daraxtining guli va barglaridan keng foydalaniladi. Ich qotish, surunkali gastrit, kolit va surunkali bronxitda 5-6 qoshiq bodom yog'i ichish buyuriladi. Sariq kasalligini davolashda esa quyidagi usuldan foydalaniladi. Birinchi kuni bemorga kunda 2-3 mahal ovqatdan oldin 5 donadan bodom mag'zi yedriladi. Keyingi kunda bodom miqdori yana 5 donaga oshirib boriladi. Shu taqlid 4-5 kun bemorning kunda qabul qiladigan miqdori 70 dona bodomgacha yetib boriladi. Keyingi kunlarda esa xuddi shu tarzda bodom miqdori kamaytirilib, kunda 15 donagacha tushiriladi. So'ngra bu usulda davolash yakunlanadi. Bodom o'pka yallig'lanishini davolashda ham yaxshi foyda beradi. Bunday bemorlarga bodom yog'ini kunda 3-4 marta 1 osh qoshiqdan berib turish kerak. Achchiq bodom kepagidan olingan suyuqlikni 10-15 tomchi ichirib, asabi buzilgan, qorni sanchiyotgan yoki qattiq yo'tal tutayotgan bemorlarning og'rig'ini qoldirish va asabini tinchlantirish mumkin. Kamqonchilik, yo'tal, uyqusizlik, bosh og'rig'i, qo'l-oyoq ishlamasligi va bezgakning davosida tuyilgan shirin bodom yaxshi samara beradi. Bodom Bodom mag'zi tarkibida ko'p miqdorda moy emulsin fermenti , B1 va B2 vita'minlari qand,oqsil va boshqa moddalar bor . Xalq medetsinasida shirin bodom mag'zining qand bilan aralashtirilgani darmonsizlik , nafas qisish , bosh aylanish va yo'talga davo sifatida ishlatiladi . Achchiq bodomning musallas bilan qo'shilgani eshakemini davolashda , asal bilan aralashtirilgani esa toshma yaralarini quritishda davodir . . Bodomning sirka bilan omixta qilingani zamburug''li kasalliklarga qarshi vosita hisoblanadi . Qariqiz o'simligining ildizini bodom moyiga qo'shib damlab , so'ngra ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.2 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.2 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:08 ]
Arxiv ichida: doc