Botanika faniga kirish

Botanika faniga kirish

O'quvchilarga / Botanika
Botanika faniga kirish - rasmi

Material tavsifi

Botanika faniga kirish Reja: Botanika fanining maqsadi va vazifasi. O'simliklarning oziqlanish xususiyatlari. Botanika fanining tarmoqlari. O'simliklarning sezuvchanligi. 1. Hozirgi kunda planetamizda 1 mln. ga yaqin hayvon va 500 min. ga yaqin turli o'simliklar borligi aniqlangan. Yer sharini umumiy maydoni 510 mln km2 bo'lib, shundan 149 mln km2 ni quruqlik va 361 mln km2 ni okean va dengizlar tashkil etadi. Ana shu quruqlikda va suvda o'suvchi o'simliklarni tuzilishini, ularni tashqi muhit bilan o'zaro munosabatlarini, o'simliklarning o'sishi va rivojlanishida bo'ladigan hayot jarayonlari jumladan oziqlanish, nafas olish, ko'payish, transpiratsiya, fotosintez va hokozolarni. Ularning kelib chiqishini, yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini hamda o'simliklar dunyosini ularning yaqin va uzoq belgilariga asoslanib malum bir sistemaga (filogenetik sistema) solishni va nihoyat o'simliklardan ongli ravishda foydalanish hamda ularni muhafoza qilish yo'llarini botanika fani o'rgatadi. Botanika so'zi grekcha botane so'zidan olingan bo'lib, ko'kat, sabzavot degan manoni bildiradi. Demak, botanika umuman o'simliklar to'g'risidagi fan bo'lib, biologiyaning bir qismi hisoblanadi. Bakteriyalar va zamburug''lar geterotrof o'simliklar hisoblanadi. Ularning ayrim vakillari moxlar va lishayniklar hatto Antriktidadagi muzlamagan ochiq joylarda ham o'sadi. Hozirda botanika fanining oldida to'rgan muhim vazifalardan biri tabiiy sharoitda uchraydigan o'simlik guruhlarini; cho'l dasht, o'rmon, o'tloq va shu kabilar bo'yicha o'rganib, ulardan halq xo'jaligida ongli ravishda foydalanishdan iboratdir. 2. Yer yuzidagi o'simliklar oziqlanish xususiyatlariga ko'ra 2 guruhga: avtotrof va geterotroflarga bo'linadi. Avtotroflar -xlorofill donachalariga ega bo'lgan yashil o'simliklar avtotrof o'simliklar deyiladi. Bu guruhga kiruvchi o'simliklar oziqlanishi uchun kerakli organik moddalarni o'zlari tayyorlaydi. Avtotroflar ham o'z navbatida ikkiga bo'linadi: yashil avtotroflar; xlorofilsiz avtotroflar. Yashil avtotroflarga quruqlikda, dengiz, okeanlarda hamda chuchuk suvlarda yashovchi barcha yashil o'simliklar kiradi. Xlorofilsiz avtotroflarga kichik xlorofilsiz o'simliklar kiradi. Ular oltingugurt, temir bakteriyalar hamda erkin azotni o'zlashtiruvchi azot to'plovchi bakteriyalar bo'lib, o'zlari uchun kerakli organik moddalarni sintez qiladi. Ammo bu jarayonda quyosh nuridan emas, balki oksidlanish natijasida ajralib chiqadigan ximiyaviy energiyadan foydalaniladi. Shuning uchun bunday usulda organik moddalarni hosil bo'lishini xemosintez deyiladi. S.V. Vinogradskiy (1856- 1953). Geterotroflar - bular tayyor organik moddalar hisobiga yashaydigan organizmlardir. Getero-troflarning bir qismi tirik organizm hisobiga oziqlanadi va ular parazitlar deyiladi. Masalan: inson, hayvon va o'simliklar organizmlarida yashaydigan bakteriyalar va zamburug''lar. Geterotroflarning yana bir qismi saprfitlar deyiladi. Ular o'simlik va hayvon qoldiqlari yoki chirindilar hisobiga hayot kechiradi. Masalan: bakteriyalar va zamburug''lar. Saprofitlar tabiatda va kishilar hayotida muhim ahamiyatga ega, chunki ular ishtirokida oqsilli organik moddalarni chirishi, yani parchalanib mineral moddalarga aylanishi, sut kislotali, yog' kislotali achish va spirtli bijg'ish jarayonlari bo'lib turadi. Saprofitlarning bunday xususiyatlaridan yog'i olingan qatiq, pishloq, sariyog', terilarni oshlashda, silos, non, vino, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.85 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.85 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga