Botanika faniga kirish. Botanikaning qishloq xo'jaligidagi ahamiyati

Botanika faniga kirish. Botanikaning qishloq xo'jaligidagi ahamiyati

O'quvchilarga / Botanika
Botanika faniga kirish. Botanikaning qishloq xo'jaligidagi ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Botanika faniga kirish. Botanikaning qishloq xo'jaligidagi ahamiyati. Hujayra tuzilishi. O'simlik to'qimalari. Reja: Botanika bu ilmiy fan,tabiiy fanlar bilan bog'liqligi, botanikaning o'simliklar va hayvonot olamidagi ahamiyati. Botanika ning asosiy tarixiy davrlari. Botanikaning hozirgi bo'limlari.Tabiatni muxofaza qilish botanikaning qishloq xo'jaligidagi ahamiyati. Hujayrani o'rganishdagi asosiy tarixiy ma'lumotlar.Xujayra ta'limoti.Xujayra shakli katta-kichikligi.Prokariotlar va eukariotlar.Xujayraning o'rganish tarixi.O'simlik hujayralarining bajaradigan vazifalariga ko'ra shakllari. Тo'qimalarning tuzilishi, klassifikatsiyasi.Xosil qiluvchi to'qima apical(yuqori),laterial(yon), interkalyar,yara-meristemasi.Birlamchi va ikkilamchi meristemalar.Meristemaning qishloq xo'jaligida qo'llanishi. Adabiyotlar: 1. Linda R. Berg. Introductory Botany. - USA: Thomson Higher Education, 2008. - 622 p. 2. William G.Hopkins, Norman P.A. Huner. Introduction to plant physiology. USA, The University of Westwern Ontario. Willey, 2009. - 503 p. 3. Alimova R.A., Sagdiev M.T. O'simliklar fiziologiyasi va biokimyosi: o'quv qo'llanma. - Toshkent, 2013. - 320 b. 4. Belolipov I.V., Axmedov X.A., Buxorov K.X., Jabbarov A., Islomov A.M., Boyqobilov B.I. Botanikadan laboratoriya mashg'ulotlari. O'quv qo'llanma. MCHJ munis design group. T.: 2014. 156 5. Burigin V.A.Jonguryazov F.Х.Botanika. «O'qituvchiТ .: 1977. 6. 1992. James E.Bidlach, Snelly H. Jansky. Stern's introductory Plant biology. -USA: McGrow-Hill, 2011. - 622 p. 1. Hozirgi kunda planetamizda 1 mln. ga yaqin hayvon va 500 min. ga yaqin turli o'simliklar borligi aniqlangan. Yer sharini umumiy maydoni 510 mln km2 bo'lib, shundan 149 mln km2 ni quruqlik va 361 mln km2 ni okean va dengizlar tashkil etadi. Ana shu quruqlikda va suvda o'suvchi o'simliklarni tuzilishini, ularni tashqi muhit bilan o'zaro munosabatlarini, o'simliklarning o'sishi va rivojlanishida bo'ladigan hayot jarayonlari jumladan oziqlanish, nafas olish, ko'payish, transpiratsiya, fotosintez va hokozolarni. Ularning kelib chiqishini, yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini hamda o'simliklar dunyosini ularning yaqin va uzoq belgilariga asoslanib ma'lum bir sistemaga (filogenetik sistema) solishni va nihoyat o'simliklardan ongli ravishda foydalanish hamda ularni muhafoza qilish yo'llarini botanika fani o'rgatadi. Botanika so'zi grekcha botane so'zidan olingan bo'lib, ko'kat, sabzavot degan ma'noni bildiradi. Demak, botanika umuman o'simliklar to'g'risidagi fan bo'lib, biologiyaning bir qismi hisoblanadi. Bakteriyalar va zamburug'lar geterotrof o'simliklar hisoblanadi. Ularning ayrim vakillari moxlar va lishayniklar hatto Antriktidadagi muzlamagan ochiq joylarda ham o'sadi. Hozirda botanika fanining oldida to'rgan muhim vazifalardan biri tabiiy sharoitda uchraydigan o'simlik guruhlarini; cho'l dasht, o'rmon, o'tloq va shu kabilar bo'yicha o'rganib, ulardan halq xo'jaligida ongli ravishda foydalanishdan iboratdir. 2. Yer yuzidagi o'simliklar oziqlanish xususiyatlariga ko'ra 2 guruhga: avtotrof va geterotroflarga bo'linadi. Avtotroflar -xlorofill donachalariga ega bo'lgan yashil o'simliklar avtotrof o'simliklar deyiladi. Bu guruhga kiruvchi o'simliklar oziqlanishi uchun kerakli organik moddalarni o'zlari tayyorlaydi. Avtotroflar ham o'z navbatida ikkiga bo'linadi: yashil avtotroflar; xlorofilsiz avtotroflar. Yashil avtotroflarga quruqlikda, dengiz, okeanlarda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 57.63 KB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 38 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 57.63 KB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 38 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga