SAMARQAND QIShLOQ XO'JALIK INSTITUTI MYeVA-SABZAVOTChILIK VA UZUMChILIK kafedraSI MAVZU: BODRING VA BOShQA QOVOQChALI SABZAVOT EKINLARI Bajardi: 310-guruh talabasi Almos Raxmatullaev Tekshirdi: assistent Sobir Sanaev Samarqand-20xx yil BODRING VA BOShQA QOVOQChALI SABZAVOT EKINLARI. RYeJA: 1. Bodring, patisson, kabachkaning ahamiyati, biologiyasi va navlari. 2. Uzluksiz bodring etishtirish texnologiyasi. 3. Bodring va qovoqchali sabzavot ekinlarini uruqqa o'stirish texnologiyasi va urug'chilik ishlari. 1. Bodring, patisson, kabachkaning ahamiyati, biologiyasi va navlari. Bodring ommabop sabzavot ekini bo'lib, keng tarqalgan. Uning pishmagan barra mevalari yangiligicha, tuzlangan, konservalangan holda istemol qilinib, oziq-ovqatga lazzat kirituvchi, uning hazm bo'lishiga yordamlashuvchi masalliq hisoblanadi. Uning biokimyoviy tarkibi: 95,0-96,0 % suv, 4,0-4,5 % quruq modda bo'lib, 0,8-1,0 % oqsil, 0,10-0,11 % moylar, 1,5-2,5 % qand, 0,7-0,8 % kletchatka, 0,4-0,5 % kul, 8-28 mg.% «S» vitamini, 0,03-0,2 mg.% dan A, V1, V2, RR vita'minlarini saqlaydi. Kulida ko'p miqdorda kaliy, fosfor va kaltsiy mavjud. Bundan tashqari bodring tarkibida har xil mikroelementlar, mineral tuzlar va fermentlar saqlab, moddalar almashinuvini yaxshilashda, betaraflashtirishda muhim vositadir. Qandli diabet kasaliga chalingan kishilar ovqatlanishida almashinmaydigan parhez mahsulotlardan biri. Noqulay sharoitda (tuproq yoki havoda nam etishmaganda) bodring mevalarida tahir modda - kukurbitatsin glyukozidi hosil bo'lib, achchiq maza beradi. Tarqalishi. Bodring ekinining vatani - Hindiston va Hindi-Xitoyning sernam tropik rayonlari hisoblanadi. U joylarda eramizgacha bodring madaniy holda foydalanilib, keyinchalik boshqa mamlakatlarga tarqalgan. Rossiyada bodring VII-IX asrlarda malum bo'lgan bo'lsa, XVI asrda u Yevropava Amerikada keng tarqalgan. Bodring janub o'simligi uchun issiqqa talabchan. Lekin, o'suv davri qisqa bo'lganligi sababli u nihoyatda keng - to 630 shimoliy kenglikkacha tarqalgan. U sovuqdan himoyalangan tuproqda qutb doirasi ortida ham o'stiriladi. Bodring Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Osiyo va AQSH da ko'p, Yevropamamlakatlarida esa kamroq tarqalgan. Dunyoda 2,4 mln. gektar maydonga ekilib, 41,5 mln. tonna yalpi hosil, shuning 26,5 mln. tonnasi Xitoyda etishtiriladi. Mustaqil Hamdo'stlik Davlatlarida bodring ekin maydoni 200 ming gektar bo'lib, karam va pomidordan so'nggi uchinchi o'rinni egallaydi. O'zbekistonda esa 8-10 ming gektardan ziyod maydonga ekiladi va yetakchi o'rinda turadi. Botanik ta'rifi. Bodring (Cucumis sativus L.) - qovoqdoshlar (Cucurbitaceae) oilasiga mansub bir yillik o'tsimon o'simlik. Poyalari 4-5 ta barg paydo qilgach, yerga yotib, yoyilib palak otadigan yoki atrofdagi narsalarga (jingaklari bilan) chirmashib yuqoriga o'sadigan lianadir. Asosiy poyasi shoxlanuvchan, qirrali, tuklangan, yotib o'suvchan. Uning uzunligi naviga va o'sayotgan sharoitiga qarab 50-80 sm dan 2 m gacha etadi, bazan bundan ham oshib ketadi. Asosiy poyadagi barg qo'ltiqlaridan chiqadigan yon poyadan ikkinchi tartib poyalar o'sib chiqadi. Bir necha (7-10 ta) barg chiqargandan keyin poyada jingalaklar hosil bo'ladi. Ildiz sistemasi ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
88.54 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
88.54 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:08 ]
Arxiv ichida: doc