Boshlang'ich maktablarda tabiatshunoslik fanining mazmuni, o'quv dastirini rejalashtirish tamoyillari R e j a : 1-2 sinflarda Atrofimizdagi olam darsligi bilan ishlashning metodik xususiyatlari. 1-2 sinflarda shakllanishi lozim bo'lgan asosiy tushunchalar. 3-4 sinf Tabiatshunoslik darsligi bilan ishlash metodikasi. Tabiatshunoslik darslarida kuzatishlarni murakkablashib borishi. Tayanch iboralar: atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, o'lkashunoslik, bilimlarni mustahkamlash, mantiqiy tafakkur, darslik bilan ishlash metodikasi. Boshlang'ich sinflarda bolalarni o'qitishning qulay sharoitlaridan foydalanib, fanlararo bog'lanishni to'la darajada amalga oshirish zarur. Atrof olam bilan tanishtirish bo'yicha mashg'ulotlarda shakllantiriladigan aniq tasavvurlar boshqa predmetlar bo'yicha vazifalarni hal qilishga yordam beradi va aksincha. Fanlararo aloqa nutqni rivojlantirish kabi vazifalarni hal qilishda amalga oshiriladi. Atrof olam bilan tanishtirish kursi o'quv materialining o'zi, foydalaniladigan ish uslublari va metodlari bola nutqini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Bu mashg'ulotlarda bolalar bir - birlari bilan bevosita muloqotda bo'ladilar, taassurotlari bilan o'rtoqlashadilar, o'zlarining sevgan ishqibozliklari haqida hikoya qiladilar va hokazo. Syujetlirolli o'yinlarda bolalar tasavvurlar qilib, o'z qahramonlari uchun matn yaratadilar. Mehnat ta'limi, o'qish, atrof olam bilan tanishish kabi fanlar bilan bog'lanish tabiatga va ishlab chiqarishga kompleks ekskursiyalar o'tkazishda amalga oshirilishi mumkin. Atrofimizdagi olam darsligi bilan ishlash. Atrof olam bilan tanishtirish bo'yicha birinchi darsda bolalarni darslik bilan: muallifi, titul varag'ining mazmuni, bezatilishi bilan tanishtirish kerak, kitob bilan tanishtirish mundarijasi bo'yicha bo'ladi. Bolalarni darslik bilan ishlashga o'rgata borib, o'qituvchi ularga ishdagi izchillikni tushuntirishi kerak: avval rasmlar qarab chiqiladi, so'nggra maqollar o'qiladi, shundan keyin savollarga javoblar olinadi. Darslikdagi hamma maqollarni ham o'qib aytibberish mo'ljallanmagan, ularning ba'zilarini bolalar faqat o'qib chiqishlari va savollarga javob berishlari kerak xolos, ba'zilari bo'yicha ishning qisman ikkala turi amalga oshiriladi. Olib boriladigan ishlar hikoyaning mazmuniga, hikoya tilining qiyinligi yoki tushunarligiga bog'liq. Darslik mazmuniga she'rlar, maqollar, matallar, topishmoqlar, hikoyalar, ertaklar kiritilgan. Bizning maktab, Bizning mahalla, Bizning bog', Biz va tabiat mavzulari bo'yicha tekstlar qisqacha ishchanlik ruhidagi maqolalar tarzida berilgan. Darslikdagi she'rlarni, albatta yod olish shart emas. Asosiy maqsad - mavzu mazmunining mohiyatini tushunishdir. Mavzu bo'yicha yangi atamalar va xulosalar darslikda yo'g'on harf bilan ajratilgan, bu esda yaxshi qoldirishga yordam beradi. Xalq ertaklarining har xil vaziyatlarda tasvirlangan qahramonlari ko'pgina mavzularda bordir. Ular go'yo bolalar bilan birga atrof olamni bilib olishga o'rganadilar. Bunday uslub o'qituvchiga o'yin vaziyatini o'rgatishga va yaratishga, bolalarda tabiatga va o'quv faniga qiziqishni oshirishga yordam beradi. Rasmlar bolalarda kuzatuvchanlikni rivojlantiradi, shunga ko'ra ulardan ko'rilayotgan rasmda ilgarigiga qaraganda nimalar yangi vujudga kelganini so'rash zarur. Darslik rasmlar bilan bezatilgan, ularga savol va topshiriqlar berilgan. Ularning ba'zilari o'qituvchiga bolalar e'tiborini tabiat jismlari va hodisalarining har xil xususiyatlari, belgilarini aniqlashga, bu bilan dars ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.79 KB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.79 KB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:08 ]
Arxiv ichida: docx